Ilmga amal qilmaslik jazosi
Amir Abdullaxon xos navkarni hamisha o`zi bilan olib yurar ekan. Amir huzuridagi suhbatlarda bir shoir Amir Xisrav Dehlaviyga nisbatan berib shu baytni o`qiydi:
“Kerak odamga so`zni ko`p bilmoq
Vale oni juda ham oz aytmoq”.
Amirga bu juda ma`qul bo`ldi. Kunlardan bir kun Amir o`zining so`zamol, sergap vazirga Dehlaviyning ta`birini eslatib, tanbeh beradi.
Vazir Amirga:
“Avf eting, shohim. Bu so`zlar Dehlaviyniki emas, shayx Nizomiy qalamiga mansub”, - deb e`tiroz bildiradi. Amir hayrat bilan navkariga qaraydi. Navkar bosh egib:
Ulug` amirim, vazir haq. Bu ta`bir – Nizomiy Ganjaviyning “Xisrav va Shirin” dostonidan. Shoir sizga noto`g`ri aytgan edi, - deb javob beradi.
Amir jallodni chaqirib, navkarning tilini kestiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |