Lisiyning logograflik faoliyati haqida ma’lumot bering.
Logograflar haqida fikr yuritilganda ko‘pincha manbalarda Lisiy nomi qayta-qayta tilga olinadi. Lisiy Afinada o’z faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan bu zot, asosan, sud nutqlarini ijod etgan. Lisiy san’atkorligining asosiy siri shundaki, u nutq matnini yozishga kirishar ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni qo‘yadi; u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida sud hay’ati dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning har bir gapi yurakdan chiqayotgan, chinakam samimiy gaplar ekanligiga ishontirishdir. Lisiy qo‘li bilan yozilgan nutqlaming biron-tasida so‘zlovchining tabiatiga mos kelmaydigan dabdabali, serhasham iboralami uchratmaymiz. Lisiy nutq uslubining aniq va ravshanligi, tilining sodda va ravonligi, har bir odamni o‘z tilida gapirtira olish mahorati uni yunon tarixida o‘tgan logograflarning eng mashhurlari qatoriga qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |