Aristotelning “go‘zallik falsafasi”ni tushuntiring.
Aristotel go‘zallik falsafasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Aristotel talqiniga ko‘ra, go‘zal san’at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o’zida hamdardlik hissini tuyadi ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |