Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet190/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

 3. So‘zlarni
ma’lum belgilariga qarab guruhlarga ajratish. 
Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida 
bolalarning so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
usul so‘zlarni anglatayotgan ma’nosi, so‘z turkumi, yasalishi, imlosi, 
uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash kuzatish va 
taqqoslash bilan chambarchas bog‘langan. So‘zlarni guruhlash uchun 
avvalo kuzatish yoki taqqoslashdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Masalan, berilgan so‘zlar yoki matndan kasb-hunar otlarini ajratish va 
ularni ma’lum sohalar bo‘yicha guruhlash uchun avval so‘zlarni yoki 
matnni kuzatishga to‘g‘ri keladi.
Ona tili mashg‘ulotlarida aqliy faoliyatning bu usulidan, ayniqsa, 
soz turkumlarining ma’no guruhlarini o‘rganishda ko‘p foydalaniladi. 
Masalan, «Otlarning ma’no guruhlari»ni o‘rganishda berilgan 
so‘zlarni shaxs otlari, kasb-hunar otlari, joy nomlari va hokazolarga 
ajratish, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, «Qavm - qarindoshlik 
otlari»ni o‘rganishda berilgan so‘zlarni qon-qarindoshiik yoki nikoh 
qarindoshligi munosabatlarini ifodalashiga ko‘ra ikki guruhga ajratish
hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish yoki «Kasb-hunar 
otari»ni o‘rganishda berilgan so‘zlarni kulolchilik, zardo‘zlik, ganch 
va yog‘och o‘ymakorligi, novvoylik kabi guruhlarga ajratish kabi 
topshiriqlardan foydalanish mumkin.
4. Ma’lum
bir guruhdagi so‘zlar
ro‘yxatini mustaqil
ravishda
tuzish.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish maqsadida ularga 
ma’lum bir guruhdagi so‘zlar lug‘atini tuzishni ham topshirish 
mumkin. Shubhasiz, bunday lug‘atlarni dars jarayonida tuzish ancha 
murakkabdir. Shuning uchun mustaqil ishning bu turini ma’lum bir 
mavzu o‘rganilgandan keyin uy vazifasi sifatida topshirish maqsadga 
muvofiqdir. Lug‘at tuzish uchun o‘quvchilar ma’lum bir kasb egalari


316
ota-onalari, keksalar bilan suhbatda bo‘ladilar, mavjud izohli 
lug‘atlarga murojaat qiladilar. Otlarning ma’no guruhlari masalan, 
to‘y-tomoshalarni ifodalovchi otlarni o‘tib bo‘lgach, bolalar yashab 
turgan mahallada to‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini 
tuzishni topshirish mumkin. 6-sinf o‘quvchilari bu topshiriqni katta 
qiziqish bilan bajaradilar. Ular
 non sindirdi, ro‘mol berdi, 
hinobandon, domodbari, kelin ko‘rdi, kelin challadi, beshik to‘yi
singari bir qancha so‘zlarni to‘plab, ularning ma’nolarini izohlaydilar.
 
Ona tilini o‘qitish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish, 
birinchi navbatda, ularning so‘z boyligini oshirishni taqozo etadi. 
O‘quvchilarni doimiy ravishda ular birinchi marta duch kelayotgan 
yangi so‘zlar hamda fan-texnika taraqqiyoti natijasida tilimizga kirib 
kelayotgan yangi so‘zlar bilan tanishtirib borish, so‘zlarning yangi 
ma’no qirralarini ochib berish, nutqdagi kamiste’mol so‘zlarni 
seriste’mol so‘zlarga aylantirish, adabiy til uchun zid bo‘lgan so‘zlarni 
o‘quvchilar nutqidan chiqarib tashlash faqat ona tili fanining 
emasalan, balki maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning, 
shuningdek, oila va jamoatchilikning asosiy vazifasidir. 
A. R. Sayfullayev o‘zining «Ona tili darslarida nutq o‘stirish»(5-
sinf materiallari asosida. Toshkent, 1997), «Ona tili darslarida nutq 
o‘stirish» (6-sinf materiallari asosida. Toshkent, 1998), «Ona tili 
darslarida nutq o‘stirish» (7-sinf materiallari asosida. Toshkent, 2000), 
«Ona tili darslarida nutq o‘stirish» (8-sinf materiallari asosida. 
Toshkent, 2002) nomli metodik qo‘llanmalarida o‘quvchilarning 
og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, tafakkurini rivojlantirishga alohida 
ahamiyat berib, mavzularni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini 
o‘stirishning metod va usullarini keng bayon qilgan.

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish