Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili mashg‘ulotlarida matn bilan ishlash



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet191/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Ona tili mashg‘ulotlarida matn bilan ishlash. 
Matn nutqiy 
hodisa bo‘lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmunan birikishidir. 
«Qish. Qor yog‘yapti» shaklidagi uchtagina so‘zning mazmunan 
birikishidan tortib, butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham 
matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa, voqea-hodisani 
tasvirlaydi; u haqda xabar beradi; so‘zlovchining munosabatini 
ifodalaydi. 


317
Matn o‘z tuzilishiga ko‘ra gap, murakkab sintaktik butunlik, xat 
boshi, bo‘lim, qism, bob va paragraflardan tashkil topishi mumkin. 
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar esa asosan gap, xat 
boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu birliklar, 
albatta, matn hosil qilishga ishtirok etadi va uni shakllantirishda 
muhim ahamiyatga molik bo‘ladi. 
«Matnlar,

deb qayd qilinadi o‘quv dasturida,

xilma-xildir. 
Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda berilsa-da
asosan o‘qituvchi tomonidan belgilanadi». Shuning uchun dastur 
o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga qulayligi 
bilan bemalol almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi 
ijodiylik va izlanuvchanlik asosida qurishga to‘liq imkoniyat beradi. 
«Ona tili» darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy 
matnlar hamda b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlar singari ikki guruhga 
ajratish mumkin. 
Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi, 
lisoniy tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy 
bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qildirishda muhim ahamiyatga 
ega.
Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim berishni, ham 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Har bir mashg‘ulotda o‘quvchilar 
tomonidan yaratiladigan matn to‘la-to‘kis ijodiydir. Ona tili darslarida 
ular hosil qilingan nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarni amalda 
qo‘llab matn yaratishlari, berilgan mavzu asosida kichik insho 
yozishlari mumkin. 
Matnlar uslub jihatidan rang-barangdir. Ona tili mashg‘ulotlarida 
badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy matnlardan 
foydalaniladi. Har bir uslub o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 
ma’lum bir til me’yorini talab etadi. 
Badiiy uslubda 
yozilgan matnlarning o‘ziga xos xususiyati 
ularda tasviriylik va ta’sirchanlikning kuchliligidir. O‘quvchi badiiy 
matn yaratishda tabiat va ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin 
munosabatda bo‘ladi; uning mohiyatini ochish uchun turli-tuman 
leksik birliklar (ko‘chma ma’noli so‘zlar, ma’nodosh va qarama-


318
qarshi ma’noli so‘zlar, tasviriy ifoda va frazeologik birliklar, adabiy 
tilning tasvir vositalari: o‘xshatish, mubolag‘a, kuchaytirish
jonlantirish kabilar)dan o‘z imkoniyatiga qarab bemalol foydalana 
oladi. Badiiy matn o‘quvchilarda badiiy didni shakllantiradi. O‘quvchi 
bunday matnlar orqali go‘zallik va nafosat olamiga kiradi; o‘z 
quvonchi va tashvishlari bilan o‘rtoqlashadi; sevimli qahramonlariga 
ergashadi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish