«ona tili o`qitish metodikasi» fani



Download 2,01 Mb.
bet144/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Ona tilidan dars turlari.

Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ta`limiy darslar; 2) nazorat darslari.

Ona tilidan ta`limiy darslar. Ta`limiy darslarni katta guruhga ajratish mumkin:

Yangi bilim berish darslari.

Ko`nikma va malalarni shakllantirish darslari.

O`rganilganlarni takrorlash darslari.

Xatolar ustida ishlash darslari.

Yangi bilim berish darsi keng tarqalgan dars turlaridan biri bo`lib, bu darsda o`quvchilar yangi zaruriy bilimlar bilan qurollantiriladi va o`rganilganlar yuzasidan dastlabki malakalar hosil qilinadi. Darsning bu turi uy vazifasini tekshirish, egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilish, darsni xulosalash, uyga vazifa berish singari unsurlarning yig`indisidan iborat:

Yangi bilim berish darsi darsning boshqa bosqichlarida bajariladigan ishlarni o`ziga buysundiradi. Uy vazifasini tekshirish va o`rganilganlarni takrorlash yangi bilimlarni puxta egallashga tayyorlasa, mustahkamlash, xulosalash, uyga vazifa berish egallangan bilimlarni amaliyotda qo`llashga keng yo`l ochadi.

Yangi bilim berish darslari bilimlarni tayyor holda bayon qilib berish emas, albatta. O`quvchilarning ijodiy fikrlashga tayanib ish ko`rishi yangi bilim berish jarayonida ham davom ettiriladi. Bu darslarda ham tushuntirish-namoyish etish metodidan kamroq, muammoli vaziyatlar yaratish, o`quvchilarni ijodiy faoliyat ko`rsatishga undovchi metodlardan ko`proq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ko`nikma va malakalarni shakllantirish darslari maxsus dars turi bo`lib, hajm jihatidan katta, o`rganilishiga 2-3 soat vaqt ajratilgan mavzular yuzasidan o`tkaziladi. Bu dars turi yangi bilim berishdan tashqari boshqa barcha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Agar yangi bilimlar berish darsida qayta xotirlash xarakteridagi topshiriqlar qisman izlanuvchanlik va izlanuvchanlik xarakteridagi topshiriqlarga qaraganda ko`proq qismi tashkil etsa, bu darslarda shuning teskarisidir.

Topshiriqlarning sharti ham bu darslarda ancha murakkablashadi. Har bir mashq uch-to`rt va hatto besh-olti topshirqni o`z ichiga qamrab olishi mumkin. O`rganilganlarni takrorlash darslarni bir necha soat davomida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarni mukammallashtirishni nazarda tutadi.

Takrorlash darslari o`quv yilining boshida, oxirida, yillik mavzular o`rganilgandan keyin va bo`limlar tugagandan so`ng o`tkaziladi.

O`quv yilining boshida o`tkaziladigan takrorlash oldingi sinfda o`rganilgan materiallardan tashkil topadi. Til hodisalarini yaxlitligi, bir-biri bilan o`zaro chambarchas aloqadorligi o`quv yilining boshida oldingi sinfda o`rganilganlarni takrorlashni zaruriyatga aylantiradi. Chunki yangi o`rganiladigan materiallar oldin o`rganilganlarning mantiqiy davomi sanaladi.

O`quv yilining boshida o`tkaziladigan takrorlash ham umumlashtiruvchi, ham tayyorlovchi takrorlash bo`lib, u nafaqat oldingi sinfda o`rganilganlarni xotirada tiklashga, balki navbatdagi sinfda o`rganiladigan materiallarga zamin hozirlashga xizmat qiladi. Bu turdagi takrorlash darslari uchun o`quv materialini o`qituvchi darslikdan tanlashi yoki o`zi tuzishi mumkin.

Takrorlashning bu turini muvaffaqiyatli qo`llash uchun sinf o`quvchilarining o`quv imkoniyatlarini hisobga olish, qaysi til hodisalarini takrorlashga ko`proq ehtiyoj sezayotganligini nazarda tutish, zaruriyat tug`ilsa, darslikdagi qo`shimcha mashqlar shartiga qo`shimcha shartlar kiritish, ularni o`zgartirish, yangi mashqlar kiritish foydalidir.

Takrorlash bitta bo`lim yoki katta mavzu doirasida tashkil etilishi mumkin. Bunda asosiy e`tibor nafaqat o`rganilganlarni takrorlash va mustahkamlashga, balki o`quvchilar bilimidagi bo`sh tomonlarni hisobga olib, bu bo`shliqlarni to`ldirishga qaratiladi.

Keyingi yillarda takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazishga e`tibor qaratilmoqda. Darsning bu shakli qiziqarli dars shakllaridan biri bo`lganligi uchun ham bu haqda batafsil to`xtalamiz.

Xatolar ustida ishlash darslari o`quvchilar nutqida qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishni ko`zlaydi.

Ona tili mashg`ulotlarida nafaqat xatoning oldi olinadi, balki yo`l qo`yilgan kamchiliklar bartaraf etiladi. O`qituvchilar ish amaliyotida xatoni tuzatishning ikki usulidan foydalaniladi:



    1. xatoni tuzatib ko`rsatish;

    2. xato haqida xabar berish.

Xatoni tuzatib ko`rsatish usulidan, asosan, nazorat xarakteridagi yozma ishlarni tekshirishda foydalaniladi. Xato haqida xabar berish xarakterdagi yozma ishlarni tekshirishda foydalaniladi. Xato haqida xabar berish usuli eng samarli usullardan biri bo`lib, u ko`proq ta`limiy xarakterdagi yozma ishlarni tekshirishda qo`llaniladi.

Omilkor o`qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar berishning qo`yidagi usullaridan foydalaniladi:

“4”, “5” bahoda o`qiydigan o`quvchilarning yozma ishlarini tekshirishda, xato tuzatilmay, balki hoshiyasida shu qatordagi xatoning soni ko`rsatiladi. Bunda imlo I xatolarini shartli ravishda 1 harfi bilan, tinish belgilarga oid xatolarni R harfi n bilan, uslubiy xatolarni to`lqinli chiziq bilan belgilash mumkin. Masalan, daftar hoshiyasiga I-1 belgisi qo`yilgan bo`lsa, demak shu qatorda bitta imloviy xato mavjud. O`qituvchi shu qatorda joylashgan 4-5 so`zdan qaysi birida xato qilganligini o`zi aniqlaydi va tuzatadi.

“3” baho bilan o`qiydigan o`quvchilarning yozma ishlaridagi xatolar haqida xabar berish maqsadida xatoli so`zning ostiga chizish, lekin xatoni tuzatib ko`rsatmaslik usulidan foydalaniladi. Bu holda o`quvchi yo`l qo`yilgan xatoni barcha so`zlardan emas, balki ostiga chizilgan so`zdan izlaydi.

Bo`sh o`zlashtiradigan yoki o`z xatosini anglashga qiynaladigan o`quvchilarning yo`l qo`ygan xatolarini xatoli bo`g`in ostiga chizish bilan belgilash maqsadga muvofiqdir. O`quvchi belgilangan bo`g`indan o`z xatosini qidiradi.

O`quvchilarning og`zaki javoblaridagi nutqiy xatolarni bartaraf etish yozma ishlardagi xatolarni bartaraf etishga qaraganda ancha murakkab, chunki yozma ishlardagi xatoni ko`rish oson, nutqdagi xatoni esa payqash qiyin.

Tovushlarni notug`ri talaffuz etish, so`z urg`usini noto`g`ri qo`llash, gap urg`usiga rioya qilmaslik, gap ohangini buzish kabilar nutqiy xatolar bo`lib, uni bartaraf etish o`quvchi javobi diqqat bilan tinglashni, og`zaki nutq namunalarini birgalikda tahlil etishni talab etadi.

Nutqiy xatolar ustida ishlashning eng samarali yo`li magnit lentasiga yozib olib, keyin o`quvchilar bilan birgalikda muhokama qilishdir. Xatoni bartaraf etishda o`quvchining ishtiroki qancha ko`paysa, uni bartaraf etish imkoniyati osonlashadi.

Ona tilidan nazorat darslari. Nazorat darslari o`quvchilarning o`rganilgan materiallarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash, yo`l qo`yilgan imloviy, punktuacion va nutqiy xatolarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi.

Ona tilidan nazorat darslarini uch turga ajratish mumkin:

Til hodisalarining o`zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat.

O`quvchilarning imloviy va punktuacion savodxonligi ustidan nazorat;

Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.

Til hodisalarini o`zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat berilgan tovush, so`z, gap, matnni tahlil qilish, so`zlarni muayyan xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini qiyoslab, ularning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo`yilgan savollarga to`g`ri javob qaytarish, topshiriqlarni to`g`ri bajarish orqali aniqlanadi. Chunonchi, otlarning yoki sifatlarning ma`no guruhlari o`rganilgach, o`qituvchi oxirgi mashg`ulotni nazorat darsi sifatida rejalashtiradi.

O`quvchilarning imloviy va punktuacion savodxonligini ustidan nazorat, asosan ta`limiy diktantlar, shungdek, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi.

O`quvchilar nutqini rivojlanganlik darajasi, umumiy savodxonligi, asosan, bayon, insho orqali aniqlanadi.Bayon qisman ijodiy mustaqil ish turlaridan biri bo`lib, u ta`limiy va nazorat maqsadlarida o`tkazilishi mumkin.

Bayonlarni o`tkazish tartibi quyidagicha:


  • matn bir marta o`qituvchi tomonidan o`qiladi;

  • matn mazmuni yuzasidan o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi;

  • zaruriyat tug`ilsa, bayon matnining ayrim o`rinlari qayta o`qiladi;

  • bayon rejasi tuziladi;

- o`quvchilarga notanish bo`lgan so`z va iboralarning ma`nosi sharhlanadi; ayrim imlosi qiyin so`zlar sinf taxtasiga yozib qo`yiladi.

Insho matnning oliy ko`rinishi bo`lib, o`quvchilarning ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shaklda bayon qila olish darajasini belgilovchi asosiy mustaqil ish turidir.

Nazorat ishlari yil davomida 4-5 marta o`tkaziladi. Bu insholar avval qoralamada bajariladi va tahrir qilingach, oqqa ko`chiriladi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish