II. Yangi mavzuning bayoni. 1. Asarni o'qishga o'quvchilarni tayyorlash.
— Odamlar safarga nimalarda chiqishadi?
— Qadimda transport vazifasini qishloqda nimalar bajargan? Topishmoq orqali aniqlashingiz mumkin?
To'rtdir uning oyog'i,
Temir mixli tuyog'i.
Manzilga yetishtirar
Toshdan qattiq tuyog'i. (Ot).
— Qadimda odamlar qanday kun kechirishgan?
— Xonadonlarning hammasida ot bo'lganmi? Nimalari bo'lgan?
2. Abdulla Oripov haqida o'quvchilar bilgan ma'lumotlar so'raladi: A. Oripov kim? Uning qaysi she'rini yod olgansiz? She'rlaridan biror parchani yod ayting.
Abdulla Oripov haqida o'qituvchining hikoyasi.
Shoir A. Oripov —O'zbckiston xalq shoiri. Uning she'ri rus, qozoq, qirg'iz, turkman va boshqa tillarga taijima qilingan. Uning nomi ko'p mamlakatlarga yetib borgan. Shoirning onasi Turdi Karovonga bag'ishlab yozgan she'ridan bir parcha aytib berish mumkin.
3. She'r matni bilan tanishtirish. - 1-darsga mo'ljallangan qismi o'qib beriladi.
4. Hikoyat mazmuni yuzasidan dastlabki suhbat.
— Hikoyat kimlar haqida ekan?
— Ular qanday kun kechirishar edi?
— O'g'il otaga qanday hurmat ko'rsatdi?
— Ota-o'g'il nima sababdan yo'lovchilarning malomatiga - gap so'ziga qoldi?
— Otasi o'g'liga xafa bo'lib nima dedi?
5. Hikoyatni ichda o'qish. Sinf o'quvchilari guruhga bo'linib, o'zlariga biriktirilgan qismni o'qiydi. (Hikoyat qismga ajratiladi). O'quvchilar o'qib bo'lgach, o'z qismini qayta hikoyalab beradi.
6. Hikoyatning har bir qismini ovoz chiqarib o'qitish.
7. Tanlab o'qish. Topshiriq.
— Nima sababdan hikoyada ota-o'g'il bir eshakda yo'lga tushdi? Shu o'rinni topib o'qing.
1-yo'lovchi ota-o'g'ilga qanday ta'na toshlarini otdi? Shu o'rinni topib o'qing. Uning gaplari to'g'rimidi?
— Ota-o'g'il birga nima qilishdi?
8. Reja tuzish.
1. Ota-o'g'ilning og'ir hayoti.
2. Ota-o'g'ilning malomatga qolishi.
3. Ota-o'g'il nima qilishga hayron.
9. Reja asosida hikoyatni to'liq qayta hikoyalatish.
10. Darsda o'rganilganlarni umumlashtirib, yakun yasash va tar-biyaviy xulosa chiqarish. Ota o'g'liga qanday muomala qildi? O'g'il otaga qanday muomalada bo'ladi. Yo'lovchilarning gap-so'zlariga o'z munosabatingizni bildiring. Ularning o'rnida bo'lganingzda nima qilgan bo'lardingiz?
11. Uy vazifasi. «Sharq hikoyasi»ni ifodali o'qib kelish. Yo'lovchilarga tavsif yozib kelish. Izoh. Hikoyatning 2-bo’limi ham shu tarzda o'rganiladi.