hazaji musaddasi mahzuf va maqsur
vaznida
yozilgan.
Bihamdik fath abvob ul-maoni,
Nasib et ko’ng/luma fath et/mak oni.
v – – – / v – – – / v – –
Mafoiylun mafoiylun fauvlun
54 bob, 5782 baytdan iborat bo’lgan doston an`anaviy hamd va
na`tlar bilan boshlanib, qalam vasfi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy,
Abdurahmon Jomiy haqidagi boblardan so’ng dostonning yozilish
sabablari va undan kuzatilgan maqsad bayoni beriladi. Shundan so’ng
Badiuzzamon mirzoga bag’ishlangan bob keladi. Bularning hammasi
dostonning muqaddimasi bo’lib, undan keyin Farhodning tug’ilishi,
unga nom qo’yish bilan bog’liq hamda Farhodning vafotigacha bo’lgan
sarguzashtlari bayon qilinadi. Farhod vafot etgach, Sheruya Xusravni
o’ldirib, Shiringa talabgor bo’ladi. Shirin esa Farhod qabrida uning
yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham olamdan o’tadi.
huddi shu vaqtda Chindan Farhodni yo’qlab, Bahrom keladi, Farhod
vafotini eshitadi. Sheruyani yengib, Arman o’lkasida bir odil kishini
podshoh qilib qo’yadi.
Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi. Shundan so’ng yana ikki
bob bor: biri - Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Shohg’arib mirzoga
bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi va oxirgisi xotima - xulosa bo’lib, unda
dostonning yozilish tarixi (889 h. - 1484 m.) ham bayon etilgan:
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz,
Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz
.
Alisher Navoiy dostonining bosh qahramoni Farhoddir. Shoir
e`tiroficha, u ham, Xusrav Dehlaviyda bo’lganidek, Farhodni Chin
xoqonining o’g’li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida
dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish masalasiga shoir alohida e`tibor
berib, shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug’ilishi - kelajakdagi
komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:
Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand,
Bo’lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko’nglin aylabon xush,
Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash.
Jamolidin ko’ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo’yub yuz himmatu iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti
Alisher Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostonidagi uchinchi maqolatda
ulug’ shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o’zining badiiy ifodasini
topgan. Dostonning XXVI bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat “Salotin
bobidakim, … adolatlari “ayn”ining chashmayi zuloli mulk bo’stonin
serob qilg’ay, to bu bo’stondin amniyat va farog’at gullari ochilg’ay…”
tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi.
Ayonlashadiki, maqolatda so’z podshohlar va ularning nomlarini mangu
bo’lib qolishiga daxldor bo’lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi.
“Adolat” so’zi arab yozuvida “ayn” harfi bilan yoziladi. Mutafakkir
shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda chiroyli tashbehni o’z
o’rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo’llaydi. Shoir fikricha, adolatning
“ayn”iga tegishli zilol chashma mamlakat bo’stonini serob qilsinki, toki
uning shaffof suvlaridan amniyyat, ya’ni tinchlik va farog’at gullari
ochilgay. Ko’rinadiki, shoir mamlakat boshqaruvchisiga nihoyatda katta
umid bilan ko’z tikkanini sarlavhadayoq badiiy tasvirlaydi.
Maqolat 107 baytdan tashkil topgan bo’lib, uning dastlabki 14 baytida
Alisher Navoiy o’zining e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib, Allohning
podshohga bergan inoyatlari xususida nihoyatda katta ehtiros bilan
mulohazalarini badiiy tasvirlaydi. U quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Ey falak avjidin o’tub rif’atin,
Oy-u quyoshdin chalinib navbatin.
Taxting o’lub davlati jovid mulk,
Soyayi charting aro xurshed mulk.
Toj boshingdin bo’lubon sarbaland,
Taxt ayog’ingdin o’lub arjumand.
“G’oziy” so’zi “Navoiy asarlari lug’ati”da “g’azot qiluvchi”, “urush
qilib g’alaba qozongan” singari ma’nolarni anglatishi qayd etilgan.
[6,754] Navoiy yashagan davrlarda jahongirlik sharaf sanalganligi bois
boshqa o’lkalarni o’ziga bo’ysundirishga har bir hukmdor harakat qilib
turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |