Kamtarga – kamol



Download 168,5 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi168,5 Kb.
#823835
  1   2
Bog'liq
Ro’zumurodov Z esse


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«KOMPYUTER INJINIRINGI» FAKULTETI
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
«Dasturiy injiniringi» yo’nalishi 1 kurs 104-21 guruhi talabasi
Ro’zumurodov Zuhriddinning
Akademik yo’zuv fanidan tayyorlagan

ESSE

Mavzu: KAMTARGA – KAMOL

Topshirgan: Ro’zumurodov Z.


Qabul qilgan: f.f.n Jaksimova U.

Nukus 2022 yil




KAMTARGA – KAMOL

Bizning odobimizga ko‘rk qo‘shadigan fazilatlardan biri kamtarlik hisoblanadi. Bu fazilat atrofdagilarning dilini ravshan qiladi, kamtarin insonga hurmat va ehtirom ham o‘zgacha bo‘ladi. Afsuski, oramizda bu fazilatga befarq qaraydigan, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish payida yuradigan bolalar ham uchrab turadi. Xolbuki, bunaqa bolalarning aksariyati o‘zida yo‘q bo‘lgan xislatlarni zo‘rma-zo‘rakilik bilan namoyish qilishga urinadilar. Deylik, haqiqiy bilimdon bola o‘zini ko‘z-ko‘z qilib chiranmaydi, boshqalarning ustidan kulmaydi. Aksincha, u do‘stlarining ham o‘ziga yetib olishini, butun sinf uning bilimidan bahramand bo‘lishini istaydi. Bunday bolalar kimnidir qoyil qoldirish, maqtoviga erishish uchun o‘qimaydilar. Ular uchun bilimli bo‘lish, kitob o‘qib, o‘zini ma’nan boyitish ichki bir ehtiyoj sanaladi.


Demak, kamtarin odam atrofdagilardan o‘ziga nisbatan munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydi, izzattalab bo‘lmaydi, muvafaqqiyatlaridan kibr-u havoga berilib, maqtanchoqlik qilmaydi.
Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab, bu xislatni asrab kelgan.
Kamtarlik bu ezgu niyatlilik, odamiylik, xushmuomalalik, bag`ri kenglik, izzat-ikromni bilishlik, do`stlari va umuman o`zgalarning qadriga yetishlik, hurmat qila olishlik, ma`naviy poklik… demakdir.
Xalq og`zaki ijodi odobnomasida kamtarlikning foydasi, inson uchun qusur hisoblangan manmanlikning zararli oqibatlari hayotiy voqea va ibratomuz tasvirlar vositasida to`la-to`kis aks ettirilgan.
Kamtarlikni o`ziga libos qilib olgan insonlar hayotdagi eng yaxshi, sof vijdonli kishilar bo`lib, har qanday sharoitda, har qanday lavozimda to`g`ri va haqqoniy yo`l tutadilar, to`g`ri so`zlab, to`g`ri yuradilar, olijanob va rahm-shafqatli, hamma ishni saranjom, osoyishta bajaradilar. Manmanlikka, dabdababozlikka, mubolag`a, bo`rttirishlarga, yolg`on-yashiqqa yo`l qo`ymaydilar.
E`tibor bering-a, mana xalqimiz kamtarlik to`g`risida nima deydi:
“Yo`q narsa ham bor bo`lur, Sen kamtar bo`lsang.
Bor narsa ham yo`q bo`lur, Sen manman bo`lsang”.
Yoshlikdan kamtarinlik libosini kiygan kishi keyinchalik ham qoqilmaydi, tobora kamol topa boradi. Luqmoni Hakim shunday deydi:
“Mag`rurlik aqlsizlik alomatidir. Kibrlanish, mag`rurlanish insonni halokatga soladi. Mag`rur kishilar jamiyat g`azabiga duchor bo`ladilar. Garchi mag`rur, takabbur kishilar boy, olim, mansabdor esalarda, jamiyat o`rtasida hech obro`lari, qadrlari bo`lmaydi. Ularning haqiqiy do`sti, ulfati bo`lmaydi, borlari ham boshiga yomon kun tushganda asqotmaydilar. Oxir oqibat ular xorlik, yolg`izlikda yashashga mahkumdirlar.”
Kishilar hadeb majnuntolning oldiga kelaverganidan Mirzaterakning g`ashi kelibdi. U takabburlik bilan: “Yonimga savlatimdan qo`rqib, uncha muncha odam kela olmaydi. Sening oldindan odam arimaydi. Seni nazar pisand qilishmaydimi?”, – debdi. Majnuntol unga: “Sen kibru havo bilan osmonga intilasan. Men bo`lsam meni o`stirgan zaminga qattiq bog`langanman. Unga hurmatda-yu ta`zimda bo`laman. Yonimga ko`plab kishilarning kelishi balkim, ana shu kamtarligimdandir”, – debdi.
Alloh taolo borlikdagi turli-tuman mavjudotlarni bir-biridan farqli qilib yaratgan Zot. Ana o‘sha Zot o‘zining kalomi sharifida odam bolasini borliqdagi hamma narsadan azizu mukarram qilib yaratganining xabarini berib shunday marhamat qiladi:
“Batahqiq, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik…” (Isro, 70).
Avvalo insonning yaratilish surati, shakl-shamoili, ko‘rinishiga ibrat ila nazar solsak, unga berilgan go‘zallik, mutanosiblik boshqa maxluqotlarda yo‘q ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, Alloh taolo insonni aql va zabon, xulqu-atvor ila mukarram qilib qo‘ydi. Alloh taolo odamlar ichidan payg‘ambarlarni tanlab olib, ularga vahiy tushirdi, ilohiy kitoblar nozil etdi, shariat hukmlarini yuborib, oxirgi indirgan kitobida “Batahqiq, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik…” deb e'lon qilishining o‘zi ham inson zotini faqat shukr qilib, Buyuk Allohga va Rasuliga go‘zal itoat ila hayot kechirishga undaydi.
Azizlar, har birimiz Alloh O‘z ne'matlari bilan bizni aziz etgan dinu-shariat, Qur'oni karim va suyukli Payg‘ambarimizning sunnatlari ila ma'rifatlanib, tafakkur qiladigan bo‘lsak, inson uchun Allohning bizga yuborgan dinidan tashqarida bo‘lgan barcha ishlar Allohga isyon ekanligini anglaymiz. Jumladan, kibr, manmanlik, zo‘ravonlik, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish dinimizda gunohi kabiralardan hisoblanadi. Mo‘min-musulmon inson Alloh va Rasuli qaytargan barcha amallarrdan saqlanmog‘i lozim. Aslida ham mo‘min “iymon”, “omon" so‘zlari negizidir, ya'ni, iymon keltirgan mo‘min kishi eng avvalo Alloh va Rasuli qaytargan va yomon ko‘rgan amallar va odatlardan omonda bo‘lmog‘iga dalolat qiladi. Azizlar, Allohga iymon keltirish borligimizcha taslim bo‘lish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, U Zotga itoat esa aslida kamtarlikdir. Mutakabbirlarni esa Alloh sevmasligini O‘z Kalomida bayon qilgan:
“…Albatta, U mutakabbirlarni sevmagay” (Nahl surasi, 23-oyat).
Inson Alloh rizosi uchun kamtarlik qilsa, uning darajasini Alloh ko‘tarib qo‘yadi.
Rivoyat qilurlarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Muakarramadan hijrat qilib Madinai Munavvaraga yetganlarida, Madinaning a'yonlari ul hazratning istiqbollariga chiqdilar. Har biri tuyaning arqonini tutib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni o‘z uyiga olib borishni orzu qilardi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Tuyaning ixtiyori o‘zida, u qayerga borsa, mening manzilim o‘sha yerda bo‘ladi” - dedilar. Tuya borayotganda har kim o‘zicha xursand bo‘lib, tuya menikiga borsa kerak deb o‘ylardi. Ular orasida Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) kambag‘al bo‘lib, hech narsasi yo‘q edi. “Shuncha boy va mashhur odamlar turganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hazratlari mening uyimga borarmidilar?”- deb o‘ylardi. Jabroil (a.s.) shu vaqtda hozir bo‘lib dedilar: “Yo, Rasulalloh, Abu Ayyub manzilini muborak qadamingiz nuri bilan munavvar qiling, chunki Alloh subhanahu va taolo uning kamtarligi va mutavozeligi uchun manzilini Sizga qarorgoh etdi”.
Inson qanchalik ma'rifat ila kamtarlik qilsa Alloh uning darajasini ikki dunyoda ziyoda qiladi. Alloh taolo bizni kibrlanish uchun emas, balki O‘ziga, Payg‘ambar alayhissalomga itoat qilish uchun yaratgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim menga itoat qilsa, batahqiq Allohga itoat qilibdi. Kimki menga osiylik qilsa, batahqiq Allohga osiylik qilibdi. Kimki amirga itoat qilsa, batahqiq menga itoat qilibdi. Kim amirga osiylik qilsa, batahqiq menga osiylik qilibdi”, dedilar.
Muttafaqun alayh.
Notavon bo‘lmasdan burun tavoze ko‘rsatganlar, gunohkor bo‘lmasdan burun haloldan topib muhtojlarga yordam berganlar, yo‘qsillar va holi zabunlarga ko‘maklashganlar naqadar baxtlidirlar!... Naqadar baxtiyordir fiqh va hikmat ahli bilan yoronlik qilganlar! Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
“Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas hayoti dunyo sizni g‘ururga ketkazmasin. O‘ta g‘ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g‘ururga ketkazmasin” (Fotir, 5-oyat).
Inson yaratilishli ila eng avval sodir bo‘lgan gunoh ham kibr edi, uni shaytoni lain Allohga itoat etmay, Alloh taoloning g‘azabiga loyiq bo‘lishiga erishgan edi. Biz ummat suyukli payg‘ambarimiz hulqlari bilan xulqlansak, bizning saodatimiz shudir. Zero, Rasulullohning xulqlari Qur'on edilar: “Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!” (Qalam , 4-oyat).
Alloh barchamizni O‘zining solih kamtarin, O‘ziga go‘zal itoatda, bandalariga nisbatan mehrli, muruvvatli bandalardan bo‘lishimizni nasib aylasin.
Kamtarlik haqida gap borganda ba’zan mo’min-qobil , sodda, bir chekkada kimtinib-kimsinib turadigan kishi ko’z oldimizga keladi. Lekin ko’z oldimizga har qanday narsa ham to’g’ri bo’lavermagani kabi bunday taxayyul ham to’g’ri emas. Asl kamtarlikning nima ekanini bilmoqlik uchun uning antonimini izlash kerak. Shubhasiz, u – xudbinlik, takabburlik va manmanlikdir. Xo’sh, takabburlik va manmanlik nimadan hosil bo’ladi? Bizningcha, u Alloh tomonidan ato etilgan ne’matni o’zi yaratgan ne’matday ko’rib, bu bilan johilona kibru g’urur qilishdan, ne’matning asl sohibi va ijodkorini tamimaslikdan kelib chiqadi. 
Kamtar inson doimo har bir ne’matga qanoatli va shukronali bo’ladi. Kamtar insonning har qanday ishida xolislik bor. Deylik, murakkab bir sharoitda biror odamga yordam qilsa ham undan buning evaziga ta’magirlik qilmaydi. Kamtar inson qaysi sohada mehnat qilmasin, albatta o’sha joyda hurmat-e’tibor va qadr topadi. U olamga jar solib kekkayishi, o’zini tanitishi shart emas, odamlar uni o’zlari tezda topib olishadi. Chunki kamtarona fazilatli bu inson hamma vaqtda va har joyda kerakli insondir. Shuning uchun ham janobi Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: “Ibodatning afzali tavoze’, ya’ni kamtarlikdir” deb kamtarlikni mo’min-musulmon kishi ibodatining eng oliy nuqtasi sifatida bejiz baho bermaganlar.
Hazrati Abduxoliq G’ijduvoniy yozadilar: “Agar qalbing suhbat istasa, faqirlar, dil shikasta (ko’ngli siniq), ahlullohlar bilan hamsuhbat bo’l. Nomdor bo’lmoqchi bo’lsang aslo nomdor bo’lma. Biror kishiga xizmat buyurma. O’z yukingni o’zing ko’tar. O’zingni hamisha, hamma joyda xoksor tut. O’zingni hammadan past bilki, bu juda muhim xislatdir. Allohning hamma maxluqotlari – katta-yu kichikka ham marhamat va shavqat nazari ila qara. Ularni aslo haqir bilma…” deb yozganlar.
Hazrat Bahouddin Naqshbandning uylariga mehmon kelsa, Hazrati pir mehmonga ham, uning uloviga ham o’zlari xizmat qilganlar. Hazrat Bahouddindan: “Uyingizda nega qul yoki xizmatkor saqlamaysiz?” - deganlarida, ul zoti sharif: “Qulga qul saqlamoq joiz emas” – degan ekanlar. Ya’ni, bizning o’zimiz Alloh taoloning qullari bo’lsak, yana uyda qul saqlaymizmi, degan ekanlar.
Demak, shayxlar birovlarning yukini ko’targan, lekin o’zlari hech qachon birovlarga yuk bo’lmagan zotlardir.
Taniqli mutasavvif olim va shoir Sadriddin Salim Buxoriy bir suhbatda quyidagi ibratli hikoyani so’zlab bergan edilar: “Bir kishi Hoji Teshabobo huzurlariga kelib deydi:
- Taqsir, menga xizmat buyuring. Mening qo’limdan hamma ish keladi!
Teshabobo dedilar: - Siz qo’limdan hamma ish keladi deyapsizmi? Nahotki hamma ishni qilib bilsangiz?! Xo’sh, unday bo’lsa, qani, marhamat qilib mana shu oxurdagi somonni bir chelak sutga aylantirib bering!
Haligi kishi qizarib ketadi.
- Qo’lingizdan kelmaydimi?! Axir, bu oddiy sigir qo’lidan keladigan ish-ku! Yoxud mana bu tut bargini yeb, ipakka aylantirib bera qoling! Yoki bu ham qo’lingizdan kelmaydimi?! Axir oddiy qurtning quvvati, salohiyati, ilmi sizda yo’g’u yana hamma ish qo’limdan keladi, deyapsizmi?
Ey farzand! Bilginki, hamma ish Alloh taoloninggina qo’lidan keladi. Biz bandalarga taqsimlab bergan vazifalar bor. O’shalarnigina Alloh izni bilan qilishimiz mumkin! Alloh kamtar bandalarini yaxshi ko’radi. Buni unutmang! 

Download 168,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish