85-dars
Mavzu: Xatosini tushungan bola
MAVZU: KAMTARGA KAMOL
O'quv materiali.Xatosini tushungan bola. Xudoyberdi To'xtaboyev.
Darsning maqsadi. I. O'quvchilarda badiiy asarni o'qishga qiziqish uyg'otish.
1. Xudoyberdi To'xtaboyev ijodi haqidagi bilimlarni kengaytirish.
2. O'quvchilarning hayotda inson tajribasizligi tufayli xatoga yo'l qo'yishi mumkinligi, lekin uni tuzatishga or qilmasligi lozimligini anglashlariga erishish. «Egilgan boshni qilich kesmaydi» maqolining ma'nosini ochib berish.
3. O'quvchilarni o'rtoqlarini hurmat qilishga o'rgatish.
4. O'qish malakalarini takomillashtirish. Bogianishli nutqini o'stirish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish darsi.
Dars metodi: Izohli o'qish, mustaqil ish. Tarmoqlash, suhbat, hikoya qilish metodi.
Darsning jihozi. X. To'xtaboyev portreti, kitoblari, asar mazmuniga ishlangan rasm.
II. Yangi mavzu. Xudoyberdi To'xtaboyevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasi.
1. O'quvchilarni xatosini tushungan bola» hikoyasini o'qishga tayyorlash .
Xudoyberdi To'xtaboyev haqida ma'lumot. Suhbat uchun savol-lar. X. To'xtaboyev kim? Uning qaysi asarlarini o'qigansiz? U yaratgan qaysi qahramonlar sizga yoqadi?
O'qituvchining hikoyasi. Xudoyberdi To'xtaboyev «Sariq devni minib» Q qissasini yozgan. Unda Hoshimjoninng sarguzashtlari hikoya qilina-di. U o'qimasdan injener, rassom, shoir, agronom bo'lish mumkin deb hisoblaydi. U saharda ishlab ko'rib fikri noto'g'ri ekaniga amin bo'ladi. O'z xatosini tushunib yetadi. Qishlog'iga kelib, sartaroshga shogird tushadi. Oxiri o'qib militsioner bo'ladi. Hamma ham xatosini tushunavermaydi.
Aqliy hujum. Xudoyberdi To'xtaboyev "Xatosini tushungan bola" asarida nima haqida hikoya qiladi? O'quvchilar javobi doskaga tarmoqlash usulida yozib boriladi.
2. Asar bilan tanishtirish. Asarning bir darsga mo'ljallangan 1-bo'limi o'qib beriladi.
3. Hikoya yuzasidan dastlabki suhbat.
- Hikoya kim haqida ekan? — Qosimjonning nimaga qobiliyati bor ekan? — Qosimjon nima uchun o'zgardi?
4. Hikoyani ichda o'qish. Topshiriq. Hikoyani ichingizda o'qib, qismlarga bo'ling. Asarning 1-bo'limi 6 qismga bo'linadi.
— Ma'nosi tushunarsiz so'zlarni daftaringizga yozib oling. Ma'nosini darslikdagi lug'atchadan bilib olishga harakat qiling.
5. Lug'at ishi. — Tahririyat — redaksiya
Jiddiy — puxta ish qiladigan, mulohazali.
6. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish.
7. Reja tuzish uchun asarni qismlarga bo'lib qayta o'qitish.
Reja
1. Qosimjon xafa.
2. Tahririyatdan xat keldi.
3. Qosimjonning Tohirga va'dasi.
4. Muhabbatning iltimosi.
5. Qosimjonga «Men ekkan nihol» she'ri dovrug' keltirdi.
6. Qosimjonning burni ko'tarilib qoldi.
8. Darslikdagi 1-bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriq|ar ustida ishlash. (1-2 savol)
9. Tanlab o'qish. Tabiat tasvirlangan o'rinni topib o'qing. Qa_ ysi fasl tasvirlanganini ayting. Qosimjoninng xafaligi sababi ifodalangan o'rinni topib o'qing. Tohirning xat yozgan kishi haqidagi savoliga Qosimjonning javobi bayon qilingan qismni topib o'qing Qosimjon qanday xayollarga berildi? Shu o'rinni topib o'qing. Ular foydali xayolmidi?
10. Qosimjonga tarmoqlash usulida tavsif berish.
O'quvchilar bergan tavsiflarini misollar bilan dalillab beradilar.
11. Reja asosida asar mazmunini qayta hikoyalash.
12. Hikoya yuzasidan umumlashtiruvchi suhbat. Bugun kim haqida hikoya o'qidik? Qosimjon to'g'ri ish qildimi? Qosimjonning o'rnida bo'lganingizda o'zingizni qanday tutardingiz? «Ka-mtarga kamol» maqolining ma'nosini izohlang. Qosimjonning xususiyatiga qaysi maqol mos keladi? («Egilgan boshni qilich kesmaydi»)
13. Uyga vazifa. Hikoyaning 1-bo'limini o'qib, ifodali o'qishga, qayta hikoyalab berishga tayyorlanib kelish. 14. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilarni rag'batlantirish. Izoh: Hikoyaning 2-bo'limiga bag'ishlangan dars ham shu kabi tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |