O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet45/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

V. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa: ertakni o’qib, qayta hikoyalash.
Sana:________________________
49.Mavzu: Hiylagarning jazosi.
Maqsad: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash.
b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Dars usuli:Yangi bilim beruvchi:
Jihozlar: mavzuga ishlangan rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Mavzuni 3-4 ta o’quvchiga hikoya qildiraman. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
O’quvchilar boy va chol- kampirga ta’rif beradilar.
Boy- xasis, yomon odam, birovni ko’ra olmaydi, xasadgo’y…
Chol va kampir- saxiy, mehribon, rahmdil, jonivorlarni yaxshi ko’radi, soddadil…
III.Yangi mavzu bayoni.
HIYLAGARNING JAZOSI
Ikki o'rtoq bor edi. Biri sodda, ikkinchisi esa hiylagar edi. Ular bir kuni savdogarchilik qilish uchun bir yoqqa ketayotganlarida, yo'ldan bir xalta tilla topibdilar. Soddadil hiylagarga:
— Omadimiz keldi, endi bularni bo'lib, orqaga qayta-miz, — desa hiylagar:
— Taqsim qilib o'tiramizmi? Hozir kimga qancha kerak bo'lsa olib, qolganini ehtiyot qilib berkitib ketaylik. Zarur bo'lganda yana kelib keragini olarmiz, — debdi.
Soddadil uning so'ziga kirib «xo'p», debdi. Oltindan keragicha olib, qolganini bir daraxt ostiga ko'mibdilar. Shaharga yetib kelib, har biri o'z uyiga ketibdi. O'zini aqlli deb hisoblagan hiylagar ertasi kun borib, ko'milgan tillaning hammasini olib ketibdi. Soddadil o'z qo'lidagini xarjlab bo'lgach, hiylagar qoshiga kelib debdi:
– Yur, oltindan picha olib kelaylik, juda muhtoj bo'lib qoldim.
Hiylagar u bilan birga tilla ko'milgan joyga boribdi, lekin ular hech narsa topmabdilar. Hiylagar soddadilning yoqasidan ushlab:
— Tillalarni sen olgansan, chunki sendan bo'lak hech kimning bundan xabari yo'q edi, — debdi. Soddadil bechora, olmadim, deb har qancha ont ichsa ham foydasi bo'lmabdi. Hiylagar uni qoziga olib borib, bo'lgan gapni aytib beribdi va tillalarni topib berishini da'vo qilibdi. Qozi:
— Guvoh va dalil bormi? — deb so'radi. Hiylagar:
— Ostiga tilla ko'milgan daraxt guvohlik berib, tillani shu noinsof olib ketgan, dedi, — debdi.
Qozi bu so'zni eshitib, hayron bo'libdi. Ancha gap-so'zdan keyin ertasiga guvohlik bergan daraxt yoniga borishga qaror qilishibdi. Hiylagar sevinib uyiga kelib otasiga:
— Bu tilla hangomasini o'z foydamizga hal etish sizga bog'liq bo'lib qoldi. Sizga ishonib, daraxt guvohlik beradi, dedim. Endi mening gapimga ko'nsangiz, olib kelgan tillalarim o'zimizga qoladi va yana qo'shimcha shuncha tillaga ega bo'lamiz, — debdi. Otasi:
— Men nima qilishim kerak? — deb so'rabdi. Hiylagar:
— U daraxtning ichi kovak bo'lib, unga o'n odam bemalol yashirinsa bo'ladi. Kechasi borib, u yerga joylashib olishingiz kerak, ertasiga, qozi daraxt tagiga kelganda, daraxt nomidan guvohlik bersangiz bo'ldi, - debdi.
Ertasi kuni qozi shahardan chiqib, daraxt oldiga boribdi. Tomosha qilish uchun anchagina odamlar ham unga ergashib kelgan ekan. Qozi daraxtga qarab, tillalarning qayerdaligini so'radi. Daraxtdan: «Tillalarni soddadil olib ketgan» — degan sado chiqdi. Taajjublangan qozi daraxt atrofida aylanib yurib, unga diqqat bilan razm solibdi. Daraxtning katta kovagi borligini ko'ribdi-da, hamma gapga tushunibdi. O'ziga-o'zi «Xiyonatga marhamat yo'q», deb daraxt atrofiga shox qalatib o't qo'ydiribdi. Chol biroz chidab jim turibdi, lekin halok bo'lishini bilib, yolvora boshlabdi. Qozining buyrug'i bilan uni daraxt ichidan chiqaribdilar. Qozi savol-javob qilib, haqiqatni bilibdi, soddadilning to'g'riligi, hiylagarning makri ma'lum bo'libdi. Chol chekkan azobiga va nomusga chiday olmay, shu yerning o'zidayoq jon beribdi. Hiylagarni jazolab, adabini beribdilar va otasining jasadini yelkasiga orttirib, shaharga jo’natibdilar. Soddadil esa to'g'riligi tufayli hamma tillalarga ega bo'libdi.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish