O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


V.Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash



Download 14,36 Mb.
bet103/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

V.Uyga vazifa: Matnni o’qib, so’zlash
VI.Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
96- dars
Mavzu: Chumchuq bilan chumoli. Aziz Abdurazzoq.
Darsning maqsadi. 1. Matn mazmuni bilan tanishtirish.
2. Matn asosida o'quvchilarning mehnatsevarlik haqidagi tushunchalarini boyitish.
3. Matn orqali o'quvchilarni mehnatga to’g’ri munosabatini shakllantirish.
Dars turi. Ya'ngi bilim beruvchi dars, hikoya o’qish darsi
Dars metodi. Suhbat, badiiy o'qish metodi.
Dars jihozi. Matn mazmuniga mos ishlangan rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini baholayman.
3- 4 o’quvchiga matnni hikoya qildiraman.
Savol-javob o’tkazaman:
1. Safar, Husan va G'ani qaysi hikoyaning qahramonlari hisobianadi?
A) "Mo'jiza" B) "Tozi" D) "Yaxshi bo'ldi"
2. "Yaxshi bo'ldi" hikoyasida Iso bobo maqtagan bola kim edi?
A) Husan B) G'ani D) Safar
QO'RQOQ
1. "Qo'rqoq" hikoyasida qaysi bola "qo'rqoq" deb nom olgan edi?
A) Qoravoy B) Bahrom D) Jumanazar


2. "Qo'rqoq" hikoyasida Ollonazar aka Bahromga nima uchun minnatdorchilik bildiradi?
A) O'g'liga yordam bergani uchun
B) Qo'zichoqni qutqarib qolgani uchun
D) To'g'ri javob berilmagan


3. "Bahrom noiloj yotogqa gaytib kirdi. Xona xuvillab turibdi. Eriaga yakshanba-hamma uv-uviga ketgan". Bu parcha qaysi hikoyadan olingan?
A) "Qo'rqoq" B) "Yaxshi bo'ldi" D) "Buzilmagan uya"
III. Yangi mavzu bayoni.


CHUMCHUQ BILAN CHUMOLI
Aziz Abdurazzoq
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir qishloqda kattakon tepalik bor ekan. Tepalik yonida bir tup tut bor ekan. Tutning quyuq, chayir shoxlarida chumchuqlar chug'ullashar ekan. Chumchuqlar chumolilarning har kuni tinimsiz yuk tashib yurishlari haqida gaplashib, ularni mazax qilib kulishar ekan. Chumolilar bo'lsa ularga parvo ham qilmay, indamasdan ishlab yuraverishar ekan. Bir kuni qoq tush paytida bitta Chumchuq pirillab yerga tushibdi. Bitta bug'doyni tishlab ketayotgan bir Chumolining yoniga qo'nibdi.
– Bug'doyni menga ber, — debdi Chumchuq.
— Nega? — debdi Chumoli. — Kap-katta bo'lib mendan bug'doy so'ragani uyalmaysanmi? O'zing topib yesang bo'lmaydimi? Shu bitta bug'doyga to'yasanmi?
— Kun isib ketdi, — debdi Chumchuq. — Hech qayerga borgim kelmayapti.
— Shuni ertalab salqinda o'ylamadingmi? — debdi Chumoli. — Don kerak bo'lsa, izlab top. Axir qanoting bor. Agar mening qanotim bo'lganida ming chaqirim joyga ham erinmay borib kelar edim.
— Qanot menga don izlash uchun berilgan emas, — debdi Chumchuq. — Mushukdan saqlanish uchun berilgan. Bo'lmasa xirmonga borib to'yib kelardim. Lekin u yerda Mushuk bor. Qo'rqaman, meni yeb qo'yadi.
— Nega Mushuk seni yeydi-yu, meni yemaydi? — debdi Chumoli. Chumchuq chirillab kulib yuboribdi:
— Gapingni qara-yu, Mushuk seni boshiga uradimi? Sening go'shting oz. Buning ustiga achchiqsan.
— Menga o'xshab mehnat qilsang, sen ham terlab achchiq bo'lib qolar eding, — debdi Chumoli. — Sen bo'lsang doirn tekin ovqat qidirasan. Sen achchiqsan, men shirinman deb maqtanmay qo'ya qol. Aslida sening o'zing shirin emassan, joning shirin. Joningni koyitging kelmaydi.
— Mayli, nima desang ham deyaver, lekin mana shu bug'doyingni menga beraqol, — deb yalinibdi Chumchuq.
Shu payt qayoqdandir paydo bo'lib qolgan olg'ir Mushuk bir hamla qilib, Chumchuqni tappa bosibdi.
— Voy, Chumolijon, meni qutqar, Mushukni chaqib ol! — deb chirillabdi Chumchuq.
Shunda Mushuk Chumchuqni tishlab, yugurganicha tepalikning narigi tomoniga o'tib ketibdi.
IV. Mustahkamlash.
1. Chumchuqning iltimosiga Chumoli nima deb javob berdi?
2. Siz ulardan qaysi birining fikrini ma'qullaysiz? Nima uchun?
1. "Chumchuq bilan chumoli" ertagini kim yozgan?
A) Sunnatulla Anorboyev B) Aziz Abdurazzoq D) Nosir Fozilov
2. "Chumchuq bilan chumoli" ertagida chumchuq chumolidan nima deb iltimos qildi?
A) - Bug'doyni menga ber! B) Qo'lingdan keladigan ishni gapirsang-chi!
D) A va B
V. Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish