HUNARSIZ KISHI O'LIMGA YAQIN
I
O'tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan. Kunlarning birida u ovga chiqibdi-da, o'sha yerdagi bir o'tinchining go'zal qizini ko'rib, sevib qolibdi.
Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga:
— Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli kishi-ga turmushga chiqaman, — debdi qiz.
Sovchilar:
— Dunyoda podshohlik-dan ham katta hunar bo'la-dimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi bo'ladi, — deyishibdi.
Qiz:
— Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarlining o'zi kerak. Zamon o'zgarishi bilan bugun podshoh bo'lgan kishi ertaga tilanchi bo'lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini ko'rsatsin, undan so'ng tegaman, — debdi.
Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdilar. Pod-shohning bu so'zlarga achchig'i kelib, qizni o'ldirmoqchi bo'libdi-yu, biroq qizga bo'lgan sevgisi bunga yo'l ber-mabdi. Nima qilarini bilmay, o'zini o'qitgan muallim bilan kengashibdi.
Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitobni keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o'qibdi. Bir yerdan «hunarsiz kishi o'limga yaqindir» degan so'z chiqib qolibdi. Muallim ham shu yerda kitobni yopibdi-da:
— Qizning so'zi to'g'ri, «Hunarliga tegaman» desa, haqqi bor, — debdi.
Podshohning ilgarigi dardiga yana ming dard qo'shilibdi. Muallimga ruxsat beribdi-da, o'zicha bir hunar o'rganmoqqa ahd qilibdi. Ertasiga podshoh taxtiga o'tirgan chog'ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. Bu gilamni ko'rishi bilanoq podshohning ko'ngliga gilam to'qishni o'rganish havasi tushibdi. Gilamchidan gilam to'qishni o'rgatishni o'tinib so'rabdi. U podshohga gilam to'qishni yigirma besh kun orasida o'rgatibdi. Kerakli narsalarni tayyorlab, podshoh o'z qo'li bilan gilam to'qib, o'tinchining qiziga sovchilardan berib yuboribdi. Sovchilar qizga podshohning o'z qo'li bilan to'qigan gilamini ko'rsat-ganlarida u:
— Mana endi podshoh men istagan kishi bo'libdi, borib aytinglar, to'yni boshlayversin, — debdi.
1. O'tinchining qizi podshohga qanday shart qo'ydi?
2. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Podshoh-chi?
II
Podshoh tezda to'y qilib, o'tinchining qizini olibdi. O'sha kunlarda el orasida taomining yaxshiligidan bir kabobchining dong'i chiqqan ekan. Podshohga ham uning kabobi yoqib, ko'ngli istagan chog'larda u yerdan kabob oldirib, yer ekan. Kunlardan bir kuni yarim kechada podshohning kabob yegisi kelib qolibdi, borib kabobchining do'konini taqillatibdi.
— Kimsan, nima ishing bor? — debdi kabobchi.
— Men bir musofirman, qornim och, kabob yegani keldim, — debdi podshoh.
Podshoh kabobchining uyiga kirib ko'rpachaga o'tirgan ekan, birdan gumburlab yerto'laga yiqilib ketibdi. Yerto'lada podshohdan boshqa bir necha odamlar ham bor ekan. Shunda u aniq bilibdiki, kabobni odam go'shtidan pishirar ekanlar. Bu yerga meni o'lim haydab kelgan ekan, debdi podshoh va chidamoqqa majbur bo'libdi. Oradan bir necha kun o'tgandan so'ng gal podshohga yetibdi. Podshoh:
— Agar sizning istagingiz aqcha topish bo'lsa, mening yaxshi hunarim bor, yigirma kunda bir gilam to'qiyman. U gilamni podshohga tortiq qilsangiz, juda ko'p pul bera-di, — debdi kabobchining odamlariga.
Ular maslahatlashib: «Hunaring tufayli o'limdan qutulding, bizlarga gilam to'qib ber» deyishibdi. Podshoh yigirma kun orasida bir gilam to'qib, chetiga yonidagi muhrini bosib:
— Mana, gilamni podshohga tortiq qilib olib boring! — debdi. Kabobchilar gilamni podshohning o'rdasiga olib boribdilar. Vazir gilamning u yoq-bu yog'ini ag'darib ko'rib, bir chetida podshohning muhrini ko'rib qolibdi. U darhol navkar yo'llab, kabobchining makonini o'rab olib, podshoh va boshqa tutqunlarni zindondan qutqaribdi. Podshoh xalqni to'plab, ular uchun ibrat bo'lsin deb, odam go'shtidan kabob tayyorlagan kabobchilarni bozorning o'rtasida dorga ostiribdi.
1. «Hunarli kishi xor bo'lmas» maqolining ertak mazmuniga qanday aloqasi bor?
2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o'rinlarni tanlab o'qing.
IV. Mustahkamlash.
1. Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
2. Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
3. Ertak qismlariga mos sarlavhalar toping.
4. Birinchi qismda tasvirlangan voqealar bilan ikkinchi qismda tasvirlangan voqealar o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |