319
Insho sarlavhani to‘g‘ri belgilashdan boshlanadi. To‘g‘ri
tanlangan sarlavha inshoning muvaffaqiyatli
chiqishi uchun
tashlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga o‘rgatish boshlang‘ich
sinflardayoq boshlanadi. Berilgan matnni bir necha mustaqil qismga
ajratish, ularning har biriga sarlavha topish, bir matnga bir necha
sarlavha tanlash kabi ishlar faqat boshlang‘ich sinflarda emas, balki
keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi.
Sarlavha inshoda yoritilgan fikrlarga muvofiq kelishi va uning
mazmunini to‘la qamrab olishi lozim.
К
uzning shirin-sharbat mevalari
xususida
fikr yuritib, uning sarlavhasini «Polizda» yoki «Qovun
pishdi» deb atab bo‘lmaydi. U albatta, «
К
uz sahovati», «Mevalar
g‘arq pishdi», «
К
uz ne’matlari» kabi nomlar bilan atalishi lozim.
Inshoni to‘g‘ri nomlash uchun undagi asosiy fikrni ajrata olmoq
ham kerak. O‘quvchi nimalar haqida yozishini aniq tasavvur yetmay
turib, uni to‘g‘ri nomlay olmaydi.
O‘quvchi mavzu talabini to‘g‘ri anglashi ham lozim. Masalan,
insho mavzusi «Ta’til kunlarining birida» deb nomlangan bo‘lsa,
o‘quvchi butun bahorgi, qishki yoki yozgi ta’til haqida fikr yurita
olmaydi. Mavzu «Mening sevimli qahramonim» deb nomlangan
bo‘lsa, o‘qilgan asarlardagi barcha qahramonlar haqida fikr yuritib
bo‘lmasligi aniq.
Inshoga material to‘plash ham uni to‘g‘ri
yoritishda muhim
ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik lozimki, har bir o‘quvchi borliqni,
undagi narsa, voqea-hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy
asar qahramonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Demak, har bir o‘quvchi
inshoga o‘zicha material to‘playdi. Insho uchun asosiy matarial bu
avvalo hayotning o‘zi, uning kitoblardagi, san’atdagi ifodasidir.
Shuning uchun har bir o‘quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to‘la
shakllangan bo‘lishi lozim.
К
uzatish bevosita o‘qituvchi
rahbarligida
yoki mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin.
O‘quvchi insho yozish uchun borliqni kuzatar ekan, demak, u
nimalar haqida fikr yuritish lozimligini o‘ylaydi va shunga muvofiq
keladigan materiallarni yig‘adi.
320
Insho uchun material to‘plashda manba muhim ahamiyatga ega.
Masalan, rasm asosida material to‘plash, borliqni kuzatish yoki badiiy
asar asosida material to‘plashdan farq qiladi. Rasm asosida material
to‘playotganda ko‘proq rassomning maqsadi, unda tasvirlangan narsa,
voqea-hodisalar, ranglarning tanlanishi, tasvirning diqqatga sazovor
tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko‘proq e’tibor
qaratilsa,
badiiy asar asosida material to‘playotganda yozuvchining maqsadi,
asarda ishtirok etgan shaxslar, yozuvchi yoki shoirning obraz yaratish
mahorati, asardan chiqariladigan xulosa kabilar markaziy o‘rinni
egallaydi.
To‘plangan materialni tartibga solish va uni muayyan izchillikda
bera olish ham o‘quvchi uchun o‘ta zarur malakalardan biri sanaladi.
Tartibga solish bu avvalo to‘plangan materialni saralab, uning ichidan
yoritilayotgan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy
izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o‘quvchiga puxta o‘ylab
tuzilgan reja yaxshi yordam beradi.
Yozilgan
inshoni takomillashtirish, unda yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni bartaraf etish ham o‘quvchilar uchun o‘ta zarur
malakalardan biridir. Matnni takomillashtirish bu imloviy,
punktuatsion xatolar ustida ishlashdangina iborat emas, balki
mazmunni takomillashtirishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. O‘quvchi
yozgan inshosini tahlil qilishga qiziqishi, bu ishga ehtiyoj sezishi,
xatoni tuzatish usullarini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, o‘quvchi o‘z ishidagi xatolarni aniqlashdan ko‘ra,
o‘zgalar ishidagi xatolarni tezroq topadi.
Shuning uchun ularga
ba’zida bir-birlarining ishlarini tekshirishni topshirish ham mumkin.
Yozilgan inshoni takomillashtirish uchun o‘quvchi uni diqqat
bilan o‘qishi, mazmun ustida ishlashni imloviy, ishoraviy va uslubiy
xatolar ustida ishlash bilan birga amalga oshirish malakalariga ega
bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar inshosi tur jihatdan ham juda xilma -
xildir. Pedagogik maqsadiga ko‘ra o‘quvchilar inshosini shartli
ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: