IV. Mustahkamlash.
1. Ikki o'rtoq — soddadil bilan hiylagar bir qop tillani qanday taqsim qilmoqchi bo'lishdi?
2. Qozi hiylagarning hiylasini qanday aniqiadi?
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
V.Uyga vazifa: matnni o’qish va qayta so’zlash.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:___________________________
50.Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish
Darsning maqsadi: O'quvchilarga tug'ilib o'sayotgan, Kindik qoni to'kilgan joy Vatan ekanligini tushuntirish, unga mehr uyg'otish.
b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Dars usuli: Yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: Ona diyorimiz tasvirlangan rasmlar. Hamda Ozbekiston ramzlari tasviri. ("G'uncha" jurnali, 9-son, 1997, 8-9-bet).
Darsning borishi: Xalq yaratgan "Ochil dasturxon" ertagi yuzasidan dasturxon atrofida o'tirish odobi haqidagi o'quvchilar tushunchalari
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman:
1. Ravshanning bobosi ish asboblari bilan qanday yumushlarni bajaradi?
2. Bobo qanday fazilatga ega?
3. Bobo Ravshanni qaysi ishlari uchun koyidi? 4. Ravshan nima qilsa bobosi xafa bo'lmaydi?
Topishmoqlar
• Og'zi yo'q, Tishi ko'p. (Arra) • Kelib og'zini ochar, Tishlab olib qochar. (ombur)
Mehnat qurollari haqida topishmoqlar ayttiraman.
III.Yangi mavzu bayoni. Sinfdan tashqari o’qish
VATAN MEHRI NIMADAN BOSHLANADI? (1 s) savollar orqali mustahamlanadi.
Yangi mavzu: "Vatan mehri nimadan boshlanadi" Dastlab o'quvchilarga Vatan haqida tushuncha beriladi. Vatan (arab so'zi-dan olingan bo'lib, ona yurt) Kishining yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug'ilib o'sgan joyi. Vatanparvar esa shu yurtni sevib, unga mehr bilan qarovchi kishi. So'ngra Polat Mo'minning "Vatan - bu" she'ridan parcha o'qib berish:
Vatan degani bu -yurak deganim,
Yurakka vatanim...
Kerak deganim...
Aslida Vatan, bu
Tug 'ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Etganim poyim...
O’zbek xalqining vatani keng, uni O’zbekiston deydilar. O’zbekistonda viloyat, tuman va qishloqlarda yashaydiganlarning tug'ilgan joylari O'zbekiston butun o'zbek xalqining vatani ekanligini, uni mehr bilan ardoqlash lozimligini tushuntirish. BoboKalonlarimiz o'z tug'ilgan joylarini taxallus qihb olganlar. Ismoil al-Buxoriy, al-Xorazmiy, al-Samarqandiy haqida qisqacha ma’lumot.
So'ngra bolalarning Vatanlari, uni sevish va ardoqlash kerakligi haqida gapirib Odil Abdurahmonning "O’zbek elim" she'ri qo'shiq qilib aytiladi.
O 'zbek elim, Bek elim,
Senga nasib Erk elim,
Peshonanga nur Tegib,
Kamol topgin Baxt etib,
Bobo Temur Suygan xalq.
Dunyo uzra Endi balq.
Do'stlaringiz bilan baham: |