270
Musobaqalashayotgan guruhlar biri-birlarining bilimlarini sinash
va topqirliklarini aniqlash maqsadida 5–6 tadan savol va topshiriq
tuzib keladi. Hakamlikni o‘qituvchining o‘zi olib boradi va o‘yin
natijalarini yakunlaydi.
Sodda gap sintaksisini o‘qitish
. O‘quvchilar 5-sinfdan kesim
gap markazi ekanligini biladilar. Shuning uchun sodda gap haqida
umumiy ma’lumot berilgach, gap juftlarining markazini aniqlash,
ularni sodda va qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chirish, sodda va qo‘shma
gaplarni tahlil qilib, ular orasidagi
asosiy farqni aniqlash, ayni bir fikr
(axborot)ni bir necha sodda gaplar va bitta qo‘shma gap shaklida
ifodalash (
Men sinfga kirdim. Deraza oldida turgan Baxtiyorni
ko‘rdim. U bilan salomlashdim – Men sinfga kirib, deraza oldida
turgan Baxtiyorni, Mehrinozni ko‘rgach, u bilan salomlashdim
)
singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish bilan yakunlanadi.
O‘quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo‘lgan
bitta kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo‘shma
gap tarkibida
esa bunday markaz ikki va undan ortiq bo‘lishini bilib oladilar.
К
esim gap markazi bo‘lganligi sababli, egadan oldin «
К
esim va
uning ifodalanishi» mavzusi o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda
avvalo o‘quvchilar e’tibori kesimning mavqeiga qaratiladi.
Ma’lumki, gapning boshqa bo‘laklari ishtirok etsa-yu, kesim
ishtirok etmasa, gap tugal fikrni ifodalamaydi. Masalan, «Dam olish
kuni biz sayohatga» gapida kesim ifodalanmaganligi uchun tugal fikr
yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarga shunday gaplarni berib, ularni gap
markazi – kesim bilan to‘ldirish va kesimning gapdagi mavqei, fikrni
ifodalashdagi ahamiyati xususida hukm chiqarish topshiriladi.
К
esimning ifodalanishi oldingi sinflardan o‘quvchilarga tanish.
Shuning uchun
ularga gaplar yoki matn berib, gapning markazi –
kesimi qaysi so‘z turkumi orqali ifodalanayotganligini aniqlash
topshiriladi. Shu jarayonda fe’l-kesim va ot-kesim haqidagi
ma’lumotlar o‘quvchilar xotirasida tiklanadi hamda sodda kesim va
murakkab kesim haqida ma’lumot beriladi. O‘quvchilar bir qator
ijodiy amaliy topshiriqlarni bajarishgach, bir so‘zdan iborat kesimlar
271
sodda kesimlar, ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan kesimlar
esa murakkab kesimlar ekanligini bilib olishadi.
«Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari» mavzusini o‘rganishda
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini tashkil etish uchun uch maylning
turli zamon shakllarini qo‘llab,
gap tuzish, hosil bo‘lgan gaplardan
qaysi birlarida tugallanayotgan fikr ifodalanayotganligini aniqlash,
mayl shaklining qaysi birida kesim mustaqil qo‘llanila olmasligini
topish, shart mayli shakllaridan biri bilan ifodalangan gaplarni
alohida-alohida ishlatiladigan ikki sodda gapga aylantirish singari
amaliy topshiriqlardan foydalaniladi. Darsning oxirida o‘quvchilar
shart mayli shakllari nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat
qilishini bilib oladilar.
«Ega» mavzusini o‘rganishda gap kesimining shaxs-son
qo‘shimchalariga qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so‘z
turkumi bilan ifodalanayotganligini aniqlash
singari amaliy ishlar
bajariladi hamda qaysi hollarda ega va kesim orasida tire qo‘yilishi
tushuntiriladi.
O‘quvchilar uchun ancha murakkablik tug‘diradigan masalalardan
biri egali gaplarni egasiz gaplardan ajratishdir. Gapning bu ikki turi
orasidagi farqni aniqlash maqsadida berilgan gaplarni aniqlash (Biz
g‘alabaga erishdik – G‘alabaga erishildi) qiyoslash, egani aniqlash,
nuqtalar o‘rniga yashiringan egani topib qo‘yish, berilgan gaplarni:
1) ifodalangan egali gaplar;
2) yashiringan egali gaplar;
3) egasiz gaplar singari guruhlarga ajratish topshiriladi.
Shundan so‘ng ifodalangan egali gaplar, yashiringan egali gaplar
va egasiz gaplar alohida-alohida mavzu sifatida o‘rganiladi. Bu
mavzularni o‘rganishda
ham kuzatish, qiyoslash; farqlarni topish,
guruhlash, hukm chiqarish va amaliy faoliyatda qo‘llash singari aqliy
faoliyat usullaridan foydalaniladi.
Tilimizda «Borish lozim», «Bajarish kerak», «
К
o‘rish shart»
singari bir qator imkoniyat-zaruriyat gaplari borki, ular fe’l kesimli
bo‘ladi va biror ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart,
tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining
272
eng muhim belgisi–ular tarkibida egalik qo‘shimchasining
bo‘lmasligidir. O‘quvchilarning bunday gaplar ustida olib boradigan
amaliy ishlari ularni bo‘lishli-bo‘lishsiz shakllarda qo‘llash,
ifodalangan egali gaplarni yashiringan
egali va egasiz gaplarga
aylantirish singarilardan iborat.
«So‘z-gaplar» mavzusini o‘rganishda
Do'stlaringiz bilan baham: