«ona tili o`qitish metodikasi» fani



Download 2,01 Mb.
bet142/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

(2 soat)

Reja:

1.Ona tili darslari va unga qo`yilgan talablar.

2.Ona tilidan sirtqi sayohat darslari.

3.Ona tilidan baxs-munozara darslari.

4.Topshiriqlar bellashuvi darsi.

5.Ona tilidan koferenciya darsi.


5-sinfda "Muqaddima" bo`limini o`qitish metodikasi

Reja:

1."Muqaddima" bo`limining o`qitishning maqsad va vazifalari.

2. 5-sinfda "Sintaksis va punktuaciya" dan beriladigan zaruriy bilim, malaka va

ko`nikmalar.

3. 5- sinfda "Mustaqil va yordamchi so`zlar" yuzasidan o`quvchilarda beriladigan

zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalari.

4. 5-sinfda "So`z va uning manolari" yuzasidan o`quvchilarga beriladigan zaruriy

bilim, malaka va ko`nikmalar. Dars shakli deganda yoki bu fandan o`quv ishini uyushtirish va o`tkazish shakli tushiniladi.

O`quv ishini tashkil etishda “o`quvchi- o`quv materiali-o`qituvchi” munosabatlari muhim o`rin egallaydi.

O`quvchi ta`lim jarayonining sub`ekti – faol ishlovchisidir. Buning ma`nosi, shuki, mashg`ulot jarayonida asosiy ishni o`quvchining o`zi bajaradi. U til hodisalarini kuzatadi, taqqoslaydi, guruhlaydi, umumlashtiradi, qoida va ta`riflar chiqaradi ularni amaliy faoliyatda tadbiq etadi.

O`qituvchi ta`lim jarayonida tashkilotchisi, boshqaruvchisi sanaladi. U o`quvchi faoliyatini tashkil etadi, uning bilim olishi, bu bilimlarning ko`nikma hamda malakaga aylanishga rahbarlik qiladi.

O`quv materiali o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`zaro bog`laydi, o`qituvchining vazifasi bu materialni eng oson va qulay yo`l bilan o`quvchiga berish, o`quvchining vazifasi esa uni oson va qulay yo`l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tadbiq etishdan iboratdir.

Ona tilidan o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishning shakllari ko`p.

Dars-o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlar, o`quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o`quv fanlarini tashkil etishning muhim shakllari sanaladi.

Ona tili darslari – o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O`quvchi ona tilidan zaruriy bilim, ko`nikma va malakalarini asosan dars orqali oladi.

Dars-bir xil sinfdagi o`quvchilar bilan qat`iy jadval asosida o`tkaziladigan mashg`ulot turi.

“Dars” va “Mashg`ulot” tushunchalari garchand bir-biriga yaqin bo`lsa-da ammo ular bir ma`noni ifodalamaydi. Mashg`ulot-darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars berilganda qat`iy jadval asosida va qat`iy vaqt ichida o`tkazilsa, mashg`ulot dars bilan bir qatorda o`quvchilar bilan birga yoki yakkama-yakka holda o`tkaziladigan ta`limiy ishlarni ham o`z ichiga oladi.

Maktab tarixida sinf-dars o`qitishning ishonchli va qulay usuli bo`lib, u davr sinovlaridan o`tgan va o`zini to`la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o`quvchilar jamoa bo`lib, bir vaqtning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish imkoniyati tug`iladi.

Ona tili darsi o`quvchilarni nutq ko`nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.

Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani, keyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30 daqiqalik shaklda ham o`tkazilmoqda. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar qo`yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog`liq. Ma`lumki, boshqa o`quv fanlari singari ona tili mashg`ulotlari ham ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko`zlaydi.

Darsning ta`limiy maqsadi o`rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o`quvchilarda puxta bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo`llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko`taradi.

Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o`quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda engish, o`zida qat`iylik, o`z nuqtai nazarini himoya qilishga o`rgatishni talab qiladi.

Ona tili mashg`ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo`yiladi:

DTS talablari doirasida:



  • o`quvchilar nutqini o`stirish, imlo savodxonligini oshirish, talaffuz me`yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o`qish uchun zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish

  • ta`lim tamoyillariga qat`iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to`g`ri belgilash;

  • ta`lim, tarbiya va rivojlanishning uyg`unligini ta`minlash;

  • qayta xotirlash, qisman ijodiy va to`liq ijodiy topshiriqlar o`rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o`quv topshiriqlariga keng o`rin ajratish;

  • bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishda o`quvchilar yoshi, o`qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish