«ona tili o`qitish metodikasi» fani


-MA`RUZA: ONA TILI TA`LIMI VOSITALARI



Download 2,01 Mb.
bet130/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

5-MA`RUZA: ONA TILI TA`LIMI VOSITALARI
Ona tili dasturn va darsliklarida til materiallarining berilishi dars samaradorligi bilan chambarchas bog’liq masalalardan biridir; Ko’pchilik o’qituvchilarning ona tili mashg’ulotlarini, asosan, dastur va darelik materiallari asosida ko’rishlari va darsda ko’proq ish materiallardan foydalanishlarini nazarda tutadigan bo’lsak, bu masala yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Avvalgi bo’limda aytib o’tganimizdek, ma’lum bir bilimlarni egallash, hosil qilish usuli ona tili mashg’ulotlarida xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ona tili mashg’ulotlaridan asosiy maqsad ma’lum bir ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish bo’lsa, bunda eng samarali usul tahlil (induksiya) usulidir. Tahlil (induksiya) usuli xususiylikdan umumiylikka qarab borish yo’lidir. Ona tili o’qitish metodikasida bu tushuncha o’quzchiga noma’lum bo’lgan til hodisalariii bilib olishda oldingi bilimlarga tayangai holda kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umumlashtirish kabi usullardan foydalanib, qoida, ta’rif, xulosalar chiqarish yo’li­dir. Bu usulning deduktiv usuldan keskyn farqi shun-daki, o’quvchiga mutlaq, qat’iy qoidalar berilmaydi: o’quvchi qoida yodlash bilan shug’ullanmaydi, balki bir qator uxshash va noo’xshash hodisalarni saralab, ular ustida ishlaydi va o’qituvchi hamkorligida saralangan hodisalarni umumlashtiradi.

Ma’lumki, mavjud ta’lim mazmuni, asosan, de­duktiv asosda qurilgan bo’lib, ko’p hollarda umumiy qoida, ta’rif va xulosalardan amaliy ishlarga o’ti­ladi. Masalan, 8- sinf «Ona tili» dareligida «Gap bo’laklarining tartibi» mavzui deduktiv asosda quyidagicha bayon qilingan: Gap bo’laklarining tartibi

Gap bo’laklarining tartibi ikki xil bo’ladi: odatdagi tartib, o’zgargan tartib (inversiya).

Odatdagi tartibda gap bo’laklarining tartibi quyidagicha:

1. Ega (o’z aniqlovchisi bilan) avval, kesim gap­ning oxirida keladi. Yosh havaskorlar to’planadilar.

2. Payt holi egadan avval keladi: Kecha yosh havas­korlar to’plandilar.

3. To’ldiruvchilar (o’z aniqlovchisi bilan) egadan keyin keladi: Kecha yosh xavaskorlar xo’jalik a’zolariga katta konsert ko’rsatdilar.

4. Ravish holi kesimdan avval keladi: Qishloq daraxtlar ichida oppok bo’lib ko’rinadi.

Ayrim gap bo’laklarining qat’iy o’rni bor: sifatlovchi avval, sifatlanmish keyin keladi. Bu tartib o’zgartirilsa, grammatik tuzilishi ham o’zgaradi: to-za havo— Havo toza, qattiq sovuq — Sovuq qattiq.

O`zgargan tartibda gap bo’laklarining odatdagi tartibi boshqacha bo’ladi. Bunda o’qiyotgan yoki tinglayotgan kishining diqqatini o’rni o’zgartirilgan bo’lakka jalb qilish ko’zda tutiladi va hokazo.

Ko’rinib turibdiki, gap bo’laklarining tartibi shu mavzuga oid nazariy bilimlarni bayon qilish hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan misollar keltirishdan iborat bo’lib qolgan.

Til hodisalarini bunday tartibda bayon qilish, shubhasiz, uni tushunish va o’zlashtirishni ancha qiyinlashtiradi, o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir etadi. Chunki bu usul tarkibida o’quvchilarni izlanishga, noma’lumni izlab topishga, ijodiy faoliyat ko’rsatishga undaydigan talablar yo’q.

Induktiv usul tarkibida esa til hodisalarini kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umumlashtirish kabi talablar mavjudligi tufayli o’quvchilar­ning aqliy faoliyati ancha charxlanadi va o’quv materialini tushunish osonlashadi. Bu usulda til hodisalari, asosan, o’quv topshiriqlari shaklida beriladi. Masalan, «Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so’z-lar» (5- sinf) mavzuini olib ko’raylik. Bu mavzu tahlil (induksiya) usulida quyidagi topshiriqlar orqali berilishi mumkin:

Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar. 1. Quyidagi she’riy parchani diqqat bilan o’qib, ma’nosi bir-biriga yaqii so’zlarni aniqlang.

Baxtiyorman, o’n sakkiz bahor Chechaklari yashnar koshimda. Hali yana qancha kuklam bor, Qancha gullar kutar yo’limda.

2. Nuqtalar o’rniga berilgan so’zlarga ma’nodosh so’zlar topib yoziig hamda ularning ma’nolarini izoh-lang:

kiyim, ... ,

vatan, ... ,

bezak, . . . ,

Shunday so’zlar ro’yxatini mustaqil davom ettiring.

3. Nuqtalar o’rniga berilgan so’zlarga zid ma’no­li so’zlar topib qo’ying:

baland—. . . , dust — . . . , qattiq—., . , chiroyli — . . . , shirin—• . . , oq — . . . ,

Zid ma’noli so’zlar ro’yxatini mustaqil davom et­tiring,

4. Yuzi issik, beti issщ, afti issis, istarasi is-sщ, chehrasi issiq., diydori issiq, ruxsori issiq birikmalaridan qaysi birini qo’llash o’rinli bo’ladi? Nega turki issiq yoki basharasi issik deb aytish mum­kin emas? Fikringizning to’g’riligiii qanday asoslaysiz?

5. «Terim pallasida katta-kichik dalaga chikadi» va «To’yga dust xam, dushman ham keladi» gaplaridagi katta-kichik, do’st-dushman so’zlarini shu ma’noni ifo-dalovchi so’zlar bilan almashtiring. Bundan qanday xulosa chiqarsa bo’ladi?

6. Rasmga qarab, ma’nodosh so’zlar doping. Topgan so’zlaringizdan foydalanib matn yarating.

«Ma’nodosh so’zlar» va «qarama-qarshi ma’noli so’zlar» tushunchalariga izoh bering.

7. Darslikdagi «Zumrad va Qimmat» ertagidan Zumraddagi sizga yoqqan yaxshi fazilatlarni va Qim-matdagi sizga yoqmagan yomon tomonlarni qatnashtirib, matn yarating. Unga o’zingiz sarlavha toping.

Til materiallarining induktiv usulda berilishi o’quvchilarning fikrlashi, ijodiy faoliyati uchun yetar-li darajada imkon yaratadi hamda ona tili mashg’ulot-larining foydalilik 'darajasini oshiradi

Ona tili darsliklarida nazariy materiallar in­duktiv asosda turli yo’llar bilan berilishi mumkin. Uning eng qulay yo’llaridan biri nazariyaga oid ma’-lumotlarni o’quv topshirig’i tarkibida beri.shdir. Ma­salan: «Qo’shma otlarning yasalishi» (6- sinf) mavzui-ga oid nazariy materiallar quyidagi topshiriq tar­kibida berilishi mumkin:

Berilgan qo’shma otlarni diqqat bilan o’qing. Ular­ning qanday hosil bo’lganligini izohlang: ko’larra, simyog’och, mingoyoq, tillaqo’ng’iz, xonqizi, yeshiktervatar, Krrako’l, Rahlyuiqul, Roziyasulton, Toshpo’lat.

Qo’shma so’zlarning qanday hosil bo’lganligiga qa-rab quyidagi guruhlarga. ajrating:

Ot bilan otdan: Sifat bilan otdan: Ot bilan sifatdan: Son bilan otDan: -Ot bilan fe’ldan:

So’z guruhlarini mustaqil davom ettiring.

Esda tuting: biror belgisiga ko’ra atalgan joy nomlari ham ko’pincha qo’shma ot orqali ifodalanadi. Masalan, yangi qishloq — qanday qishloq?— Yangiqish-los—nim a?

Topshiriq: qatorlarni mustaqil davom ettiring:.

So’zbirikmasi: Joy nomlari:

yangi yer Yangiyer

uch quduq Uchquduq

qizil tepa Qiziltepa

Tuzgan so’z birikmalaringiz va joy iomlarini qo’l lab, gaplar tuzing. Bunday joy nomlari qo’shib, bosh harf bilan yoziladi.

Tilga oid nazariy ma’lumotlarni mashqning shar-tida bersa ham bo’ladi. Masalan, «Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar» (6- siyf) mavzuini quyidagi topshiriq bilan boshlash mumkin.

1. Sinfdosh, pudratchi, chorvador, hisobchi, suhbat-dosh, zargar, paxtakor so’zlarini o’zak va qo’shimchalar-ga ajrating. Qo’shimchalar o’zakka qanday yangi ma’no berishini izohlaig-

2. Quyidagi so’zlarni shaxe ma’iosini ifodalovchi qo’shimchalarga ko’ra guruhlang: vatandosh, pillachi, o’qituvchi, mehnatkash, tilshunos, bog’bon, andijonlik, maslakdosh, podabon, sharqshunos, aravakash, sotuvchi, suvchi, toshkentlik.

So’zlarni quyidagi guruhlarga ajrating:

1) shaxesh-shg biror kasb yoki ish bilan shug’ullani-shini anglatuvchi otlar:

2) birgalik va yaqinlik ma’nosini anglatuvchi ot­lar;

3) istiqomat joyini anglatuvchi otlar.

Har bir guruhdagi so’zlarni mustaqil davom etti­ring.

Topshiriqni bajarish natijasida o’quvchilar shaxe oti yasovchi qo’shimchalarning ma’no guruhlarini ham bilib oladilar.

Dastur va darsliklarda til materiallarini berishning yana qulay yo’li ularni yiriklashtirishdir. Ma’lumki, mavjud dastur va dareliklarda til hodi-salari haddan tashqari maydalashtirib berilganligi tufayli o’quvchi deyarli har bir soat dare mashg’ulotida yangi mavzuga duch keladi. Bir paradigmani tashkil etgan til hodisalarining bunday maydalashtirilishi uni o’rganish imkoniyatlarini ancha qiyinlashtirishi tabiiy. Bu holning oldini olish choralaridan biri til materiallarini yiriklashtirishdir. Pedagogika fani uchun o’quv materialini yiriklashtirish g’oyasi yangilik emas, albatta. 70-yillarda L. M. Erdniyev va V. P. Erdniyevlar matematikadan o’quv materiallarini yi­riklashtirish g’oyasini o’rtaga tashlagan edilar1. Bu g’oya donesklik tajribakor matematika o’qituvchisi V. F. Shatalov hamda kiyevlik olim A. M. Belyayev to-monidan zam keng qo’llab-quvvatlandi2. Ular dareda o’quv materialini yirik qismlarda, hatto 3-4 para-grafni birdaniga berishni tavsiya qiladilar.

Didaktik adabiyotlarda bu masalada ayrim qarama-qarshi fikrlar ham uchraydi. Masalan, T. I. Shamova o’quv materialini yiriklashtirish g’oyasiga qarshi chi-qadi3. Uning fikricha, bu usul material mazmunini qashshoqlashtirishga olib kelar emish.

Biz ham o’quv materiallarini sun’iy yiriklashti-rishga qarshimiz. Ta’limni to’laligicha shu asosda qu-rish faqat uning mazmunini qashshoqlashtirib qol-Maydi, o’zlashtirishni ham qiyinlashtiradi. Chunki o’quvchi, birinchidan, hajm jihatidan katta material-ni bir soatda qabul qilish imkoniyatiga ega emas. Ik-kinchidan, hajm jihatidan bunday katta materialni o’rganishda o’quvchilarning mustaqil shshtiship tщt IL etish imkoniyatlari ancha murakkablashadi. Ayni vaqtda bu usuldan tamomyala voz kechshi mumkin emas.

Ma’lumki, til hodisalarining hammlsp bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, yagopa bir tizimni tashkil etadi. Ana shu bir butun tizim ichidv ham ayrim til hodisalari mavjudki, ular faqat bpr-ga o’rganilsagina samarali bo’ladi. Shunday materiallar sirasiga jarangli va jarangsmz undoshlar va ularning yozuvda ifodalanishi: egalik qo’shimchalari na ul'arning yozilishi; o’tgan zamon fe1ellari, yaqii o’tgap zamon fe’li, uzoq o’tgan zamon fe’li, o’tgan zamon da-yoom fe’li, o’tgan zamon hikoya fe’li; hozirgi zamon fe’llari; hozirgi zamon davom fe’li, hozirgi—kelasi zamon fe’li; kelasi zamon fe’llari kabilarni kiritish mumkin. Maktab ona tili kursida buiday mate-riallar qariyb 20 foizni tashkil etadi.

2. Bir-biridan keskin farq qiladigan til hodisa-larini yiriklashtirish. Bunday mavzular ham ona ti­li kursida talaygina qismni tashkil etadi. Masalay, «Umumxalq ishlatadigan va umumxalq ishlatmaydigan so’zlar», «Yangi paydo bo’lgan va eskirgan so’zlar» (5-sinf), «Tub va yasama ot», «Sodda son va qo’shma son» (b-sinf), «Tub ravish va yasama ravish» (7-sinf):, «Shaxsi ma’lum gap, shaxsi noma’lum gai» (8- sinf) kabi mavzularni shunday mavzular jumlasiga kiritsa bo’ladi.

Til materiallarini yiriklashtirish faqat vahtni iqtisod qilib qolmaydi, balki ona tili mashg’ulotla-rida kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umum-lashtirish kabi aqliy faoliyat usullarini ishga so-lish imkoniyatini yaratadi. Bu esa turli xil hodisa-lar mohiyatini chuqurroq o’rganishga, bir-biriga yaqin hodisalarni nutqda to’g’ri ishlatish ko’nikmalarini chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Dastur va darsliklarda til materiallarini be-rishning samarali usullaridan yana biri mavzulararo, sathlararo va fanlararo bog’lanishdir, u ona tili o’qitishning eng muhim talablaridan biri bo’lib, u av-valo ta’lim mazmuni orqali ro’yobga chiqadi.

Ona tili fani ichidagi bog’lanish ikki ko’rinishga ega: yuqoridan pastga qarab bog’lanish, pastdan yuqori-ga qarab bog’lanish.

Bog’lanishning birinchi ko’rinishi o’rganilayotgan til hodisasining oldin o’rganilgan til hodisalari bilan bog’lanishini taqozo etsa, ikkinchisi o’rganilayotgan nar-salarni kelajakda o’rganiladigan iarsalar bilan bog’lashni talab etadi. Bog’lanishning bu har ikkala ko’rinishi ham tilni yaxlit o’rganishni ta’minlaydi.

Ma’lumki, ona tilidan ilk zarur ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda beriladi. O`quvchilarga foneti-kadan: unli va undosh tovushlar, tovush, harf, unli va undosh harflar, yumshatish va ayirish belgilari, ja­rangli va jarangsiz undoshlar, ularniig yozuvda ifo­dalanishi, talaffuzda tushib qoladigan undoshlar, ketma-ket kelgan bir xil undoshlar; leksikologiyadan: ma’nodosh so’zlar, qarama-qarshi ma’noli so’zlar; so’z tarkibidan: o’zak va o’zakdosh so’zlar, so’z yasovchi qo’-shimchalar, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar; morfologiya-dan: ot, sifat, fe’l; sintaksisdan: darak, so’roq, buy-, ruq, undov gaplar, bosh bo’laklar, ikkinchi darajali I bo’laklar, gapda so’zlarning bog’lanishi kabi ma’lu-motlarni oladilar. 5- sinfda ona tili izchil kursiga kirish va bu kursning o’zi avvalo shu materiallarga tayanadi. Ona tili izchil kursi fonetika, leksikolo-' giya, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis va uslubiyat-ni o’z ichiga oladi. Ular o’zaro chambarchas bog’liq bo’­lib, bir yaxlitlikni tashkil etadi. Leksikologiya boshlang’ich sinflarda o’rganilganlarga hamda izchil kursga kirishga, fonetikaga tayanib ish kursa, morfo­logiya yuqorida sanalganlar bilan bir qatorda leksy-kologiyani, sintaksis esa ularning barchasini qamrab oladi.

O’rganilayotgan til hodisalari kelajakda o’rgani­ladigan til hodisalariga zamin hozirlashi lozim. Fo­netika o’rganilar ekan, ma’lum bir tovush (harf) bi­lan farqlanuvchi so’zlar hosil qilish va ularning ma’nolari ustida ishlash, berilgan so’zlarda undosh-larni juftlari bilan almashtirish (masalan, bob-bop, til-dil va h. k.) hamda ularni nutqda qo’llash, tovushlarni cho’zish orqali so’zlarga yangi ma’no bo’yog’i berish yoki morfologiyani o’rganishda kelishikli biriq-malarni ko’makchili birikmalarga aylantirish, «qa-ratqich-qaralmish» modelli so’z birikmalari ustida ishlash, berilgan qo’shma so’zlarni so’z birikmalariga aylantirish (paxtagul paxta guli, boshog’rщ bosh og’rig’i, gulbozor gul bozori kabi), so’z birikmalari va qo’shma so’zlarning ma’nosini izohlash (oq qush oqqush, ko’k tosh ko’ktosh, besh barmoq beshbarmoq kabi), gaplarda tuslangan fe’llarni tuslanmagan fe’llar bilan almashtirish (o’qituvchi keldi va dare boshlandi: o’qituvchi kelgach, dare boshlandi kabi), hara-kat nomi birikmalari ham bunday birikmalarning gap-da ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi va kesim vazifasi-da kelishi ustida ishlash, gaplarni harakat nomi birikmalariga va birikmalarni gaplarga aylantirish. (Baz ishonamizki, mustaqil O`zbekiston jumhuriyati peshqadam mamlakatlar safidan o’rin oladimusta­vil O`zbekistan jumhuriyatining peshqadam mamlakat­lar safidan o’rin olishiga biz ishonamiz kabi), gaplar­ni sifatdosh birikmalarga aylantirish kabi ishlar sintaksisni o’rganish uchuy zamin hozirlaydi.

Ona tili mashg’ulotlarining samaradorligi ko’p ji-hatdan so’zning ma’nosi va shakli, grammatik katego-riyalar va ularning nutqda- ifodalanishi o’rtasidagi bog’lanishlarga bog’liq bo’ladi. Ammo, afsuski, amaldagy mavjud dastur va dareliklarda bu bog’lanishlar to’la hisobga olingan emas. Til hodisalarining na-zariy talqini asosiy o’rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, uzbek adabiy ti-lining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish ma-salalari uning soyasida qolib ketgan.

Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bu holning oldiii olish choralaridan biri uzbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasini seman­tika va amaliy uslubiyat bilai bog’lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilniig barcha bo’limlari qulay imkoniyatlarga ega.

«Fonetika»ni o’rganishda o’quvchilar ko’p-roq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so’zlar hosil qi-lish, hosil qilingan so’zlarning ma’iolari ustida ish­lash, u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqla-nuvchi so’zlar topish va ularning ma’nolarini izoh­lash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro’yxatini tuzit

(masalan, birinchi bo’g’inida u, o’, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush urish, tushum tushim kabi so’z­lar); berilgan so’zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so’zlar hosil qilish, mahal-liy shevada talaffuzi adabiy tilda farhlanuvchi so’z­lar lug’atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o’kish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho’zish-dan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg’ulotlari­ning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

«Leksikologiya»ni o’rganishda so’zning o’z va ko’chma ma’nolarini izohlash; ma’nodosh so’zlar orasidagi farqlarni sharhlash, keng iste’moldagi so’zlarni (ma­salan, katta, siziq, begona, kimsasiz, shars kabi) ba-diiy xususiyatga ega bo’lgan so’zlarga (masalan, ulkan, ajib, g’aroyib, g’arib, mashris kabi) almashtirish, be­rilgan so’zlarga (daraxt, ot kabi) uyadosh so’zlar (te-rak, qayin, qayrag’och; to’riq, qashqa, oyuiyron, qorabayir kabi) topish, ularning ma’no va qo’llaiishi ustida ishlash; qarama-qarshi ma’noli so’zlarning ma’nola­rini izohlash; shakldosh so’zlar bilan so’z o’yinlari tashkil etish, paronim so’zlar ro’yxatini tuzish; umum-xalq ko’p ishlatadigan va kam ishlatadigan so’zlarni guruhlarga ajratish, bolaga tanish va yahin bo’lgan kasb-hunarga oid. so’zlar lug’atini tuzish va ular ish-tirokida matn yaratish; matematika, botanika kabi dareliklardai olingan ilmiy matnlarda shu fanga xos atamalarni ajratish va izohlash; berilgan so’z­larga ma’nodosh iboralar topish; narsa, buyum, vokea-hodisalarning badiiy tasvirini yaratish; ayni bir narsa, buyum hamda voqyea-hodisani ham ilmiy, ham ba­diiy tasvirlash, tabiat manzarasi (bog’, sahro, dala, o’rmon, tog’ va hokazolarning tasvirini yaratish kabi) ishlar o’ta foydalidir.

«Morfologiya» dan so’z turkumlarini o’rganishda be­rilgan so’zlarni ma’no guruhlariga ajratish va so’z­larni mustaqil davom ettirish (masalan, fe’lni o’r­ganishda murur fe’llari, natijali faoliyat fe’llari, nutq fe’llari, holat fe’llari); noma’lum bir guruh-dagi so’zlar lug’atini tuzish, so’z yasovchi va so’z o’zgar-tiruvchi qo’shimchalarning sinonimlarini aniqlash (masalan, sifatni o’rganishda -gi, -ki, -qi qo’shimcha-larining -dagi qo’shimchasi bilan vazifadoshligi (pastki, pastdagi kabi); turli qolipdagi so’zlar usti-da ishlash (masalan, sonni o’rganishda «bir + ot + -lar», fe’lni o’rganishda «-moqchi + bo’lmoq», «-ar+bo’lmoq» kabi), ma’lum bir qo’shimchalar bilan kelgan so’zlar lug’atini tuzish, berilgan so’zlarii ularning ma’no-doshlari, uyadoshlari va qarama-qarshi ma’iolari bi­lan almashtirish; ma’lum bir so’z turkumiga oid so’z-lardan ikkinchi bir so’z turkumiga taalluqli so’zlar hosil qilish, gap qurilishining morfologiya bilan bog’­liq tomonlari ustida ishlash; berilgan ta'yan'ch so’zlar, rayem yoki taassurotlar asosida matn yaratish, gap yoki matniing mazmunini saqlagan holda shakliii o’zgarti-rish, matnni qisqartirish va kengaytirish, xalq ma-qollari va hikmatli so’zlar ustida ishlash, olingan "badiiy asar namunalarining morfologik xususiyatla-rini tahlil qilish; ish qog’ozlari ustida ishlash, ifo-dali o’qish kabi ishlar ancha foydali bo’lib, ona tili mashrulotlarining samaradorligiga juda katta ijo-biy ta’sir ko’rsatadi.

Sintaksisni o’rganishda gapning markazi — kesimni topish va undan savol berish orqali gapni kengayti­rish, so’z va ularning qo’shimchalarini ma’nodoshlari •bilan almashtirib, gaplarni o’zgartirish, yig’iq gap­larni yoyiq gaplarga va yoyiq gaplarni yig’iq. gaplarga aylantirish, so’zlardan so’z birikmasi hosil qilish, kelishikli birikmani ko’makchili birikmalarga aylan­tirish, kengaytirilgan birikmalar hosil qilish, qo’sh-ma gaplar va ko’chirma gaplarni kengaytirilgan birik-mali sodda gaplarga (va aksincha) aylantirish, matnda berilgan sodda va qo’shma gaplarning oxirida nuqta, so’roq, uidov, so’roq — undov, ikki undov, ko’p nuqta-ning ishlatilish sabablarini izohlash va iutqda mus-taqil ravishda ularni qo’llash, uyushiq gaplarni ken­gaytirilgan birikmalarga aylantirish (masalan: Hamma biladiki, biz tinchlik istaymiz, xalщmiz tiichlik uchun kurashadi.Bizning tinchlik istashimiz-ii, xalkimizning tinchlik uchun kurashishini hamma bi-ladi), sodda gaplarni qo’shma gaplarga (va aksincha), qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish; jonli so’zlashuv uslubi, rasmiy idoraviy uslub, ilmiy uslub, badiiy uslub, publisistik uslublarda matnlar yara­tish; ish qog’ozlari ustida ishlash; badiiy asarning til xususiyatlarini tahlil qilish, nutqning to’g’riligi,

aniqligi, boy va rang-'barangligi, ifodaliligi, qis-qaligi yuzasidan olib boriladigan ishlar ona tili mashg’ulotlarining foydalilik darajasini oshiradi.

Demak, uzbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasiga oid materiallarni semantika va us-lubiyat bilan bog’liq holda berish o’quvchilarning so’z boyligini oshiradi, nutqda so’zdan to’g’ri va o’rinli foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, fikrni og’zaki va yozma shakllarda maqsadga muvofiq ravishda to’g’ri va ravon ifodalash ko’iikmalarini rivojlantn-radi. Ona tili ta’limining samaradorligi ko’p jihatdan fanlararo bog’lanishlardan unumli foyda-lanishgz ham bog’liq. Ma’lumki, til hodisalari ko’p jihatlari bilan boshqa fanlarga kelib taqaladi. Masalan, so’zning tarixiii bilish uchun tarix faniga murojaat qilsak, til hodisalariii taqqoslash uchun bola yashab turgan miitaqa aholisi foydalanayotgan asosiy til (masalan, tojik, turkman, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz tillari va h. k.) yoki u maktabda o’rgana-digan boshqa tillar (rus tili, chet tili kabi) ga muro­jaat qilamiz. Nutq uslublarini bilish uchun esa ada-biyot (badiiy uslub), tarix (rasmiy-idoraviy, ilmiy uslub), matematika (ilmiy uslub) kabi fanlarga mu­rojaat qilishga to’g’ri keladi.

Ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasini shart-li ravishda uch guruhga ajratish mumkin:

1) Tilning asosiy materiali — tovush, so’z, so’z bi-rikmalari va iboralarining kelib chiqish tarixiga oid ma’lumotlar. Ma’lumki, uzbek tili va uzbek xal-qining tarixi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’l-gan tushunchalardir. Xalq tarixida ro’y beradigan o’zgarishlar tilga ta’sir etmay iloji yo’q. Bu ta’sir avvalo tilning lug’at tarkibida ko’rinadi va asta-sekin tilning boshqa sathlariga ham o’tadi. Tarixiy o’z­garishlar natijasida yangi so’zlarning paydo bo’lishi, qo’llanilayotgan so’zlarning yangi ma’no nozikliklari kasb etshpi yoki tilda morfologik va sintaktik qurilishning takomillashib borinsh tabiiydir. So’z birik­masi va iboralarning kelib chiqishi, etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar ta’lim mazmunining bolalar uchun kiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.

2) Tillarii qiyoslagaga oid ma’lumotlar. Ayniqsa, ikki tillilik va ko’p tillilik sharoitida bunday ma’lumotlar o’ta muhimdir. Turkiy tillar yoki barcha tillar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar haqida ma’lumotlar berish o’quvchilar-ning til hodisalariga bo’lgan qiziqishini oshiradi.

3) Maktabda o’rganiladigan boshqa fanlardan olin-gan ma’lumotlar. Bu ma’lumotlar til hodisalarining amalda qo’llanilishini ko’rsatish uchun nihoyatda mu-himdir. Biz boshqa fanlardan olingan ma’lumotlar-dan foydalanib, o’quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish imkoniyatiga egamiz. Uquvchilar badiiy uslubni adabiyot orqali, ilmiy uslubni biologiya, kimyo, fizika, matematika orqali, ish qog’ozlari uslu-biny huquq asoslari faplaridan oliigan materiallar asosida o’rganadilar. Ona tili mashg’ulotlarida o’quv-chilar shu fanlardan olingan ilmiy matnlarni badiiy tasvirlashlari, bu matnlarni nutq uslublari nuqtai nazaridan tahlil qilishlari, ularning til xususiyat-lari ustida ishlashlari mumkin.

Ona tili ta’limida fanlararo, bog’lanish prinsi-pini muvaffaqiyatli qo’llash uchun, avvalo, maktab ona tili dasturlari bilan bog’lanishi zarur bo’lgan mate-riallarni ko’rsatish, darsliklarda esa ularni amalda qo’llash uchun o’quv topshiriqlari tizimini ishlab chi-qish zarur choralardan biri sanaladi.

Ona tili ta’limining samaradorligini oshirish choralaridan biri o’quvchi yashab turgan mahalliy o’lka materiallaridan foydalanishdir. Jonajon o’lka hayo-ti, uning o’tmishi, buguni va ertasi, odamlari, ular­ning urf-odatlari, an’analari, til xususiyatlari ona tili mashg’ulotlari uchun boy material bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun til hodisalari o’lka materiallari bilan qanchalik uyg’unlashsa, dars samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.

Ona tili mashg’ulotlarida mahalliy o’lka material­laridan foydalanib, o’quvchilar bilan yozma va og’zaki javoblar tashkil etish, o’rganilayotgan mavzu talabiga muvofiq so’z, so’z birikmasi, ibora va tasviriy ifo-dalar tanlash, matnlar yaratish mumkin. Masalan, ot so’z turkumini o’rganishda bola yashab turgan tevarak-atrofdagi joy nomlari ro’yxatini tuzish va ularning etimologiyasi ustida ishlash, mavjud mintaqadagi kasb-hunarni ifodalovchi so’zlarni to’y-tomosha, tan-tana, aza marosimlari nomlariga ajratish va hosil bo’lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish. «Bizning xo’jaligimiz», «Men yashab turgan joy», «Qishlog’imiz

tarixi», «Xo’jaligimiz tarixi» va h. k. mavzularda matnlar yaratish kabi ishlardan unumli foydalansa bo’ladi.

O`lka materiallari odatda mahalliy gazeta va jur-nallardan tanlanishi yoki o’qituvchi tomonidan tuzi-lishi mumkin. Tanlangan yoki tuzilgan bu materiallar dastur va darelik materiallariga muvofiq kelishi, ularni to’ldirishi va takomillashtirishi shart.

Xullas, til materiallarining mazmuni, ularning dastur va darsliklarda berilishi ta’lim samarador-ligiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Til ma-teriallarini induktiv asosda berish, ularni yirik-lashtirilgan holatda o’rganish, uzbek tilining fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasini semantika va uslubiyat bilan yaqin aloqadorlikda o’rganish, bo’-limlararo va fanlararo bog’lanishlarga qat’iy amal qilish, til materiallarini o’lka materiallari bilan bog’liq holda berish o’quvchilarning oma tili faniga bo’lgan qiziqishini oshiradi hamda ularning bu fanni o’rganish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.

6-MA`RUZA: MAKTABDA ONA TILI SATHLARINI O`QITISH METODIKASI




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish