Ona tili va bolalar adabiyoti


Mavzu: Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana05.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#318141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 2

Mavzu: Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda 

Niyoziyning darsliklari, she’r, hikoya,  

masallarida bola tarbiyasi. 

Reja: 

1.

 



Avloniyning hayot yo`li.  

2.

 



Ma’rifatparvarlik qarashlari.  

3.

 



Hamza o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi.  

4.

 



Hamza ijodining o’ziga xos xususiyatlari. 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

O`zbek  adabiyotining  yuksak  bosqichga  ko`tarilishida  o`zining 

benazir fazilatlari bilan ulkan hissa qo`shgan Abdulla Avloniy 1848 yil 

12  iyulь  Toshkentning  Eski  shahar  Shayhontohur  daha  Mergancha 

mahallasida  faqir    bir  oilada  tug`ilgan.  Otasining  ismi  Miravlon, 

onasining ismi Fotima bo`lib, otasining tub kasbi to`quvchi. U Yarmarka 

bozorida yoymachilik qilib, bo`z va chit bilan savdo qilar edi. Shunday 

bo`lsa-da,  farzandlar  ta’lim-tarbiyasiga  katta  e’tibor  bergan  Miravlon 

aka o`g`li Abdullani 1885 yilda boshlang`ich maktabga o`qishga beradi. 

Bu  yerda  u  Akromxon  domlada  savodini  chiqaradi.  Shoir  Abdulla  o`z 

tarjimai  holida  ibtidoiy  o`qish  yillarini  shunday  yozadi:  «1890  yilda 

maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o`qiy boshladim. Yoshim 

13  ga  yetgach,  yo`qsillik  menga  ta’sir  qildi.  Yoz  kunlarida  mardikorlik 

qilib,  ota-onamga  biroz  yordamda  bo`lib,  qish  kunlarida  o`qir  edim. 

So`ngra O`qchi mahalladagi domlamizning kam hafsalaligidan o`quvda 

davomsizligidan 

O`qchi 

madrasasin 

tark 

etib, 


14 

yoshimda 

Shoyhontovurdagi  Abdulmalikboy  dahmasiga  kelib  Mullo  Umar 

Oxunddan  dars  o`qiy  boshladim.  Bu  chog`larda  ham  qish  kunlarida 

o`qib,  yoz  kunlarida  mardikor  ishlamoqqa  majbur  edim.  1894  yildan 

boshlab  she’r  yozishga  tutindim.  Zamonga  muvofiq,  har  xil  mavzuda 

she’rlar  yoza  boshladim.  18  yoshdan  boshlab,  mardikorlikdan  qutulib, 

ustochilik  darajasiga  erishdim.  G`isht  ustochiligi,  suvoqchilik, 

pechkachilik, duradgorlik ustolig`ini qilar edim. 1890 yilda uylanib, oila 



boshlig`i  bo`lib  qoldim.  Shu  yilda  otam  o`lib,  o`gay  onam  bilan  bir 

ukam qaramog`imda menga boqim bo`lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani 

boqmoq  uchun  qish  kunlarida  ham  ishlamoqg`a  to`g`ri  kelganligidan 

quvvati muhofazam o`rta daraja bo`lg`on holda madrasani tashlab chiqib 

ketuvg`a  to`g`ri  keldi.  Shul  chog`larda  o`zim  mehnat  ichida 

yashaganligimdan  boylarga  va  mullalarga  qarshi  she’rlar  yoza 

boshladim.  Madrasadan  chiqib  ketsam  ham  maorif  ishlaridan  chiqib 

ketmadim.  Turli  gazetalara  o`qishga  tutindim.  Shul  zamonlarda 

Rusiyaning  turli  shaharlarida  matbuot  va  jurnallar  bilan  tanishib,  o`qib 

ma’lumotimni  orttira  bordim.  «Tarjimon»  gazetasini  o`qib  zamondan 

xabardor bo`ldim». 

 

Avloniy  siyosiy  faoliyatini  ma’rifatparvarlik  bilan  qo`shib  olib 

borishini  eng  to`g`ri  yo`l  deb  bildi.  Furqat  va  Sattarxonlar  boshlab 

bergan,  Saidrasul  Aziziy,  Mahmudxo`ja  Behbudiy,  Shakuriylar 

tomonidan  yangicha  shakllarda  davom  ettirilgan  ma’rifatparvarlikni 

rivojlantirdi.  U  Mirobodda  «usuli  savtiya»  deb  ta’riflangan  maktab 

ochdi. Unda o`qitishning bepul bo`lishidan tashqari, savod tez chiqarilar 

edi.  Yangi  maktab  haqidagi  bunday  iliq  gaplarning  el  orasida  tez 

tarqalishi 

tabiiy, 


albatta. 

Eshitganlar 

kambag`albop 

maktab 


ochilganligidan xursand bo`lib birin-ketin oqib kela boshladilar. Bu esa 

eski usuldagi maktabdorlar g`azabini kuchaytirdi. 

Avloniy  kamsitildi,  tahqirlandi,  ta’qib  ostiga  olindi.  Lekin  bu 

fitnalar  uning  qalbidagi  ma’rifat  olovini  bir  lahza  bo`lsa-da,  so`ndira 

olmadi,  aksincha  alangalantirdi.  1908  yilga  kelib  Avloniyga  qarshi 

fitnalar  yanada  kuchaydi.  G`arazgo`ylar  Miroboddagi  maktabning 




yopilishiga  erishadilar.  Oradan  bir  yil  o`tgach,  Avloniy  xuddi  ana 

shunday maktabni Degrez mahallasida ochadi.  

Abdulla Avloniyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati Oktyabrь inqilobidan 

keyin  yanada  rivojlandi.  U  bu  inqilobga  zo`r  ishonch  bilan  qaradi.  U 

«O`lka  ishchi  va  soldat  deputatlari  soveti»ga  saylandi.  «O`qituvchilar 

soyuzi»ni  tuzdi.  Bundan  tashqari,  bir  qator  mas’ul  vazifalarda  ishladi. 

Toshkent firqa tashkilotining faollaridan biri sifatida jonbozlik ko`rsatdi. 

1918  yilning  17-29  dekabrida  bo`lib  o`tgan  Turkiston  Kommunistik 

firqasining II-qurultoyida Markaziy Qo`mita a’zoligiga saylandi.  

1921  yildan  boshlab  u  maorif  sohasiga  o`tdi.  O`sha  yili 

Toshkentdagi  o`lka  o`zbek  bilim  yurtida,  1923  yilda  Toshkent  xotin-

qizlar  bilim  yurtida  mudirlik,  1924  yilda  V.I.Lenin  nomli  harbiy 

maktabda  o`qituvchilik  qildi.  1925-1930  yillarda  O`rta  Osiyo 

Kommunistik  universiteti  (SAKU),  O`rta  Oliy  Qishloq  xo`jaligi 

maktabida (SAVKS – XIII), O`rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) da 

dars  berdi».  1930  yilda  A.Avloniy  SAGUning  professori  bo`ldi.  U  bu 

yillarda asosan, til sohasi bo`yicha ilmiy ishlar qildi. Bir qator asarlarni 

o`zbek tiliga tarjima qildi. 

Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustida vafot etdi. 

 

 



 

 

 




 

Mavzu: Jahon bolalar adabiyotini  tarjima asarlari 

orqali o’rganish. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish