Morfologiya tahlil
Morfologik tahlil o`z mazmuniga ko`ra ikkiga bo`linadi:
So`z tarkibi bo`yicha tahlil
So`z turkumlari bo`yicha tahlil
Bular birin-ketin o`tkazilishi kerak, ular bir-biriga bog`liq bo`lib, biridagi nuqson ikkinchisiga ta`sir qilishi mumkin. So`z tarkibi bo`yicha tahlil orfografiya va so`z yasalishi hodisalari bilan uzviy bog`liqdir. So`z turkumlari bo`yicha tahlil esa gapda so`zlarning ikkinchi bir turkum vazifasida kelishi, so`zlarning belgili (qo`shimchali) va (qo`shimchasiz) qo`llanilishi hodisalari bilan bog`lanadi. So`zni o`zak va qo`shimchalariga ajratishni bilmagan o`quvchi va yasalishi yo`llarini, so`z o`zgarishini, shular bilan bog`langan to`g`ri yozish qoidalarini ongli ravishda o`zlashtira olmagan bo`lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |