Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish. Til hodisalarini kuzatish tahlilning samarali shakli sanaladi. Bu usul yordamida muammoli vaziyat yaratish uchun o`quvchilardagi mavjud bilimlarga asoslanib, noma`lum muammoni aniqlashni ularning o`zlariga toptirish mumkin. Masalan, “Nutq tovushlari va ularning hosil bo`lishi” mavzusini o`tishda tahlil uchun quyidagi topshiriqlar o`quvchilar hukmiga havola etiladi va muammoli vaziyat yaratiladi:
Har biringiz nutq tovushlarini hosil qilib ko`ring.
Nutq tovushlarini hosil qilishda faol ishtirok etgan nutq uzvlarini sanang. Nega ular faol nutq tovushlari ekanligini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |