Ona tili va bolalar adabiyoti


hazaji musaddasi mahzuf va maqsur



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana05.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#318141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 2

hazaji musaddasi mahzuf va maqsur

 vaznida 

yozilgan. 

 

 



 

Bihamdik fath abvob ul-maoni

 

 

 

Nasib et ko’ng/luma fath et/mak oni. 

 

 



 

 v  –   –    –    / v  –   –    – /  v  –   – 



Mafoiylun mafoiylun fauvlun 

 

54  bob,  5782  baytdan  iborat  bo’lgan  doston  an`anaviy  hamd  va 



na`tlar  bilan  boshlanib,  qalam  vasfi,  Nizomiy,  Xusrav  Dehlaviy, 

Abdurahmon  Jomiy  haqidagi  boblardan  so’ng  dostonning  yozilish 

sabablari  va  undan  kuzatilgan  maqsad  bayoni  beriladi.  Shundan  so’ng 

Badiuzzamon  mirzoga  bag’ishlangan  bob  keladi.  Bularning  hammasi 

dostonning      muqaddimasi  bo’lib,  undan  keyin  Farhodning  tug’ilishi, 

unga nom qo’yish bilan bog’liq hamda Farhodning vafotigacha bo’lgan 

sarguzashtlari  bayon  qilinadi.  Farhod  vafot  etgach,  Sheruya  Xusravni 

o’ldirib,  Shiringa  talabgor  bo’ladi.  Shirin  esa  Farhod  qabrida  uning 

yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham olamdan o’tadi. 

huddi  shu  vaqtda  Chindan  Farhodni  yo’qlab,  Bahrom  keladi,  Farhod 

vafotini  eshitadi.  Sheruyani  yengib,  Arman  o’lkasida  bir  odil  kishini 

podshoh qilib qo’yadi.  

 

Dostonning  voqeasi  shu  yerda  tugaydi.  Shundan  so’ng  yana  ikki 



bob  bor:  biri  -  Sulton  Husayn  Boyqaroning  o’g’li  Shohg’arib  mirzoga 


bag’ishlangan  bo’lsa,  ikkinchi  va  oxirgisi  xotima  -  xulosa  bo’lib,  unda 

dostonning   yozilish tarixi (889 h. - 1484 m.)  ham bayon etilgan: 

 

 

Chu tarixi yilin onglay dedim tuz, 



 

 

Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz

.    


 

Alisher  Navoiy  dostonining  bosh  qahramoni  Farhoddir.  Shoir 

e`tiroficha,  u  ham,  Xusrav  Dehlaviyda  bo’lganidek,  Farhodni  Chin 

xoqonining  o’g’li  sifatida  tasvirlaydi.  Shunisi  muhimki,  xoqon  oilasida 

dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish masalasiga shoir alohida e`tibor 

berib,  shu  nomni  talqin  qilishda,  Farhodning  tug’ilishi  -  kelajakdagi 

komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.  

 

Birinchi sharh: 



 

 

Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand



 

 

Bo’lub ul hadya birla shodu xursand. 

 

 

Jamoli birla ko’nglin aylabon xush, 

 

 

Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash. 

 

 

Jamolidin ko’ringach, farri shohi, 

 

 

Bu fardin yorudi mah to ba mohi. 

 

 

Qo’yub  yuz himmatu iqbol-u davlat

 

 

Hamul far soyasidin topti ziynat. 

 

 

Bu javharlarg’a chun isnod topti, 

 

 

Murakkab aylagach Farhod topti 

 

 



Alisher Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostonidagi uchinchi maqolatda 

ulug’ shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o’zining badiiy ifodasini 

topgan. Dostonning XXVI bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat “Salotin 

bobidakim, … adolatlari “ayn”ining chashmayi zuloli mulk bo’stonin 




serob qilg’ay, to bu bo’stondin amniyat va farog’at gullari ochilg’ay…” 

tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi. 

Ayonlashadiki, maqolatda so’z podshohlar va ularning nomlarini mangu 

bo’lib qolishiga daxldor bo’lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi. 

“Adolat” so’zi arab yozuvida “ayn” harfi bilan yoziladi. Mutafakkir 

shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda chiroyli tashbehni o’z 

o’rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo’llaydi. Shoir fikricha, adolatning 

“ayn”iga tegishli zilol chashma mamlakat bo’stonini serob qilsinki, toki 

uning shaffof suvlaridan amniyyat, ya’ni tinchlik va farog’at gullari 

ochilgay. Ko’rinadiki, shoir mamlakat boshqaruvchisiga nihoyatda katta 

umid bilan ko’z tikkanini sarlavhadayoq badiiy tasvirlaydi. 

Maqolat 107 baytdan tashkil topgan bo’lib, uning dastlabki 14 baytida 

Alisher Navoiy o’zining e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib, Allohning 

podshohga bergan inoyatlari xususida nihoyatda katta ehtiros bilan 

mulohazalarini badiiy tasvirlaydi. U quyidagi satrlar bilan boshlanadi: 

Ey falak avjidin o’tub rif’atin, 

Oy-u quyoshdin chalinib navbatin. 

Taxting o’lub davlati jovid mulk

Soyayi charting aro xurshed mulk.  

Toj boshingdin bo’lubon sarbaland, 

Taxt ayog’ingdin o’lub arjumand. 

“G’oziy” so’zi “Navoiy asarlari lug’ati”da “g’azot qiluvchi”, “urush 

qilib g’alaba qozongan” singari ma’nolarni anglatishi qayd etilgan. 



[6,754] Navoiy yashagan davrlarda jahongirlik sharaf sanalganligi bois 

boshqa o’lkalarni o’ziga bo’ysundirishga har bir hukmdor harakat qilib 

turgan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 





Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish