Taxminan bundan 2750-2850 yillar muqaddam Yevropa
tuprog‘idagi kichkina mamlakatlardan biri – Yunoniston (Gretsiya) da
yozma badiiy ijodning dastlabki namunalari yuzaga kela boshladi.
Yunonistonda tug‘ilib, keyinchalik yuksak kamolot bosqichiga
ko‘tarilgan bu adabiyot eramizdan avvalgi III asrda Rim madaniyatining
barpo etilishida, tarkib topishida ham katta o‘rnak bo‘ladi. Yer yuzidagi
ana shu ikki qadimiy xalq yaratgan madaniyat, san‘at va adabiyot antik
madaniyat, antik adabiyot deb ataladi. Lotin tilidagi “antik” so‘zining
ma‘nosi qadimgi demakdir. Lekin bu atamaning yunon – rim
adabiyotlarigagina tatbiq etilishi unchalik to‘g‘ri emas, chunki
madaniyatning asl beshigi Sharq mamlakatlari bo‘lgan: dastlabki adabiy
yodgorliklari, oldin Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil kabi
mamlakatlarda yaratilgan. Binobarin, yunon-rim jamiyati, san‘ati va
adabiyotiga nisbatan qo‘llanib kelinayotgan “antik” so‘zini faqat
Yevropaga nisbatan anglamoq darkor. Chunonchi, yunon adabiyoti hech
bir xalqning adabiyotiga suyanmasdan mustaqil ravishda paydo bo‘lgan
adabiyotdir. Hozirgi zamon adabiyoti olamida mavjud bo‘lgan badiiy
shakllarning ko‘pchiligi, uslub vositalari shu xalqning kashfiyotidir.
Yunon
adabiyotida
mifning
roli
benihoyat
katta.
Yunon
mifologiyasining ming-ming yillik tarixi bor. Xayoliy tushunchalardan
hosil bo‘lgan afsonalarni – miflar, ularning yig‘indisini mifologiya deb
ataladi. Yunon kishilari tasavvuri yer yuzining hukmronlari qabilida
Olimp ma‘budalarini yaratadi.
Zevs – momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi;
Poseydon – dengizlar hukmroni; Aid – oxirat hoqoni; Zevsning rafiqasi
Gera – osmon ma‘budasi, kelin-kuyovlar rahnomosi. Geraning birinchi
o‘g‘li Gefest – otash ma‘buda, temirchilar piri; Ikkinchi o‘g‘li Ares –
qonli urushlar ma‘budi; Zulmat ma‘budasi Latona, uning o‘g‘illari
Apollon – yorug‘lik, san‘at, she‘riyat, muzika ma‘budi. Uning singlisi
Artemida – qamar ma‘budi, o‘rmonlar va u yerda yashovchilar
ma‘budasi. Afina – shaharlar homiysi. Olimp sultonining Zebo qizi
Afrodita va uning o‘g‘li Erot – sevgi va go‘zallik ma‘budi. Germes
ma‘budlar jarchisi, savdogar va sayyohlar homiysi. Gelios – Quyosh
ma‘budi.
Ma‘budlarni odam qiyofasida tasavvur etish, mifologiyani hayotga
yaqinlashtirdi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng ko‘plab
sohalarga, xususan madaniyat va adabiyotga bo‘lgan e‘tibor ortdi. Shu
jumladan, xorijiy mamlakatlar tili va adabiyotiga ham munosib o‘zgardi.
Chunki jahon xalqlari madaniy va ma‘naviy boyliklari bilan tanishish
o‘z milliy merosimizni munosib baholash imkonini beradi. Bu borada
jahon adabiyotini o‘rganish, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon
adabiyotiga mansub asarlar insoniyat taraqqiyotining eng asil durdonasi
hisoblanadi. Antik dunyodan to bugungi kunimizgacha yaratilgan asarlar
mukammal tarixiy voqealarni ko‘z oldimizda namoyon etib kelayotgani
sir emas. Bu asarlarni nashr ettirish yuzasidan mamlakatimizda keng
qamrovli ishlar davom etmoqda.
G‘arbdagi qadim antik madaniyatning maydonga kelishida Xorazm
sarhadlarida ko‘z ochgan zardo‘shtiylik ta‘limotining hal qiluvchi
ta‘sirini kuzatish mumkin. O‘z navbatida qadim G‘arb antik madaniyati
insoniyat tafakkurining yangi bir sahifasi bo‘lib, tarixga kirdi. Biroq
1000 yil o‘tar-o‘tmas, u ham yo‘qlikka yuz tutdi. Shunda o‘rta asr islom
fani unga yangi hayot baxsh etdi. Aristotel, Platon kabi o‘nlab daholarni
Arastu, Aflotun, nomlari bilan Yevropaga qayta tanitdi. Ayni paytda Al-
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi tafakkur
mash‘allarini dunyoga berdi. Xullas, O‘rta Osiyo bilan Yunoniston
o‘rtasidagi iqtisodiy – madaniy aloqalar juda qadim zamonlardan
boshlangan.
Madaniyat osmoni endigina yorishib kelayotgan o‘sha uzoq o‘tmishda
yunon-rim xalqlari qo‘li bilan qurilgan ulug‘vor va ko‘rkam madaniyat
obidalari hanuz mag‘rur bosh ko‘tarib turibdi: Gomer dostonlari, Sofokl
tragediyalari hanuz kitobxonlar qalbiga ma‘naviy ozuqa bag‘ishlab
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: