IV.Mustahkamlash. 1.Matndan Alisherning tashqi ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping va ovoz chiqarib o'qing.
2.Alisher bilan Husayn bog'da nimalarni tomosha qilishdi?
3.Ularning suhbatiga qarab har ikkisining nimaga qiziqishini ayting.
4.Ikkinchi qism o'qilayotganda siz o'zingizda o'zgarish sezdingizmi? Nima uchun?
Hikoyani qayta o’qittiraman.
V.Dars yakuni . o’quvchilar bilimini baholayman.
VI.Uyga vazifa: Matnni o’qish va so’zlab berishga tayyorgarlik ko’rish.
Sana:________________________ 76.Mavzu: Shum bola. G’.G’ulom. Maqsad: a) ta’limiy: matnning mazmuni bilan tanishish; b) tarbiyaviy: asarni o’qish orqali o’quvchilarda Vatanimiz o’tmishi haqida tasavvurlarini boyitish, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllnatirish.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishga o’rgatish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar, G’afur G’ulom portreti. Darsning turi: badiiy asar o’qish darsi Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:Salomlashish;Davomatni aniqlash;Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tilgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish. 1.Alisher bilan Husayn bog'da nimalarni tomosha qilishdi?
2.Ularning suhbatiga qarab har ikkisining nimaga qiziqishini ayting.
3.Ikkinchi qism o'qilayotganda siz o'zingizda o'zgarish sezdingizmi? Nima uchun?
Test: 1. "Kitobga ixlos" (Mirkarim Osim) qaysi alloma hayotidan olingan?
A) Farobiy B) Beruniy D) Ibn Sino
2. "Ibn Sino xalloslab Registon maydoniqa kelganda, ko'nglini ezayotgan shubha haqiqat bo'lib chigganini aniqladi". Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?
A) "Kitobga ixlos" B) "Pahlavon va shoir" D) "Alisherning yoshligi"
3. Ibn Sinoning asl ismi nima?
A) Mahmud B) Husayn D) Alisher
4. "Pahlavon va shoir" kim ekan?
A) Beruniy B) Mahmud D) Forobiy
5. Yomon bilan ulfat bo'lma, yur viroq.
Yo'lingga don sochib, qo'yadi tuzoq. Bu hikmatning muallifl kim?
A) Alisher Navoiy B) Pahlavon Mahmud D) Ibn Sino
6. "Alisherning yoshligi" hikoyasidagl novcha bolaning otasi aytgan "Maktab senga chikora" gapidagi "chikora" so'zining ma'nosi nima?
A) Butun jahon B) Na hojat D) Dushman
7. "Alisherning yoshligi" hikoyasining muallifi kim?
A) Oybek B) Uyg'un D) Hamidjon Hamidov
8. "Ilohim, mulla bo'lsin, zehni yaxshi", - dedi.
"Alisherning yoshligi" hikoyasidagi bu gapni kim aytgan?
A) Gulbegim B) G'iyosiddin Kichkina D) Husayn