Savollar
Ritorika ilmining shakllanishiga nimalar sabab bo‘ldi?
Ritorika - notiqlik san’atini o‘rgatuvchi fan. Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Sitseronning ma’lumotlariga qaraganda, Suqroti hakim zamonlarigacha falsafa va notiqlik yagona ilm sifatida mavjud bo‘lgan. Suqrot o‘z mulohazalari bilan dono fikr va ziynatlangan nutqning yagona ilmini ikkiga ajratib qo‘ygandan keyin fikrga ayrim, nutqqa ayrim o‘qitish odati paydo bo'lgan. Shundan keyin kishilarni har tomonlama mukammal, go‘zal nutq so‘zlashga o‘rgatuvchi maxsus ritorika ilmi vujudga kelgan. Ma’lumotlarga qaraganda ritorikaning asl vatani Sitsiliya oroli bo‘lib, eramizdan oldingi V asming o‘rtalarida bu yerda demokratik tartiblar o‘matilgach, notiqlik faoliyatining rivoji uchun keng yo‘l ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |