258
Mazkur mavzuni o‘rganishda berilgan gaplarda shart maylidagi
fe’l-kesimning boshqa gapda ifodalangan ish-harakat va holatning
shartini yoki paytini ifodalab kelishiga ko‘ra
ikki guruhga ajratish,
kesimi shart maylli fe’l bilan ifodalangan gaplarga
agar
bog‘lovchisini qo‘shib ko‘rish, qanday ma’no ifodalanganda shart
maylli fe’l
agar
bog‘lovchisi bilan bemalol bog‘lana olishi xususida
xulosa chiqarish, ko‘shma gaplar tarkibida qo‘llanilgan shart maylli
gaplarni va sodda gaplarni alohida-alohida ko‘chirish singari ijodiy-
amaliy topshiriqlar bajariladi.
«Xabar mayli» mavzusini o‘rganishda kesimi ot-kesim va fe’l-
kesim bilan ifodalangan gaplarda ish-harakat yoki
holat qaysi
zamonda kelganligini aniqlash, kesim tarkibida zamon ma’nosini
ifodalovchi qo‘shimchalarni yoki shakllarni topish, kesimi o‘tgan
zamon bilan ifodalangan hikoyalarni hozirgi va kelasi zamonga
aylantirib yozish (va aksincha) singari topshiriqlardan foydalanish
mumkin.
Fe’llardagi xabar mayli zamon shakllarining qo‘shimchalari va
tuslanishini jadval orqali berish ma’qul. O‘quvchilarni har bir zamon
shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish ularning nutqiy
faoliyatini rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi
va talaffuzi ustida ish
olib borilar ekan,
-di
qo‘shimchali o‘tgan zamon fe’l shaklini hosil
qilish, uni shaxs va sonda tuslash, berilgan fe’llardan hozirgi va kelasi
zamonning bo‘lishsiz shaklini hosil qilish singari ijodiy-amaliy
topshiriqlar bajariladi.
O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda zamon shakllarining
qo‘shimchalari ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar -
di,
-
b, -ib, -gan, -ardi, -gandi (-gan edi)
qo‘shimchali
kesimlarning
ma’nosi ustida ishlaydilar (masalan,
Men ovqat pishirdim,
pishiribman, pishirganman, pishirarman, pishirgan edim
),
ularning
ma’no nozikligini sharhlaydilar.
O‘quvchilar so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari ustida ish olib
borar ekanlar, ot-kesimlarning zamon shakllari bilan ham tanishadilar.
Ma’lumki, ot-kesimlarda ham zamon shakli mavjud bo‘lib, ularning
259
o‘tgan va kelasi zamonlari bog‘lama vositasida hosil bo‘ladi. Masalan,
«Opam–shifokor»
gapidagi kesim hozirgi zamonni ifodalasa,
«Onam
shifokor edi», «Opam shifokor bo‘ladi»
gaplaridagi
«shifokor edi»
o‘tgan zamon va
«shifokor bo‘ladi
» kesimlari esa kelasi zamonni
ifodalaydi.
К
eyingi bosqichda
«Akam–tikuvchi», «Rasm–chiroyli»
tipidagi
gaplarni boshqa bo‘laklar bilan kengaytirib, kesimning zamonini
aniqlash, berilgan
qoliplar asosida gaplar tuzib, ot-kesimning zamoni
qanday hosil bo‘lganligini sharhlash, «
Otam–muhandis»
va
«Otam
muhandis edi»
singari gap juftlarini o‘zaro qiyoslab ma’noviy farqini
topish kabi ijodiy-amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar. Bu singari
ishlar 8–9-sinfda «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini
o‘rganish uchun mustahkam poydevordir.
«
К
esimlik so‘zlari» mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi
shart,
kerak, zarur, joiz
so‘zlarining vazifasi ustida ishlash,
-niki
qo‘shimchasining ma’nosi va imlosi ustida ishlash orqali
o‘quvchilarni zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.
Xullas, so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari (egalik
qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari,
kesimlik shakllari, bog‘lama,
kesimning tuslanishi, mayl shakllari) morfologiyadan ko‘ra ko‘proq
sintaksis bo‘limiga aloqadordir. Shuning uchun mazkur bo‘lim
7-sinfda «Sintaksis»ni boshlashdan oldin o‘rganiladi va bu bo‘limni
o‘rganish uchun moddiy zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: