Tadqiqot (ijodiylik) metodi. Bu metod o`quvchidan to`la ijodiylikni talab etadi. Yangi bilimlar olish maqsadida o`quvchi o`zi masala tuzishi va uni to`la mustaqil ravishda hal qilish yo`llarini izlaydi. O`qituvchi yordamisiz, yoki namunaga asoslanmagan holda bajariladi.
Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o`quvchilarning bilish faoliyatini bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o`quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o`quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari bo`lishi zarurligiga e`tibor berilgan.
Yuqorida berilgan tasniflar ta`limning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqib, barcha fanlarni o`qitishga bevosita aloqador metodlar sanaladi.
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili o`qitish metodikasi ham o`qitishning barcha masalalari qatori ta`lim metodlarini tanlashda mumudidaktik sistemaga asoslanilsa-da, ammo uning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari ham mavjud.
Ona tili o`qitish metodikasida ta`lim metodlari kam o`rganilgan masalalardan biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, oan tili o`qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi:
a) o`qituvchining bayoni;
b) suhbat;
s) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
d) grammatik tahlil;
e) mashq;
f) darslik ustida ishlash;
g) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
h) sayohat.
Bu metodlar, birinchidan, qayta xotirlashga asoslangan metodlar bo`lib, ular o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o`stirishga to`la muvofiq kelmaydi. Bu metodlarda, asosan, o`qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta`lim jarayonining sub`ekti sanalgan o`quvchi e`tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda o`quvchilarda izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman o`z ifodasini topmay qolgan.
Ma`lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo`lib, unda o`quvchi ham, o`qituvchi ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun o`qitish metodlarini tasnif qilishga nafaqat o`qituvchi faoliyati, balki o`quvchi faoliyati ham asos bo`lib xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslari qo`llaniladigan o`qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o`quvchilarning mustaqil bilim olishi ham hisobga olishi, ta`lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo`shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo`lsa, ta`lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo`ladi;
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar.
O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar.
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarni:
Bilimlarni tayyor holda bayon etish;
Bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo`ladi.
O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar o`z navbatida qayta xotiralash, qisman izlanuvchanlik va izlanishga asoslangan metodlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |