263
2. Sodda gap, kesim va uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar,
ifodalangan egali
va yashiringan egali gaplar, egasiz gaplarning
turlari; yoyiq gaplar (hol, uning ma’no turlari va ifodalanishi;
to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so‘z-
gaplar; uyushiq bo‘laklar, ularning ohangi va tinish belgilari; gapda
ajratilgan izoh bo‘laklar; gapda kiritmalar;
gapda undalma; to‘liqsiz
gap haqida ma’lumot berish hamda ulardan nutqiy faoliyatda
foydalanish malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish.
3. Ikki va undan ortiq sodda gaplarni turli vositalar bilan biriktira
olish .
4. Nutqda teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplar, yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, nisbiy
so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar, faqat ohang vositasida
bog‘langan qo‘shma gaplardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini
mukammal egallash.
5. Sodda va qo‘shma gaplarda tinish belgilarni to‘g‘ri hamda
o‘rinli qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qildirish.
6. Sodda va qo‘shma gaplarni to‘g‘ri o‘qish malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
7. Sodda va qo‘shma gaplarning
mazmunini saqlagan holda
shaklini o‘zgartirish malaka va ko‘nikmalarini singdirish.
8.
К
esimdan savol berish orqali gaplarni hollar, to‘ldiruvchilar va
aniqlovchilar bilan kengaytirish malakalarini takomillashtirish.
9. Sodda va qo‘shma gap tarkibidagi so‘zlarni ularning
vazifadoshlari (qiymatdoshlari) bilan almashtirish malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
10. Sodda va qo‘shma gaplardagi ma’no nozikliklarini farqlashga
o‘rgatish.
11. Sodda va qo‘shma gaplardan foydalangan holda ilmiy, ilmiy-
ommabop,
publitsistik, badiiy va rasmiy-idoraviy uslublarda matn
yaratish malaka va ko‘nikmalarini kengaytirish.
264
«Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini o‘qitganda boshqa
til sathlarini o‘qitishda bo‘lgani kabi imloviy, talaffuziy va uslubiy
xatolar ustida ishlash davom ettiriladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, 8–9-sinflarda ham rasmiy-idoraviy
ish qog‘ozlari ustida ishlash davom ettiriladi. «Sintaksis. Ohang va
tinish belgilari» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilar ish qog‘ozlarining:
majlis
bayonnomasi, shartnoma matnlari tuzish, murakkab
ma’lumotnomalar yozish, rasmiy xatlar yozish kabi murakkab
ko‘rinishlari bilan tanishtiriladi.
Xullas, mazkur bo‘lim nafaqat o‘quvchilarni sintaksis yuzasidan
nazariy ma’lumotlar bilan qurollantiradi, balki sintaksisning boy,
rang-barang imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda
foydalanish malaka va
ko‘nikmalarini hosil qildiradi.
Dastur talabiga ko‘ra, 8-sinfda sodda gap sintaksisi, 9-sinfda
qo‘shma gap sintaksisi o‘rganiladi.
8-sinfda dastlab «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limi
haqida umumiy ma’lumot beriladi. O‘quvchilar tilning ijtimoiy
vazifasi, fikrni shakllantirishda tilning qaysi birliklari xizmat qilishi,
leksikologiya, morfologiya va sintaksisining nimani o‘rganishi va
o‘rgatishi xususida bahs-munozara yuritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: