6-MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA
MAKRO MATN
Mashg’ulot rejasi:
1. Matn va uning turlari.
2. Mikro matn va makro matn.
3. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
4. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Bilib oling.
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan
qoidalari asosida bog‘lab, matn tuzamiz. Mazmun va grammatik jihatdan
bog‘langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib
chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo‘lishi mumkin.
Matn ma’lum maqsad yoki fikrni sodda, qo‘shma va murakkab gaplar orqali
ifodalovchi til birligidir.
Matn nasr yoki nazm shaklida boklishi mumkin.
Tuzilishiga ko‘ra matn ikki xil bo‘ladi:
1. Sodda tarkibli matnlar.
2. Murakkab tarkibli matnlar.
Matn og‘zaki yoki yozma usulda amalga oshirilishi mumkin.
Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplar (qo‘shma gaplar)dan iborat bo'ladi.
Sodda matnlarga talabalar tomonidan tuzilgan ayrim jumlalar va kichik matnlar
kiradi. Bunday matnlarda xabar, maqol, matai, masallar ifodalanib, hajmi jihatidan
kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsad to‘liq ifodalanadi. Masalan:
1) Toshkent viloyati paxta topshirish rejasini bajardi (xabar).
2) Sichqon sig'mas iniga, g'alvir bog‘lar dumiga (matal).
3) Qo'shning tinch — sen tinch (maqol).
Murakkab tarkibli matnda biror hkoya bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab fikr
ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi. Agar bu
qismlar mustaqil bo‘lsa, ular orasida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yiladi, har
bir fikr xatboshi (abzas)dan boshlanadi.
Murakkab matnlarga tarkibi keng tasvirlar, hikoya, masal, ertak, farmon,
povest, roman, risola, maqolalar kabi adabiy, ilmiy, rasmiy nutq uslublari kiradi.
2- topshiriq. Quyidagi matnlardan sodda va murakkab matnlarni ajrating. Har
bir matnning tarkibini tahlil qiling. Matnlarda ifodalangan g‘oyani tushuntirib
bering.
Dovud alayhissaiom aytgan ekanlar: „Ilm egalariga ayting, temirdan aso olsin,
temirdan kavush kiysin, so‘ng hassasi sinib, kavushi yeyilib ketguncha ilm
izlasin“. (Rivoyat)
2. Yerdan o‘zga joyda hayot yo‘q emish,
Yo‘q emish samoda biror bir jonzod.
Olimlar shundayin qarorga keimish,
Sira ajablanmang bu holdan, ustod.
Ular xo‘b tinchibdi, toleyi kulib,
Asli yo‘q narsani axtarmoq bekor.
Men esa to hanuz umidga to‘lib,
Izlayman zaminda do‘sti vafodor. (A. Oripov)
3. Buyuk ingliz yozuvchisi Shou haddan tashqari semiz bir kishi bilan
uchrashib qoldi. Baqaloq tarashadek qotma Shouga qarab dedi:
— Sizni ko‘rgan odam, butun Angliyada ocharchilik ekan, deb o‘ylashi mumkin.
— Sizga qarab turib esa, — dedi Shou unga javoban, — bunday ofatning
sababchisi shu ekan, deb o‘ylashi mumkin.
„Shifokorlar va dardmandlar xandasi “
3- topshiriq. Matnning mazmuniga ko‘ra sarlavha qo‘ying.
Do‘stlik qudratli va buyuk kuchdir. Bu muazzam va muborak so‘z butun
dunyoda mag‘mr jaranglaydi. Sadoqatli do'stlik tufayli xalqlar bir-biriga hamisha
beg‘araz yordam berib keladilar. 0‘zbek xalqi do‘stlikni azaldan e’zozlaydi...
Do‘stlik — sharaf-u shon. Do'stlik — kamolot bayrog‘i.
Do'stlik — qalb quvonchi. Va nihoyat, do‘stga sadoqat chin insoniy fazilatdir.
Bunga muyassar bo'lgan kishilar esa eng baxtli kishilar sanaladilar.
Kulib boqsang do’stlarga doim,
Taning yayrar, bolar muloyim.
Do‘stlik — bebaho oltin va qudratdir. Do‘stlik — bu qadrdonlik. Do‘stlik —
muqaddas, chin ulfatchilikdir.
Hamdo‘stlik so‘zi... bu— lug'at xazinasining durri noyobi. Hamdo‘stlik chamanini
sof holda ko‘kartirish g‘oyat mushkul ishdir. Do‘stingning boshiga og‘ir
mushkulotlar tushganda, yordam qulochini yoz. Do‘stIik ipini uzma, unga hamisha
hamdard bo‘l. Do'stingni joningday saqla, sadoqatli do‘stingni yurak tokchalariga
o‘tqaz! (Sh. Orifiy)