«Men borganda...», «U kelgandan keyin...»,
tipidagi gaplarni
qo‘shma gaplar tarkibidan chiqarish va ularni kengaytirilgan
birikmalar sifatida talqin etish imkoniyatini yaratadi.
Qo‘shma gaplarning umumiy tasnifi berilgandan keyin ularning
har birini alohida-alohida o‘rganishga kirishiladi.
O‘qituvchi «Teng bog‘lovchili qo‘shma gaplar» mavzusini
o‘tishda o‘quvchilar e’tiborini yana matn tahliliga qaratadi. Matn
o‘qilgach, uning mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi; matndagi
gaplar: a) biriktiruv bog‘lovchili qo‘shma gaplar; b) ayiruv
bog‘lovchili qo‘shma gaplar; v) zidlov bog‘lovchili qo‘shma gaplarga
ajratiladi; nuqtalar o‘rniga teng bog‘lovchilardan mosini qo‘yib
gaplarni ko‘chirish topshiriladi; gaplarni galma-gal; goh, goh; dam,
dam; hali, hali; ba’zan, ba’zan; bir zamon, bir zamon kabi
bog‘lovchilar bilan biriktirib, ma’noda qanday o‘zgarish sezilganligini
aniqlash; berilgan gaplarda nuqtalar o‘rniga zidlov bog‘lovchilarini
qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, murakkab qo‘shma gaplardan 2–3 ta
sodda gaplar, sodda gap juftlari yoki uchliklarini biriktirib, teng
bog‘lovchili qo‘shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy
topshiriqlar bajariladi.
« Tobe bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma
gaplar» mavzusi
o‘rganilar ekan, o‘quvchilar e’tibori berilgan so‘z birikmalarida hokim
so‘z va tobe so‘zni aniqlash; so‘z birikmalarini holli birikmalar,
to‘ldiruvchili birikmalar va aniqlovchili birikmalarga ajratish; berilgan
279
qo‘shma gaplarni kengaytirilgan birikmali sodda gapga aylantirish,
matn tahlili asosida qo‘llanilgan bog‘lovchilarni:
1) sabab bog‘lovchilari; 2) maqsad bog‘lovchilari;
3) shart bog‘lovchilari; 4) natija bog‘lovchilari;
5) o‘xshatish-chog‘ishtirish bog‘lovchilari kabi turlarga ajratish;
gaplardagi
shuning uchun
bog‘lovchisini
chunki
bog‘lovchisi bilan (va
aksincha) almashtirish, ikkita sodda gap juftini
shuning uchun,
natijada, oqibatda, shu sababli, shu bois, -ki, chunki, zeroki, esa, deb,
go‘yo
bog‘lovchilari bilan bog‘lab qo‘shma gaplar hosil qilish,
ularning ma’noviy farqini, qaysi qismga kiritilayotganligini aniqlash
singarilarga qaratiladi. Shundan so‘ng -
ki
bog‘lovchili qo‘shma
gaplar,
agar
bog‘lovchili qo‘shma gaplar,
chunki
bog‘lovchili
qo‘shma gaplar,
shuning uchun
bog‘lovchili qo‘shma gaplar ustida
alohida-alohida ish olib boriladi. Bu mavzularni o‘rganishda shu
vositalar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarning o‘qilish ohangi va
imlosi ustida ish olib borish ham o‘qituvchining diqqat markazida
turmog‘i lozim.
Teng va tobe bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplarda vergulning ishlatilishi o‘zlashtirilishi murakkab masalalardan
biri bo‘lganligi uchun ham bunday gaplar ustida muttasil ish olib
borishga to‘g‘ri keladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda verguli tushirib
qoldirilgan gaplarning vergulini qo‘yish, berilgan gap qoliplari asosida
gaplar hosil qilish, tobe bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplarda vergulning ishlatilish sabablarini aniqlashni topshirish
singari topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog‘lanish
vositasiga ko‘ra yana bir turi yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplardir. Bu turdagi qo‘shma gaplarni o‘rganishdan oldin yuklamalar
xususida 7-sinfda o‘rganilgan bilimlar o‘quvchilar xotirasida
jonlantiriladi. Bu yuklamalarni qo‘shimchasimon va so‘zsimon
yuklamalarga ajratadilar; ular vositasida berilgan sodda gap juftlarini
biriktirib, qo‘shma gaplar hosil qiladilar; yuklamalar qanday vazifa
bajarayotgani xususida xulosa chiqaradilar.
280
Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni turli yuklamalar
vositasida o‘zaro bog‘lash, bu yuklamalarning ma’no nozikligini
aniqlash, nuqtalar o‘rniga zarur yuklamani topib qo‘yish, boshlanish
qismi berilgan gaplarni yuklamalar vositasida bog‘lab, mazmunan
ularni davom ettirish, berilgan yuklamali qoliplar asosida qo‘shma
gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning
fikrlashiga, berilayotgan bilimlarni puxta egallashiga ko‘maklashadi.
Yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish
belgilarining ishlatilishi yuzasidan egallangan malaka va
ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida berilgan qoliplar asosida
qo‘shma gaplar hosil qilish, tushirib qoldirilgan tinish belgini o‘rniga
qo‘yib, gaplarni ko‘chirish singari amaliy topshiriqlardan foydalanish
mumkin.
Shubhasiz, yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda
tinish belgilarining ishlatilishi bunday gaplarning o‘qilish ohangi
ustida ishlashdan ajratilmasligi lozim.
Qo‘shma gaplarning yana bir turi nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan
qo‘shma gaplardir. Bunday gaplarning qo‘shma gaplar qatoriga
kiritilishi nisbiy so‘zlarda shaxs, son, zamon ko‘rsatkichlarining
mavjudligi sanaladi.
«Nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusini
o‘rganishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda
bog‘lovchi vositalarni aniqlash;
– bunday qo‘shma gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga
o‘rgatish;
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning boshqa
vositalar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplardan farqini aniqlash;
– nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni o‘qishda ohangga rioya qilish;
– berilgan sodda gap juftlaridan nisbiy so‘zlar vositasida
bog‘langan qo‘shma so‘zlar hosil qilish;
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning
ma’noviy munosabatini aniqlay olish;
281
– nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni ularning ma’nodoshi bilan
almashtira olish.
Bu zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlaydi.
Berilgan qoliplar asosida nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar hosil qilish
ham eng samarali ish usullaridan biridir. Bu qoliplar sirasiga:
1. «
К
im
( -ki), o‘sha»; 2. «Qancha, shuncha (o‘shancha)»; 3. «Har kim, u
(o‘sha) «; 4. «Qanday, shunday», 5.» Qay biri, o‘shasi»; 6. «Qayer,
shu (o‘sha) yer»; 7. «Nima, shu «
kabilarni kiritish mumkin.
Ohang (yozuvda tinish belgi) vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplar haqida ma’lumot berilar ekan, gapda uyushiq bo‘laklarning
ohang vositasida bog‘lanishi sodda gap juftlarining ohang vositasida
bog‘lanishi bilan qiyoslanadi. O‘quvchilar uyushiq bo‘laklar va sodda
gap juftlari orasida vergulning qo‘yilish sabablarini izohlaydilar.
Ma’lumki, yozma nutqda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar
nafaqat vergul, balki ikki nuqta, nuqtali vergul, tire orqali ham
bog‘lanishi mumkin. Shuning uchun bir qator ijodiy-amaliy ishlar ana
shu malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilishi lozim.
«Ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusini
o‘rganishda boshlanish qismi berilgan gaplarni davom ettirish,
qoliplar asosida gaplar hosil qilish singari topshiriqlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shma gaplar yuzasidan o‘quvchilarning egallagan bilim,
malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida test topshiriqlaridan
foydalaniladi.
Test topshiriqlaridan namunalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |