Ona tili o‘qitish metodiкasi


«So‘zlarning aloqa-munosabat shakllari» bo‘limini



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«So‘zlarning aloqa-munosabat shakllari» bo‘limini 
o‘qitishning maqsad va vazifalari.
Ma’lumki, o‘zbek tilidagi 
ko‘shimchalar uch turli bo‘lib, birinchisi so‘zning lug‘aviy ma’nosini 
tamoman o‘zgartiradigan qo‘shimchalar (so‘z yasovchi qo‘shim-
chalar), ikkinchisi, so‘zning lug‘aviy ma’nosini qisman 
o‘zgartiradigan qo‘shimchalar (lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shim-
chalar) va uchinchisi, so‘zningg lug‘aviy ma’nosiga ta’sir 
yetmaydigan qo‘shimchalar (sintaktik shakl yasovchi qo‘shim-
chalar)dir. Birinchi va ikkinchi turdagi qo‘shimchalar 6-sinfda 
«So‘zning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlari» bo‘limida 
o‘rganiladi. Uchinchi guruh qo‘shimchalar esa 7-sinfda «So‘zning 
aloqa-munosabat shakllari» bo‘limiga taalluqli bo‘lib, ularga egalik, 
kelishik, shaxs-son va zamon qo‘shimchalari kiradi. 
«Ona tili» o‘quv fanidan yangi dasturning o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, unda egalik, kelishik qo‘shimchalari faqat otlar va otlarni 
almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan 
g‘ayriilmiy talqin chiqarib tashlandi. 
Mazkur bo‘lim o‘z ichiga aloqa-munosabat shakllari haqida 
umumiy ma’lumot berishni, aloqa-munosabat shakllarining vazifalari 
bilan tanishtirishni, egalik shakllari, kesimlik shakllari, kelishik 
shakllari ustida ishlashni, bog‘lama, kesimning tuslanishi, fe’l 
mayllari (buyruq-istak mayli, shart mayli, xabar mayli), zamon 
shakllari qo‘shimchalarining imlosi va talaffuzi, zamon shakllarining 
ma’nolari, ot-kesimning zamon shakllari, kesimlik so‘zlari xususida 
zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar berishni ko‘zda tutadi. Bu 
materiallarni o‘rganishga dastur talabiga ko‘ra 30 soat vaqt ajratilgan. 
Mazkur bo‘limni o‘rganish 5–6-sinflarda o‘rganilganlarni 
takrorlash va yangi bo‘limni o‘rganishga zamin hozirlash bilan 
boshlanadi. O‘quvchilar berilgan matnni o‘qib, mustaqil so‘zlarni 
ma’noviy turlarga (fe’llar, otlar, sifatlar, sonlar, ravishlar, olmoshlar
taqlidlar) ajratadilar; ot, sifat, sonlarga xos lug‘aviy shakl 
qo‘shimchalarini aniqlaydilar, tavsiya etilgan qoliplar asosida gaplar 


254
tuzib, gap bo‘laklarining qaysi so‘z turkumi va uning qanday 
lug‘aviy shakl bilan ifodalanganligini tushuntiradilar. Shundan so‘ng 
takrorlash yangi bilim berish bilan ulanadi. Aloqa-munosabat shakllari 
qo‘shimchalar bilan birikish xususiyatiga ko‘ra so‘zlar uch katta 
guruhga: 1) ot; 2) sof fe’l; 3) o‘zgarmas so‘zlarga ajratiladi; ularning 
har biri haqida qisqacha ma’lumot beriladi va amaliy topshiriqlar 
bajariladi. 
«Aloqa-munosabat shakllarining vazifalari» mavzusi o‘rganilar 
ekan, berilgan gaplarda 
-ga, -da, -dan, 
qo‘shimchalarini 
uchun, bilan, 
sari, sababli, tomon, uzra, orqali 
ko‘makchilaridan mosi bilan 
almashtirish (mas., 
Olamda bor bo‘lsin tinchlik–Olam uzra bor 
bo‘lsin tinchlik
), 
-ga, -dan, -da 
qo‘shimchalarining vazifasi haqida 
xulosa chiqarish, 
-im, -si, -ning,-ni, -ga,-da, -dan 
qo‘shimchali so‘zlar 
ustida ishlash orqali ularning vazifasi va ma’nosini aniqlash singari 
ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. Bu ijodiy-amaliy topshiriqlarni 
bajarish ularga aloqa-munosabat shakllari 
-ning
qo‘shimchalari haqida 
umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘z birikmalarida 
so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga, shuningdek, gap bo‘laklarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
Aloqa-munosabat shakllari (qo‘shimchalari) guruhiga: 
1) egalik qo‘shimchalari; 
2) kelishik qo‘shimchalari; 
3) kesimlik qo‘shimchalari kiradi. 
O‘quvchilarni egalik qo‘shimchalari bilan tanishtirish maqsadida 
ularga
-im, -miz, -ing, -si, -ngiz, -ingiz, -lari 
kabi qo‘shimchalari bilan 
kelgan so‘zlar berib, bu qo‘shimchalarning ma’nosini sharhlash, ularni 
tobe so‘z bilan kengaytirish va so‘z birikmalari hosil qilish, unli va 
undosh bilan tugagan ismlarni (ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, 
taqlidlar) tuslash singari topshiriqlardan foydalaniladi. 
«
К
elishik shakllari» mavzusini o‘rganishda berilgan gaplardan 
-
ning, -ni, -ga, -da, -dan 
qo‘shimchalari bilan kelgan so‘zlarni ajratish, 
nuqtalar o‘rniga tushirilgan kelishik qo‘shimchasini qo‘yish, berilgan 
so‘zlarni kelishiklar bilan turlash, bu so‘zlar ishtirokida gaplar qurish 


255
singari topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda, eng 
muhimi, otlar, sonlar, olmoshlar, harakat nomlari, sifatdoshlar, 
taqlidlarning kelishik qo‘shimchalarini qabul qilishiga alohida e’tibor 
qaratish lozim. 
O‘quvchilarni kesimlik shakllari bilan tanishtirishda o‘qituvchi 
ma’lum bir matnni o‘qitib, undan fe’l-kesimli va ot-kesimli gaplarni 
ikki guruhga ajratib ro‘yxat qilish, bu kesimlarning bo‘lishli va 
bo‘lishsiz shakllarini topish, zamonini aniqlash singari topshiriqlardan 
foydalanish mumkin. 
«Bog‘lama» mavzusini o‘rganish fe’l-kesimli va ot-kesimli 
gaplarda bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon, shaxs-son ma’nolarini 
ifodalovchi qo‘shimchalar ustida ishlash bilan boshlanadi. Shundan 
so‘ng ot-kesimli gaplar ustida ish olib boriladi. O‘quvchilar ot-kesimli 
gaplar tarkibidagi 
edi, bo‘ladi, bo‘lsin, bo‘lmaydi, emas 
kabi 
so‘zlarning vazifasini tushuntiradilar hamda gap juftlarini o‘qib, 
bog‘lamali va bog‘lamasiz gaplar orasidagi ma’no farqini aniqlaydilar. 
Mazkur mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini 
nafaqat fe’l-kesimli gaplarda, balki ot-kesimli gaplarda ham zamon 
kategoriyasi mavjudligiga qaratishi lozim. Bu muhim vazifa gaplarda 
ot-kesimni 
yemoq 
fe’li yordamida o‘tgan zamonga, 
bo‘lmoq 
fe’li 
yordamida kelasi zamonga aylantirish; 
yemoq 
va 
bo‘lmoq 
bog‘lamasi 
bilan kelgan ot-kesimli gaplar orasidagi ma’no farqini tushuntirish, 
bog‘lamali gaplar tuzib, kesimning zamonini aniqlash singari ijodiy-
amaliy topshiriqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Tilga olingan 
ijodiy-amaliy ishlar kesimi 
edi 
va 
bo‘ldi 
bog‘lamalari bilan 
ifodalangan gaplarga 
bo‘lmoq 
bog‘lamasi bir holatdan ikkinchi 
holatga o‘tish harakatini ifodalashini bilib olish imkoniyatini yaratadi. 
Dars o‘tgan zamonda berilgan ot-kesimli matnlarni kelasi 
zamonda ifodalash, savollar asosida ot-kesimli matnlar yaratish 
singari ijodiy-amaliy ishlarni bajarish bilan yakunlanadi. 
«
К
esimning tuslanishi» mavzusini o‘rganishda berilgan gaplarda 
ajratib ko‘rsatilgan kesim tarkibidagi gap egasining shaxsi va soniga 
ishora etuvchi qo‘shimchalarni aniqlash, gap egasini tiklab o‘qish yoki 
ko‘chirishdan so‘ng «shaxs-son qo‘shimchalari» tushunchasiga ta’rif 


256
berish mumkin. Chunki kesimdagi shaxs-son qo‘shimchasi eganing 
qanday shaklda kelishiga ishora qilib turadi. 
O‘quvchilar mustaqil ravishda «
К
esim tarkibida gap egasining 
shaxs va soniga ishora qiluvchi qo‘shimchalar shaxs-son 
qo‘shimchalaridir», degan xulosaga keladilar. Shundan so‘ng ular bir 
qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarishga o‘tadilar. Chunonchi, 
berilgan matnni o‘qib, shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘yish, gapdagi 
birinchi shaxs birlikda kelgan olmoshlarni ikkinchi, uchinchi shaxs 
birlik va birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs ko‘plikda ifodalash singari 
ishlar shular jumlasidandir. 
Darsning oxirida o‘quvchilar kesim 
gapning egasi bilan shaxs va sonda moslashishini, shuning uchun 
eganing shaxs va soni o‘zgarsa, kesim tarkibidagi shaxs-son 
qo‘shimchalari ham o‘zgarishini; kesimning shaxs-son qo‘shimchalari 
bilan o‘zgarishi kesimning tuslanishi ekanligini bilib oladilar hamda 
«otlarning turlanishi» va «kesimning tuslanishi» hodisalari orasida 
qanday o‘xshashlik va farq borligi xususida xulosa chiqaradilar. 
Fe’l-kesimli gaplarning mayl shakllari ham aloqa-munosabat 
shakli sanaladi. O‘quvchilar xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart 
maylida berilgan gap to‘plamlarini o‘zaro qiyoslab, ular orasidagi 
farqlarni va bu farqlar nima bilan bog‘liq ekanligini aniqlash; berilgan 
gaplarni: 
1) ma’lum xabarni ifodalovchi gaplar; 
2) so‘rovchining buyruq va istagini ifodalovchi gaplar; 
3) shart ma’nosini ifodalovchi gaplar kabi guruhlarga ajratish, bu 
guruhlarni mustaqil davom ettirish, mustaqil ravishda «mayl» 
tushunchasiga ta’rif berish, o‘zbek tilida uch xil mayl borligi (xabar, 
buyruq-istak, shart mayllari), bo‘lishli va bo‘lishsizlik, zamon, shaxs-
son shakllari va ma’nolari kesimlik uchun zaruriy tarkibiy qismlar 
ekanligi, shuning uchun istagan gapdagi kesim tarkibida, albatta, 
bo‘lishli-bo‘lishsizlik, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolari borligini 
bilib oladilar. Shundan so‘ng buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar 
mayli alohida-alohida mavzu sifatida o‘rganiladi. 
«Buyruq-istak mayli» mavzusini o‘rganishda uch yo‘nalishda ish 
olib boriladi: 


257

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish