Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Mavzuni 3-4 ta o’quvchiga hikoya qildiraman. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. «Hunarli kishi xor bo'lmas» maqolining ertak mazmuniga qanday aloqasi bor?
2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o'rinlarni tanlab o'qing.
3. O'tinchining qizi podshohga qanday shart qo'ydi?
4. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Podshoh-chi?
III.Yangi mavzu bayoni.
ZIYRAK UCH YIGIT
Qadim zamonda fahm-farosatli va zukko Ibrohim, Ismoil va Umar ismli uch aka-uka safarga chiqibdilar. Yo'lda ketisharkan, o'sha yo'ldan o'tib ketgan bir tuyaning izi ularning diqqatini jalb etibdi. Tuya bir necha belgilar qoldirib ketgan edi. Uch yigit tuya qoldirgan belgilarni diqqat bilan tekshirib yo'llarida davom etdilar. Biroz yurgan edilar, chopib kelayotgan o'rta yoshli bir kishini ko'rdilar. U aka-ukalar yoniga hovliqib kelib:
— Yigitlar, men tuyamni yo'qotdim, mabodo uni ko'rmadingizmi? — deb so'radi. Ibrohim unga:
— Tuyaning bir ko'zi ko'r, uning ustiga birida yog', ikkinchisida asal bo'lgan ikki idish osgansan, to'g'rimi? — dedi. Haligi kishi: «To'g'ri so'zladingiz?» — deb uning so'zini tasdiqiadi.
Keyin Ismoil aytdi: — Tuyaning bir tishi tushgan edimi?
— To'g'ri topdingiz, tuyamning bir tishi yo'q edi, — deb javob berdi.
Haligi kishi tuyaning belgilarini to'g'ri aytib berganlaridan hayratda qolib: — Yigitlar, tuyamning hamma belgilarini topdingiz, ayting-chi, tuyam qayerda? — dedi.
Yigitlar uning tuyasini uchratmaganlarini aytdilar. Haligi kishi g'azablanib:
— Bekorchi so'zlarni so'zlamang, tuyamni ko'rgansiz, ko’rmagan bo'lsangiz uning belgilarini topib so'zlamasdingiz. Sizlar uni tutib olib, bir yerga yashirgansiz yoki birovga sotib yuborgansiz. Agar tuyamni topib bermasan-giz, ustingizdan hokimga shikoyat yo'llayman. Hokim albatta buning chorasini ko'rib, siz — o'g'rilarga jazo beradi, — deb do'q urdi.
Yigitlar tuyani ko'rmaganlarini qayta-qayta aytsalar ham u aslo ko'nmadi. Shundan keyin ular yana yo'lga tushdilar. Haligi kishi darhol shahar hokimining huzuriga borib, voqeani bayon qildi. Hokim bu uch yigitni tutib keltirish uchun bir necha otliq askarni yubordi. Askarlar ularning qo'llarini bog'lab, hokimning huzuriga keltirdilar. Hokim yigitlarning qo'llarini yechib, o'tirishga buyurdi. So'ngra ularga xitob qilib:
— Yigitlar, tuya egasiga tuyaning hamma belgilarini to'ppa-to'g'ri aytib bergansiz-u, keyin tuyani ko'rganimiz yo'q, deb tongansiz. Kishi ko'rmagan narsasining belgilarini qayerdan biladi? Bunga kim ishonadi? Tuyani yashirgan bo'lsangiz, egasiga olib kelib bering, sotib yuborgan bo'lsangiz bahosini to'lab, egasini rozi qiling, bo'lmasa jazo beraman, — dedi.
Yigitlar haligi kishiga aytgan gaplarini takrorlab, tuyani ko'rmaganlarini aytdilar. Hokim g'azablanib, ularni zindonga tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |