Izlanishga asoslangan metodlar. Izlanish til mareriallarini ijodiy faoliyat ko`rsatish yo`li bilan o`rganish demakdir. Shubhasiz, o`quvchi ona tili mashg`ulotlarida ma`lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma`lumot mazmunini ijodiy yo`l bilan o`rganadi. Bu metod o`quvchidan oldin o`rganilganlarni tamoman yangi sharoitda qo`llashni talab etadi. Ona tili mashg`ulotlarida yozilgan insholar, o`qilganbadiiy asarda taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma`ruzalar tayyorlash o`quvchilardan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladgan asosiy ishlardir.
Shunday qilib, ona tili darslarida izlanishga asoslangan metodlardan foydalanish, birinchidan, o`quvchilarning til hodisalariga qiziqishini ko`chaytiradi, ikkinchidan, til hodisalarini mustaqil tahlil qilishga o`rgatish orqali, ularda ijodiylik rivojlanib boradi.
Ona tilidan ta`lim metodini tanlash. Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchi faoliyati o`z-o`zidan faollashmaydi, albatta. U, birinchi navbatda, o`qituvchi tomonidan to`g`ri tanlangan metodga bog`liq. To`g`ri tanlangan metod uni rivojlantirish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ona tili o`qituvchilari ta`lim metodlarini tanlashda juda ko`p qiyinchiliklarga duch keladilar. Ayrim o`qituvchilar ma`lum bir metodga ortiqcha baho berib, ikkichisini e`tibordan chetda qoldiradilar; ba`zilar har bir metoddan bir shingil olishga o`rinadilar. O`qituvchilarning ko`pchilik qismi ta`lim metodini tasodifiy tanlaydilar.
O`qituvchi ta`lim metodini tanlashga quyidagilarga amal qilishi lozim:
Tanlanayotgan metodning o`rganiladigan til materiali mazmuniga muvofiq kelishi, mavzuning murakkablik darajasi, o`rganilayotgan o`quv materiali yuzasidan o`quvchilarda ayrim tushunchalarning mavjudligi, o`quv materialining hajmi ta`lim metodini tanlashga ta`sir ko`rsatadi. Mavzu o`quvchilarning o`quv imkoniyatiga muvofiq kelib, ular shu o`rganilayotgan til hodisasi yuzasidan oldingi sinflardan ma`lum bir tushunchalarga ega bo`lsalar, qayta xotiralashga asoslangan metodlar bilan bir qatorda, muammoli o`qitish metodidan foydalanishga to`g`ri keladi.
Mavzu hajm jihatdan katta va murakkab bo`lsa, tushuntirish-namoyish etish metodini muammoli ta`lim metodi bilan qo`shib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Tanlanayotgan metod ona tili ta`limining asosiy maqsadi va o`rganilishi ko`zda tutilgan mavzuning xususiy maqsadiga muvofiq kelishi shart.
Ona tili darsida yangi mavzu o`rganiladigan bo`lsa, o`tilganlarni xotirada fikrlash orqali o`quvchilardan ijodiylikni talab qiladigan topshiriqlarga ko`proq e`tibor beriladi.
Tanlanayotgan metod o`quvchilarning o`zlashtirishini mustaqil ishlash darajasini, yosh va shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi lozim. O`quvchilarning real o`quv imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning o`zida bir necha metoddan foydalansa bo`ladi. Masalan, o`quvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil egallash jarayonida o`zlashtirish bo`sh o`quvchilar uchun qayta xotiralash va qisman izlanuvchanlik metodlaridan foydalansak, o`zlashtirish darajasi yuqori bo`lgan o`quvchilar uchun ko`proq izlanuvchanlik metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tanlanadigan metod o`quvchilarning yosh xususiyatlariga ham bog`liq. Bolalarning yoshi ulg`aygan sari til materiallari ustida mustaqil ishlash darajasi ham ortib boradi. Quyi sinflarda o`quvchi o`z-o`zini nazorat qilishda ancha qiynalsa, 7-8 sinflarga borib, ularning o`z faoliyatini o`zi nazorat qilishi ortadi. Shuning uchun 5-6-sinflarda o`quv topshiriqlarini bajarish uchun ko`p hollarda namuna ko`rsatishga zaruriyat sezilsa, 7-8-sinflarda ularda ijodiy faoliyat ko`rsatish imkoniyatlari ancha kengayadi va izlanuvchanlikka asoslangan metodlarga tez-tez murojaat qilishga to`g`ri keladi.
Ona tili darslarida qo`llaniladigan metod mavzulararo, bo`limlararo va fanlararo bog`lanishni hisobga olishi lozim. Chunonchi, “Jarangil va jarangsiz undoshlar” mavzusi o`rganilar ekan, o`quvchilar bir vaqtning o`zida ham jarangli va jarangsiz tovush jihatlari ustida ish olib boradilar, har bir so`zga ma`nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma`noli so`zlar izlaydilar. Bunday holatlarda bilimlarni xotirada tiklash izlanuvchanlik metodlari bilan qo`shiladi.
O`quvchilarning orfografik, orfoepik va punktuacion malakalari ustida ishlash ma`lum bir bo`lim doirasida cheklanmaydi. Bu malakalar diyarli har bir ona tili mashg`ulotlarida takomillashtiriladi. Qo`llaniladigan metod ona tili darslari zimmasiga yuklatilgan bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ta`lim metodi ona tilida beriladigan bilimlarning manbaiga ham bog`liq. Agar o`quvchi bilimlarni o`qituvchining jonli so`zidan oladigan bo`lsa, tushuntirish-namoyish etish metodi o`quvchilarning mustaqil ishlashi bilan qo`shiladi, agar bilim berilgan topshiriqlarni bajarish asosida o`rganiladigan bo`lsa, asosan, o`quvch faoliyati bilan bog`liq metodlarga murojaat qilinadi.
Darslikda o`quv materialining induktiv yoki deduktiv usulida berilganligini ham ta`lim metodini tanlashga ta`sir ko`rsatadi. O`quv materiali induktiv usulda berilgan bo`lsa, o`quvchilarning faollik darajasi yuqori bo`ladi.
Tanlanayotgan metod o`quv materialini o`rganish uchun ajratilgan vaqt va o`qituvchining imkoniyatlariga ham muvofiq kelishi lozim. Mavzuni o`rganishga ajratilgan vaqt oz bo`lsa, o`quvchining izlanishiga asoslangan metodlarni qo`llash imkoniyatlari ancha chegaralandi. Bunday hollarda o`qituvchining bayoni evristik suhbat bilan qo`shilgan holda amalga oshiriladi.
Tayanch tushunchalar
“Metod” yunoncha so`z bo`lib, tadqiqot yoki bilish yo`li ma`nolarini ifodalaydi. Bu tushuncha falsafiy va didaktik ma`nolarga ega. Falsafiy ma`noda metod tushunchasi tabiat va jamiyat hodisalarini kuzatish voqelikka ilmiy nuqtai nazardan yondashish demakdir.
Didaktik ma`noda bu tushuncha o`quvchilarni bilim, malaka ko`nikmalar bilan qurollantirishni ifodalaydi.
Yu.K.Babanskiy ta`lim metodlarini 3 katta guruhga bo`ladi:
o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini tashkil etish metodlari:
o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini rag`batlantirish metodlari.
o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.
3. M.N.Skatkin, I.Ya.Lernerlar ta`lim metodlarini 5 guruhga ajratdilar:
1) tushuntirish - namoyish etish metodi;
2) qayta xotirlash metodi;
3) muammoli bayon qilish metodi;
4) qisman izlanuvchanlik;
5) tadqiqot (izlanuvchanlik, ijodiylik).
4. Metodist H.Rustamov tasnifi:
1) o`qituvchi bayoni;
2) suhbat;
3) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
4) grammatik tahlil;
5) mashq;
6) darslik ustida ishlash;
7) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
8) sayohat.
5. Muammoli ta`lim. Ona tili ta`limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda yuzaga keladi.
- noma`lumni izlab topish, qiyinchilikni bartaraf etish zaruriyati tug`ilganda;
- ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo`llash ehtiyoji yuzaga kelganda;
- muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o`rtasida nomutanosiblik vujudga kelganda;
Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratish quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
tilga oid dalillarni tahlilsh qilish asosida muammoli vaziyat yaratish;
til hodisalarini qarama-qarshi qo`yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish;
til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish;
berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib muammoli vaziyat yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |