«ona tili o`qitish metodikasi» fani


-masala. Qatiq-qattiq, dara-darra singari so`zlarning farqi bormi? Ularning bir so`z emasligini isbotlang. “Leksika”dan



Download 2,01 Mb.
bet126/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

2-masala. Qatiq-qattiq, dara-darra singari so`zlarning farqi bormi?

Ularning bir so`z emasligini isbotlang.


Leksika”dan

1-masala. Uzukning ko`zi, buloqning ko`zi, taxtaning ko`zi yoki o`tkir til, o`tkir so`z, o`tkir nigoh (qarash) birikmalarida ko`zi va o`tkir so`zlarning ko`chma ma`noda qo`llanilganligini isbotlang.

2-masala. Gaplardagi antonimlarga e`tibor bering. Ular yakka holda kelganida qanday ma`noni va juft holda kelganda qanday ma`noni angalatadi?

1. To`yga do`st-dushman keladi. 2. ertayu kech fikrim shu. 3. Qishloqning butun katta-kichigi bu umumxalq hashariga qo`shildi (S.Ahmad).

Bu gapdagi antonimlarni boshqa so`zlar bilan almashtirib ko`ring-chi!

Bundan qanday xulosa chiqardingiz? Namuna: To`yga hamma keladi. Doim fikrim shu.

Morfologiya”dan:

1-masala. Quyidagi berilgan ikki gapni taqqoslang. 1. Chol minbarga chiqib yigitchasiga gapirdi. 2. Tanishib olaylikotingiz nima yigitcha? Yigitcha so`zining ma`nosida farq bormi? Siz bundan qanday xulosa chiqardingiz?

2-masala. Quyidagi to`rtlikni diqqat bilan o`qing. Nega shoir shu olmoshini uch misrada takror qo`llagan?

Ukam, yovuzlarning topganlari shu,

O`z o`g`lin it bo`lib qopganlari shu,

O`z qalbin nafratlab yopganlari shu,

Mo`min Mirzo, ukam, seni o`ldirdilar.

(A.Oripov)


O`qituvchi o`quv masalalarini o`zi tuzishi yoki darslikda berilgan ijodiy harakterdagi o`quv topshiriqlaridan foydalanishi mumkin. Agar so`ralmagan bo`lsa, unga muayyan o`zgartirishlar kiritish mumkin. Shunday qilib masala tipidagi o`quv topshiriqlari muammoli vaziyat yaratishning muhim usulidir. Chunki masala o`quvchini harakatga keltiradi, uni izlanishga undaydi, qiziqtiradi.

Muammoli vaziyat yaratishda o`rganiladigan til hodisalarining murakkablik darajasi ham hisobga olinadi. Chunki o`qituvchi til hodisalarining murakkablik darajasidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratishning usulini tanlaydi. Oldindan o`quvchilarga ma`lum darajada tanish bo`lgan til hodisalarini o`rganishga ko`proq kuzatish, taqqoslash kabi usullardan foydalnilsa, O`quvchilarga umuman notanish bo`lgan mavzularni o`rganishda muammoli savol quyib, darslikdan javob izlash usulidan foydalaniladi.

Muammoli vaziyat yaratishda sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi, til hodisalarini tushunishi va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishi kabilar ham hisobga olinadi. Agar sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi past bo`lsa, engilroq ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanishga to`g`ri keladi.

Muammoning mohiyatini anglash ta`limning birinchi bosqichidir. Keyingi bosqichlar: muammoni echish, natijani hisobga olish kabilar birinchi bosqichning to`g`ri uyushtirilganligiga bog`liq. Ayniqsa, birinchi bosqichda o`zlashtirish bo`sh o`quvchilarni muammoli vaziyatga olib kirish o`qituvchiga ancha murakkablik tug`diradi. Buning uchun o`qituvchitabaqalashtirilgan ta`lim imkoniyatlaridan unumli foydalanishi lozim.

Shunday qilib, quyilgan muammoli to`g`ri echishni ta`minlash uchun:

a) muammoning maqsad va mohiyatini o`quvchilarga to`g`ri anglatish:

b) o`rganilgan mavzular yuzasidan puxta va izchil bilimlarning mavjudligiga erishish;

s) har bir o`quvchida mustaqil ravishda ijodiy ishlar malakalarini tarkib toptirish;

d) o`quvchilarni maqsadga yo`naltira bilish;

e) muammoni echishning eng samarali va qo`lay yo`lini belgilash juda katta ahamiyatga ega.

Ona tili darslarida o`quvchilarning mustaqil bilim olishini quyidagi metodlarga ajratish mumkin:


    1. qayta xotirlashga asoslangan metodlar;

    2. qisman izlanuvchanlik metodlari;

    3. izlanishga asoslangan metodlar.

Bu metodlarning har biri ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilarni faollashtirishga turlicha ta`sir ko`rsatadi.

Qayta xotirlashga asoslangan metodlar. Mazkur metod o`quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o`quv materiali bilan ish ko`radi. O`rganilgan til hodisalarini xotirada fikrlash, topshiriqni shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.

Ona tili mashg`ulotlarida bajariladiganbir qator turlari, jumladan, ko`chirib yozish, izohli yozuv, saylanma diktant, mauyyan andazaga qarab bajariladigan fonitek, leksik, morfologik, sintaktik tahlillar, berilgan she`riy matn mazmunini nasriy yo`l bilan bayon qilish kabi topshiriqlar o`quvchilardan bilimlarni xotirada tiklashni talab etadi.

Qisman izlanuvchanlik metodi. Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o`rinni egallaydi. Chunki o`quvchi ona tilidan egallangan bilimlarga tayanmay turib uni yangi sharoitda qo`llay olmaydi.

Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

a) nuqtalar o`rniga zarur harflarni, kelishik qo`shimchalari, so`zlarni topib qo`yish;

b) ma`lum bir so`zni uning ma`nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma`noli so`z bilan almashtirish;

s) berilgan gaplar yokimatnning mazmunini saqlagan holda shaklini o`zgartirish;

d) berilgan tayanch so`zlar yoki so`z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o`quvchilardanqisman izlanishni talab etadi. Chunki bu topshiriqni bajarish jarayonida o`quvchi ma`lum darajadayordam oladi. Berilgan so`zlar, so`z birikmalari va gaplar o`quvchiga topshiriqni bajarishi uchun ko`maklashadi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish