Mavzu: Bolalar xalq og’zaki ijodining janr xususiyatlari
REJA:
1.
Fol’klor tushunchasining mohiyati.
2.
O`ziga xos xususiyatlari: kollektivlik, og`zakilik, varinatlilik,
anonimlik, an’anaviylik.
3.
Fol’klor xalq tarixining badiiy in’ikosi sifatida
4.
Fol’klorshunoslik fanining mohiyati, rivoji.
Xalq og`zaki
ijodi janrlari
Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo`ladi. Badiiy
adabiyotni o`rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og`zaki
poetik
ijodini
o`rganish
sohasini
folklorshunoslik
deymiz.
Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-
da, o`rganish obyekti badiiy adabiyot bo`lgani sabab bir qator umumiy
va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik
uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat
adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g`azal,
ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she`r, hikoya, roman,
drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o`rganiladi.
Folklorshunoslikda esa xalq og`zaki adabiyotidagi maqol, qo`shiq, ertak,
doston kabi janrlarning o`ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo
qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat`i nazar har bir
yo`nalishdagi
yutuqlar
va
kashfiyotlar
adabiyotshunoslik
ilmi
taraqqiyotiga qo`shilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy
asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko`ra uch xil bo`lishini esga olaylik.
Jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd
etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar
tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma
adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og`zaki
adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya`ni jins nomi
saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko`ra (og`zaki yoki yozma)
boshqa-boshqa janrlardan iborat bo`lishi mumkin.
Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo`shiq so`zidan iborat
bo`lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy
lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma`nosini anglatadi. Ta`rifdagi
“qo`shiq” so`ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar
nazarda tutgan qo`shiqlar so`zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli
ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy
adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so`z vositasida hikoya
qilinadi. Xalq og`zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql,
rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur
nazariy masalani ilmiy asosda o`rgangan olim Bahodir Sarimsoqov
avval qayd etilgan uch jins qatoriga to`rtinchisini ham qo`shgan va
“maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o`tirish olqishlari,
qarg`ish, so`kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq
iboralar”, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir
tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish
uchun aniq ma`lumot, axborot mavjud bo`lishiga qarmay, aytilgan
matnning hajm jihatdan o`ta ixchamligi alohida ko`zga tashlanadi.
Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov
o`zbek xalq og`zaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb
ataganlar. 1947- yilda Moskvada e`lon qilingan katta hajmdagi kitobni
“O`zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”,
Go`ro`g`li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug`mish” kabi ishqiy-romanik
dostonlar tahlil etilgan.
Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining
nomidan olingan bo`lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg`usini, ichki
kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma`lumki, hayotda
turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush
lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi.
Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday
asarlarda bosh maqsad sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana
shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy
taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik
asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim.
Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o`tgan zamonda, o`n olti urug`
Qo`ng`irot elida Dobonbiy degan o`tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan
o`g`il farzand paydo bo`ldi. Alpinbiydan tag`in ikki o`g`il paydo bo`ldi:
kattakonining otini Boybo`ri qo`ydi. Kichkinasining otini Boysari
qo`ydi”, - deb boshlanadi. O`z-o`zidan ma`lumki, Fozil Yo`ldosh o`g`li
dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani
yuzasidan ma`lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo`ng`irot, Dobonbiy,
Alpinbiylar
bilan
tinglovchini
tanishtirmoqda.
Aslini
olganda
,
dostonning to`liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi
lirik qo`shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo`ldim,
Tusholmay behol bo`ldim.
O`z tengimning ichida
Muncha betole bo`ldim”.
4
Qo`shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida
xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan
harakatini aytish emas. Balki o`z tengini topa olmay qalban iztirob
chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos.
Odatda, qo`shiqlarning dastlabki misralari, ko`pincha, tinglovchini
chalg`itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to`qiladi. Asosiy maqsad
oxirgi misrada, ba`zan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita
bilan bo`lmasin, o`zining his-tug`usini, ichki kechinmalarini, ruhiy
holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning
uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma`nosiz qofiyalar
yig`indisidan iborat she`riy asarlarini lirika namunasi deb bo`lmaydi.
Haqiqiy ma`nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga
ma`naviy huzur bag`ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og`zaki ijodidagi har bir lirik qo`shiq qachonlardir dil
so`zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o`zgarishlarni bildirmoqchi
bo`lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat.
Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”,
“Oftob chiqdi olamga” qo`shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob
berishi shart deb hisoblash kerak.
Xullas, lirik qo`shiqlar asrlar davomida xalq og`zaki ijodidagi qalb
izhorini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan so`z
durdonalaridir.
Drama. Yunoncha “drama” so`zidan olingan bo`lib, harakat,
tanglik, mushkullik ma`nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama”
so`zidagi harakat ma`nosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani
sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz,
mazkur harakat orqali so`z vositasining yetakchiligini inkor qilish
mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo`ladi.
Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og`zaki ijodida dramatik janrlarni, Bahodir Sarimsoqov
fikricha, og`zaki drama, kulki – hikoya, qo`g`irchoqbozlik, askiya
janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat og`zaki nutqlari
bilangina emas, tovush tovlanishi – intonatsiya, yuz, ko`z, bosh, qo`l
harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin
tinglovchilarni o`ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko`rinishi
vujudga keladi. Misol uchun Yo`ldosh A`zamov rejissyorlik qilgan
“O`tkan kunlar” badiiy filmidagi Xudoyorxon va Musulmonqul
qiyofalari bilan o`ynalgan qo`g`irchoqbozlikni eslashingiz mumkin.
Xalq dramasi haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo`lishni istasangiz,
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “Xon ko`ngil
ochmoqchi” va “Qiziqlar” bobini o`qib chiqishingizni maslahat
beramiz.
Xalq dramasi qatnashchilari asar mazmunini o`zlari o`ylab
topadilar. Tomoshaga yig`ilgan odamlar o`rtasida qallob qozi,
jinoyatchi,
jabrlanuvchi
, sho`rpeshona ona yoki xotin, baxtsiz ota,
landovur farzand kabi rollarni bajaradilar. Uzoq o`tmishdan tortib o`tgan
asrning o`rtalarigacha bozorlarda, guzarlarda qiziqchilarning sahna
ko`rinishlarini uyushtirishlari oddiy odat edi.
Askiya esa maxsus so`z o`yini musobaqasi tarzida to`ylarda,
sayillarda, yig`inlarda o`tkazilgan. Askiyabozlar ikki, ba`zan uch-to`rt
guruhga bo`linib tanlangan mavzu doirasida so`z asos bo`lgan
bellashuvlarda kuch sinashganlar. Bunday anjumanlarda askiya
ishtirokchilarining turgan joylari o`z-o`zidan sahnaga aylanib qolar edi.
Tinglovchilar esa askiya jozibasiga mast bo`lib, qayerda o`tirganlarini
ham bilmay qolar edilar. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan janrlar
dramatik tur tarkibini tashkil etgan.
Shunday qilib, xalq og`zaki ijodidagi asarlarning jins va turlari,
ulardagi janrlar tarkibi haqida umumiy fikrga ega bo`ldik. Endi mazkur
janrlarning o`zaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar
haqida to`xtab o`tamiz. Avvalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot
yaratilish usuliga ko`ra og`zaki va yozma ijoddan iborat. Og`zaki ijod
yozuv madaniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo
og`zaki ijodning o`zi paydo bo`lishida qadimgi miflarning o`rni va
ahamiyati
beqiyosdir.
Filologiya
fanlari
doktori,
professor
B.Sarimsoqovning chuqur ilmiy tadqiqotida mif xalq og`zaki ijodi
asosini tashkil etashi aytiladi . Mif badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki
unda badiiylik darajasi nihoyatda past bosqichda namoyon bo`ladi.
Binobarin, mif xalq og`zaki ijodi tarkibidan o`rin ololmaydi. Lekin
og`zaki ijod asarlarining shakllanishida diffuzion jarayon amalga
oshgan. Diffuziya – lotincha “diffusion” – so`zidan olingan bo`lib,
singish, tarqalish ma`nolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar va
kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir moddaning
ikkinchi moddaga o`z-o`zidan o`tishi, birining ikkinchisiga “singib
ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq
og`zaki ijodi janrlarining paydo bo`lishida bosh omil bo`lgan ekan.
Xususan, B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya
termini biror janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki
obrazga kirib borishi, singishi natijasida ularning tabiatida sodir
bo`ladigan struktural, semantik hamda funksional o`zgarishlarga
nisbatan qo`llaniladi” . Soddaroq qilib aytganda, mifdan voqea tasviri,
yaxshilik va yovuzlik o`rtasidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki
elementlari tarkibida asta-sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak
rivoji natijasida doston janrlarining shakllanishi va alohida janr sifatida
mustaqil taraqqiy etishini og`zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilan
izohlash mumkin bo`ladi. Taniqli folklorshunos olimlar V.Ya.Propp,
Ye.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga
kelganligini to`liq tasdiqlaganlar.
Taxmin qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq og`zaki
ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qo`shiq,
maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar og`zaki ijodning
badiiy ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo
bo`lgan. Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan ma`lumot berganimizda
ertak va dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir
asar mustaqil janr namunasi sifatiga ega bo`lsa ham, umuman, og`zaki
ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar o`rtasidagi
aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.
Z.Husainova maqol va topishmoq o`rtasidagi yaqinlik haqida
to`xtab shunday deydi: “Topishmoq ma`no va aytilishi jihatdan maqol
bo`lib kelishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq
tarzida
vujudga kelib
, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi “Birovni
suydirar, birovni kuydirar”; “Asaldan shirin, zahardan achchiq”
topishmoqlari, “Suydirgan ham til, kuydirgan ham til”, “Shirin so`z –
shakar, achchiq so`z – zahar” shaklida maqol sifatida qo`laniladi” .
Olima bolalar qo`shig`i topishmoq bo`lib kelishi mumkinligini aytib
misol keltiradi:
Yomg`ir yog`aloq,
Tarvuz yumaloq,
Jaladan qo`rqmas,
Laqqa baqaloq .
Janrlar o`rtasidagi yaqin aloqani bir asarning doston va ertak
varianti borligidan bilsa ham bo`ladi. Jumladan, “Tohir va Zuhra”ning
doston va ertak variantlari mashhur. Qizig`i shundaki, ertakdan Tohir va
Zuhraning qo`shiq tarzidagi aytishuvi ham o`rin olgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |