«ona tili o`qitish metodikasi» fani


Ona tili darslarining tarkibiy qismlari



Download 2,01 Mb.
bet143/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Ona tili darslarining tarkibiy qismlari. Ona tili darslari quyidagi o`zicha mustaqil qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko`nikma va malakalarga aylantirish, o`rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning har biri muayyan vazifani bajaradi va o`ziga xos mazmunga ega.

Tashkiliy qism o`quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish ishtiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu qismi uyushqoqlik bilan juda qisqa muddatda tashkil etilishi lozim.

Aks holda darsga ajratilgan vaqtning zoya ketishiga olib keladi va o`quvchini ko`zlangan maqsaddan uzoqlashtirdi.

Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilishi sifati, egallangan bilim, ko`nikma va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. O`qituvchilar ish amaliyotida ba`zan uy vazifasini tekshirish o`tgan darsni va oldin o`rganilgan til materiallarini takrorlashga aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o`rganilishi ko`zda tutilgan o`quv materialiga zamin hozirlashi lozim.

Agar uy vazifasi o`rganiladigan til hodisasi bilan bevosita aloqador bo`lsa, u yangi materialini o`rganish jarayonida ham tekshirilishi mumkin.

Darsning yangi bilim berish shakli o`rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni xotirada tiklashi, ularni qisman ma`lum yoki tamoman noma`lum sharoitlarda qo`llab, yangi bilimlarni egallashni talab etadi.

Darsning mustahkamlash shakli bu dars mashg`ulotlarida egallangan bilimlarni ko`nikma va malakaga aylantirishni taqazo etadi.Ba`zan mustahkamlash oldin o`rganilganlarni takrorlash bilan qo`shilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o`rganilgan mavzular bilan bevosita aloqador bo`lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.

Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va takrorlash jarayonlarida ham ijodiy-amaliy ishlariga keng o`rin ajratadi.

Ona tili mashg`ulotlarida beriladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:

Xotirlash-oldin o`rganilgan hodisalarni qayta xotirlashga asoslangan amaliy ishlardir. Xotiralashning: 1) tayyorlovchi xotiralashga va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.

Tayyorlovchi xotirlash. Til yaxlit bir tizim bo`lib, uning barcha shartlari bir-biri bilan uzviy bog`liq. Shuning uchun ham tilning har bir satx birligi serqirra, ko`p vazifali, ko`p ma`noli. Bu birlikning bir tomoni ma`lum bir bo`limda o`rganilsa, uning ikkinchi qirrasi, xususiyati tamoman boshqa bir bo`limda o`rganiladi. Chunonchi, bog`lovchilar, ularning ma`nolari va guruhlari morfologiya bobida o`rganilsa, ularning so`zlarning va gaplarning bir-biriga bog`lashi sintaksisi bobida ko`rib chiqiladi. Demak, sitaksisni o`rganishda, bog`lovchilar haqida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarni o`quvchi xotirasida tiklash extiyoji tug`iladi. Tayyorlovchi xotirlash yangi bilmlarni egallash uchun asos vazifasini o`taydi.

Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash) Til sathlari o`zaro bog`liq bo`lgan yaxlit tizim bo`lsa ham, bu zanjirning har bir bo`g`ini nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo`g`ini alohida-alohida mavzular sifatida o`rganiladi. Chunonchi, bog`lovchilarning o`zi 5-6 mashg`ulotda bo`linib turlarga ajratilib o`rganiladi va mashg`ulotlarning oxirida umumlashtirvchi xotirlash ishlari bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz tizimidagi ma`lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to`liq ma`lumot hosil qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish, yakuniy baho chiqarish, imtihon v.h) bajarilishi shart.

Yangi bilim hosil qilish. Amaliy ishning bu turi tahliliy (induktiv) ta`lim usulining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, o`quvchilar bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil etadilar. Ko`rsatilan yo`llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki o`qituvchi yordamida) guruhlarga ajratadilar, saralaydilar va xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar. Bunday amaliy ishlar yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir.

Tadbiq. Tadbiqiy amaliy ishlar o`quvchilarni mashg`ulotda olgan bilimlarni amalga qo`llay bilish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan ikki turli bo`ladi:



    1. qisman ijodiy mashqlar;

    2. ijodiy mashqlar.

Qisman ijodiy mashqlar o`rganilgan til hodisalarini qisman yangi sharoitda tadbiq etishni talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy ishlarning tarkibida ma`lum darajada izlanish, ijodiy faoliyat ko`rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko`rsatmalar, o`qituvchi beradigan tavsiyalar yoki uning rahbarligida o`quvchilar bilan uyushtiriladigan o`zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy qilib qo`yadi.

Ijodiy mashqlar esa o`rganilgan til hodisalarini tamomila yangi sharoitda ijodiy qo`llashni talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq shartidagi noma`lumni izlab topish o`quvchidan ijodiy izlanishni talab etadi. Yangi o`rganiladigan til hodisalarini mustaqil ravishda guruhlarga ajratish, berilgan matnning til xususiyatlarini tahlil qilish orqali ma`lum bir yangi xulosaga kelish, o`qilgan badiiy asarda yoki kinofil`mga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish kabi ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa matn yaratish egallangan bilim, ko`nikma va malakalarning so`nggi natijasidir.

Darsni xulosalash jarayoni. Darsni xulosalash ham ancha mas`uliyatli jarayon bo`lib, u egallangan bilimlar amaliy faoliyatda sinalgandan so`ng o`tkaziladi. O`quvchilar darsning bu bosqichida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarga tayangan holda o`zlari ta`rif va qoidalar chiqaradilar.

Uyga vazifa berish darsni xulosalash bilan birga qo`shib olib boriladi, o`qituvchi uyga berilayotgan topshiriq sharti o`quvchilarga tushunarli bo`lishini ta`minlashi, zaruriyat tug`ilsa, uni bajarish usuli haqida qo`shimcha ma`lumot berishi zarur.

Uy vazifasi darsning tarkibiy qismi bo`lganligi uchun ham u qo`ng`iroq chalinmasdan oldin berilishi kerak.

Vaqt taqsimoti ham dars samardorligini ta`minlashning muhim omili sanaladi.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish