97- dars
Mavzu: 11- NI. Insho. “ Men sevgan qahramon “ mavzusida
98-dars
Mavzu: Yolg’onchining izza bo’lishi
Darsning maqsadi: o'quvchilarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg'otish, ularning mustaqil o'qish ko'nikmalarini shakllantirish, Anvar Obidjon ijodi bilan tanishtirish, shoirning ijodiga qiziqish uyg'otish, o'quvchilarda ijodkorlik xususiyatini paydo qilish.
Darsning shakli: noan'anaviy, sayohat darsi.
Dars metodi: kichik guruhlarda ishlash, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi.sahnani jihozlash uchun kerakli narsalar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. Darsni tashkillashtirish.
2. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash.
Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman. Og’zaki savol- javob o’tkazaman. O’quvchilar tuzgan savollarni o’qittiraman. Birgalikda savollarga javob toptiraman.
Yangi mavzu bayoni
YOLG’ONCHINING IZZA BO’LISHI
Kunlardan bir kuni bir kishi Mirzo Ulug'bek huzuriga kelib arz qilibdi:
- Ey podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoro-ga safarga chiqqanimda hamyon-xaltamda ming tangapulim bor edi. Shahardan chiqib bir daraxt soyasiga - suv bo'yiga dam olgani o'tirdim. Men endi ovqatla-nayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do'stim paydo bo'lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqat-landik. Hamyonni haligi do'stimga berib, shaharga bor-gach, uyga eltib berishni iltimos qildim. Safardan qaytib kelgach bilsam, o'sha do'stim hamyonniuyimga olibbormabdi. Uning oldiga borib omonatimni so'rasam, u:
- Jinni bo'ldingmi?! Men seni ham, hech qanaqa da-raxt-paraxtni ham ko'rgan emasman, - deb javob berdi.
Mirzo Ulug'bek o'sha odam-ni chaqirib keltiribdi. Ikki do'st shoh huzurida ro'baro' bo'lishibdi.
O'sha odam: «Men u daraxtni ham, bu odamni ham ko'r-maganman», - deb so'zida qat’iy turib olibdi.
Mirzo Ulug'bek da’vogarga:
«O‘sha daraxtdan uch-to'rt barg keltirgin, men uning vositasida haqiqatni aniqlayman», -debdi. Da’vogar yo'lga tushishi bilan shoh uning sheri-giga bir hikoyatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga borganda shoh:
- Da’vogar o'sha daraxtning oldiga yetib bordimikan? - deb savol tashlabdi.
Hikoyani zavq bilan tinglayotib, g'aflatda qolgan haligi kishi bexosdan:
- U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan bo'lishi kerak, - debdi.
Mirzo Ulug'bek kulib yuboribdi va:
- Axir sen: «Men bu odamni ham, daraxtni ham ko‘rmaganman», - demabmiding, qanday qilib dostingning u yerga yetib bormaganini bilding! Yaxshisi yolg'on gapirmay, omonatni egasiga topshir, - debdi.
U kishi aybiga iqror bo‘libdi va pulni egasiga qay-tarib beribdi.
4. mustahkamlash.
1. Da’vogar Mirzo Ulug'bekdan nimani iltimos qildi?
2. Mirzo Ulug'bek haqiqatni qanday aniqladi? Uning qay-si fazilati haqiqatni anglashga yordam berdi?
3. Rivoyatni yana qanday nomlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |