Ishlash, ko`rish, o`lchash mumkin bo`lgan predmetlarning nomi
|
Qo`shimchasi
|
Ishlash, ko`rish, o`lchash mumkin bo`lmagan predmetlarning nomi
|
Qo`shimchasi
|
avtobus
ishchi
zavod
mahsulot
|
- -
- chi
- -
- -
|
xushmuomalalik
isrofgarchilik
oqim
tuyg`u
|
- lik
- lik
- -
- -
|
Aniq otlar ma`no guruhlariga ajratib o`qitiladi. O`qituvchilar 6-sinfda aniq otlarni: shaxs otlari, o`rin-joy otlari, kasb-hunarni atovchi otlar, shaxsni boshqa jihatlariga ko`ra atovchi otlari, modda-ma`dan, xoshashyo otlari kabi guruhlarga ajratib, ular ustida alohida-alohida ish olib boradilar.
O`quvchilarning so`z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o`rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so`zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o`quvchilar lug`atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so`zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so`zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o`quvchilari so`z dovrug`i, g`alabasi, to`yi, yigitlari, qizlari kabi so`zlarni topib qo`shib, maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so`z birikmalari hosil qiladilar.
Tobe so`z sifatida ma`nodosh uyadosh, qarama-qarshi ma`noli so`zlar ham tanlanishi mumkin. Masalan,
Aqlli (beaql) Kunjutli
Chaqqon (dangasa) Shirmoy
Yuvosh (sho`x) Patir
Odobli (odobsiz) bola Gijda non
Kelishgan (xunuk) Obi
Qat`iy (loqayd) Kulcha
O`quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug`diradigan muammolardan biri qo`shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o`rganishda berilgan so`z birikmalaridan joy nomlari hosil qilish (mas., qora ko`l-qorako`l, yangi er-yangier, etti o`g`il-ettio`g`il, ko`hna machit-Ko`hnamachit, katta qo`rg`on-Kattaqo`rg`on v.h.) qo`shma so`zlarni so`z birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog`riq-bosh og`rig`i, badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog`i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo`shma so`zlar lug`atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o`zlashtirishini ta`minlaydi.
Juft otlar masalasi ham ancha murakkab masalalardan biri bo`lib, juft so`zlarni ular orasidagi ma`no munosabatlariga ko`ra uyadosh so`zlar (aka, -uka, ota-ona, ko`z-quloq, og`iz-burun, tog`a-jiyan v.h.) ma`nodosh so`zlar (uy-joy, shirin-sharbat, kuch-quvvat, baxt-saodat, tog`u-tosh, makr-hiyla v.h.) qarama-qarshi ma`noli so`zlar (do`st-dushman, kecha-kunduz) singari guruhlarga ajratish, faqat bitta tovushning o`zgarishi bilan takrorlanadigan bug`doy-mug`doy, ko`rpa-mo`rpa, choy-poy, osh-posh, paxta-maxta singari juft so`zlarning ma`nosini sharhlash singari topshiriqlardan foydalansa bo`ladi.
Ma`lumki, o`quvchilar o`z nutqlarida kichraytirish, erkalash otlaridan unumli foydalana olmaydilar. O`zbek milliy an`analari qayta jonlanayotgan, o`z mavqeini tiklayotgan bir davrda bu qo`shimchalar alohida kasb etadi. Buning boisi shundaki, yuksak madaniyatli o`zbek ziyolilari oilalari azaldan bolalarga, ota-onaga, qavm-qarindoshlarga umuman suhbatdoshlarga yuksak hurmat bilan murojaat etish shaxsning o`z-o`ziga bo`lgan hurmat belgisi bo`lgan. Shuning uchun o`zini hurmat qilgan shaxs suhbatdoshini hech qachon sensiramas, murojaat so`zlarni, atoqli so`zlarni erkalash, hurmat qo`shimchalarisiz ishlatmas edi. So`zlovchi shaxs ma`naviy, madaniy jihatdan qancha boy bo`lsa, uning kichiklarga, tobelarga murojaati shuncha samimiy va latofatli bo`lgan. Bu badiiy adabiyotimizda onda-sonda bo`lsa ham uchrab turadi. Yozuvchi Pirimiqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida Mirzo Boburning ashaddiy dushmani Shayboniyxonning o`g`li, to`g`ishgan opasining farzandi Xurramshox bilan suhbat sahnasi, Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” romanida Yusufbek Xojining o`g`li, xotini, kelinlari, xizmatkori bilan suhbat sahnalari buning misoli bo`la oladi. Bunday shirin muomala har bir madaniyatli o`zbek oilasi uchun xos xususiyatdir. Buni erkalash, kuchaytirish qo`shimchalarining qo`llanilishi doirasini kengaytirish orqali amalga oshirsa bo`ladi. Shu sababli, “Ot” so`z turkumini o`rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi lozim.
“Sifat” so`z turkumini o`qitish. Sifat, uning lug`aviy shakllari, yasalishi 6-sinfda o`rganiladi. Ammo bu so`z turukmiga oid dastlabki ma`lumotlar boshlang`ich sinflarda berilganligini inobatga olib, mazkur so`z turkumini o`rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni o`quvchilar xotirasida tiklash bilan boshlanadi. Berilgan so`z birikmalarini o`qish, qanday?, qanqa?, qachongi?, kabi so`roqlarni qabul qiluvchi so`zlarni aniqlash, shu so`zlarni imkoniyat darajasida ularning ma`nodoshi bilan almashtirib so`z birikmalari hosil qilish (mas., bahorgi ish-ko`klamgi ish), shaxs va narsa-hodisalarni belgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta`mi, xususiyati, hajm-shakli)ni ifodalovchi so`zlarni ruyxat qilish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish, matnni o`qib, shunday so`zlarni aniqlash singari topshiriqlar “Sifat” so`z turukumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida tiklashga xizmat qiladi.
Shundan so`ng o`quvchilar e`tibori tub va yasama sifatlarga qaratiladi. O`quvchilar berilgan chifatlarni tub va yasamalarga ajratadilar; yasama sifatlarda sifat yasovchi qo`shimchalar yordamida qo`shimchadosh so`zlar hosil qiladilar; ularning imlosi ustida ish olib boradilar.
“Sifat” so`z turkumini o`rganishda o`ta muhim masalardan biri qo`shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o`rganishda “Ot-fe`l-ar”, “sifat-fe`l-ar”, “son-fe`l-ar” qolipli hosilalar ustida ishlash (mas., muzyorar, ertapishar, beshotar), “Imlo lug`ati”dan bu sifatlarni ajratib yozish, bitta tushunchani, belgini ifodalab kelgan “ot-ot”, “sifat-ot” qolipli qo`shma sifatlar (mas., bodomqovoq, sarvqomat, ko`kko`z, qorasoch, oq ko`ngil) ustida ishlash; tarkibida nim, yarim, umum-aro, rang so`zlari bo`lgan qo`shma sifatlar ruyxatini davom ettirish; berilgan juft sifatlarni qarama-qarshi ma`noli so`zlar bilan almashtirish, juft va takroriy sifatlar ruyxatini tuzish; ular orasida chiziqchaning qo`yilishi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shundan so`ng o`quvchilar asliy va nisbiy sifatlar hamda asliy sifat darajalari bilan tanishadilar. Asliy va nisbiy sifatlar so`z o`zagiga-roq qo`shimchasini erkin qabul qila olishi va qabul qila olmasligiga qarab farqlanadi. O`quvchilar berilgan sifatlarga –roq qo`shimchasini qo`shib, bu qo`shimchani erkin qabul qiladigan sifatlarni asliy va bu qo`shimchalarni qabul qila olmaydiganlarini nisbiy sifatlarga ajratadilar hamda umumlashma hosil qiladilar.
“Asliy sifat darajalari” mavzusini o`rganishda o`quvchilar asliy sifatlar belgining ko`lamini ifodalab kelishiga ko`ra: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja kabi uch guruhga ajralishini, ularning hosil bo`lishini, ma`nosi, imlosi va talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o`rganish jarayonida oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar ro`yxatini tuzish, ularning ma`nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi qo`shimchalarning o`zaro sinonimlik munosabatga kirishishi kabi ijodiy-amaliy ishlardan foydalansa bo`ladi. Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda –roq qo`shimchalarini shunga yaqin ma`no anglatuvchi –ish, mtir, -imtir, qo`shimchalari, bozor so`zi bilan almashtirish (mas., qoraroq-qoramtir-biroz qora, qizilroq-qizg`ish-biroz qizil), orttirma daraja hosil qilgan ma`lum bir vosita (mas., eng) o`rnida shu ma`noni beruvchi boshqa vositani (mas., juda, g`oyat, nihoyat, behad, cheksiz, g`oyatda, nihoyatda) qo`llash sifat yasovchi qo`shimchalarini uning sinonimalri bilan almashtirish (mas., -li ba –mazali bamaza –li –digan) (mas., yoqimli-yoqadigan, ajablanarli-ajablanadigan –li –lik) (mas., chiroyli-chiroylik –lik –dor, -kor) (mas., aybli –aybdor, gunohli- gunohkor –gi –ki, ki, -dagi) (mas., pastki-pastdagi, kuzgi-kuzdagi –k, uk, -ik, -ak, -aq, -gan) (mas., chirik-chirigan, siniq singan –kir, -gir, gir, -kir, -agon) (mas., chopqir-chopog`on, topqir-topog`on sinonim so`zlarning mavjud antonimlarini topish) (mas., aqlli-beaql-aqlsiz, mazali-bemaza-mazasiz) kabi ishlar o`quvchilar nutqini rivojlantirishda o`ta muhimdir.
Dastur talabiga ko`ra asliy sifatlarning kuchaytirma shakli va asliy sifatlarning ozaytirma shakli ustida alohida-alohida ish olib borish ko`zda tutilgan.
O`quvchilarning sifatlarning ma`no guruhlari bilan tanishtirar ekan, asosiy e`tibor rang-tus sifatlari (qo`ng`ir, pushti, jigarrang, ko`kish, sarg`ish, v.h.) maza-tam sifatlari (mas., achchiq, nordon, taxir, chuchuk, shirin, asaldek, tilyorar v.h.) xususiyat bildiruvchi sifatlar (mas., sodda, sho`x, quvnoq, kamtar, ayiqsimon, bo`ydor, andishali v.h.) holat bildiruvchi sifatlar (mas., xursand, ho`l, issiq, navqiron, uyg`oq v.h.) shakl (ko`lam) sifatlari (mas., baland, dumboq, uzun, beso`naqay, xushbichim v.h.) hid bildiruvchi sifatlar (mas., muattar, qo`lansa, xushbo`y, badbo`y v.h.) miqdor sifatlari (ko`p, mo`l, oz, serob, kamchil v.h.) ruyxat qilish, ularning ma`no nozikligi ustida ishlash sifatlarining har bir ma`no guruhlari ishtirokida so`z birikmalari va gaplar hosil qilish, belgining oshib borishiga qarab sifatlarni birin - ketin joylashtirish, sifatlarga ma`nodosh va zid ma`noli so`zlar topish singari –ijodiy –amaliy ishlarni bajaradilar. Mazkur so`z turkumini o`rganish “Ranglar jilosi” ma`rifiy matni (darslikning 135-betida) ustida ishlash bilan yakunlanadi. O`quvchilar qadim-qadimdan ota-bobolarimiz ranglar jilosi, ularning uyg`unligiga katta e`tibor bilan qaraganliklarini bilib oladilar.
O`quvchilarning so`z boyligini oshirishda sifat birikmalari ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. Berilgan matnda sifatli so`z birikmalarini ajratish, ularning ruyxatini mustaqil davom ettirish, badiiy asarlardagi ijodiy va salbiy qahramonlarning barcha sifatlarini sanash va ular ishtirokida so`z birikmalri yoki gaplar hosil qilish, ma`lum bir otga bog`lanib keladigan barcha sifatlarni topib qo`yishsingari amaliy ishlar o`quvchilar so`z boyligini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`quvchilarga “Zumrad va Qimmat” ertagidagi ikki qahramonning sifatlarini aniqlash topshirilgan bo`lsa, ular Zumradning quyidagi ijobiy fazilatlari va Qiymatning quyidagi salbiy fazilatlarini sanaydilar:
Guzal
kelashgan
aqlli
mehnatsevar
xushfe`l
Zumrad –odobli qiz
kamtar
mehribon
chaqqon
ozoda
rostgo`y
rahmdil
nomusli
aqlsiz
qo`pol
dangasa
odobsiz
o`jar
Qimmat -yolg`onchi qiz
yig`loqi
bemehr
uyatsiz
so`zamol
mahmadona
beparvo
Shunday qilib, “Sifat” so`z turkumini o`rganishda uning ichki ma`no guruhlari ustida ishlash, sifatlar ishtirok etgan so`z birikmalari hosil qilish, bu so`z turkumiga oid materiallarni semantika va stilistika bilan uzviy aloqadorlikda o`rganish, sifat sinonimlari va sifat antonimlari ustida maxsus ish olib borish, har xil o`yin, topshiriqlardan foydalanish kabilar mazkur so`z turkumini o`rganishni ancha osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |