«ona tili o`qitish metodikasi» fani


-MA`RUZA: “LEKSIKA” BO`LIMINI O`QITISH METODIKASI



Download 2,01 Mb.
bet152/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

8-MA`RUZA: “LEKSIKA” BO`LIMINI O`QITISH METODIKASI

(2 soat)


Reja:

    1. O`quvchilarga so`zning tashqi-moddiy va ichki-ma`noviy tomoni haqida ma`lumot berish.

    2. Maktabda “So`zshunoslik” bo`limini o`qitishning maqsad va vazifalari.

    3. Mazkur bo`limda o`quvchilarga beriladigan zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalar tizimi:

  1. so`zning o`z va ko`chma ma`nolari ustida ishlash;

  2. ma`nodosh so`zlar ustida ishlash;

  3. uyadosh so`zlar ustida ishlash;

  4. zid ma`noli so`zlar ustida ishlash;

  5. shakldosh so`zlar ustida ishlash;

  6. iste`mol doirasi chegaralangan so`zlar ustida ishlash;

  7. ibora va tasviriy so`zlar ustida ishlash;

  8. olinma so`zlar ustida ishlash.

4. “So`zshunoslik” bo`limini o`qitishda nutq uslublari ustida ishlash.

Maktab ona tili kursida “Leksika” bo`limining tutgan o`rni va uning vazifalari. O`quvchilar “Leksika” bo`limi orqali tilning lug`at boyligi bilan tanishadilar. Mazkur bo`lim “So`zning o`z va ko`chma ma`nolari”, “Ma`nodosh (sinonim) so`zlar”, “Uyadosh so`zlar”, “Shakldosh so`zlar”, “Talaffuzi yaqin, ma`nosi farq qiluvchi (paronim) so`zlar” “Tarixiy so`zlar”, “eskirgan so`zlar”, “Yangi paydo bo`lgan so`zlar”, “Kasb-hunarga oid so`zlar”, “Shevaga oid so`zlar”, “Atamalar”, “Olinma so`zlar”, “Ibora va tasviriy ifodalar” singari mavzularni o`z ichiga oladi.

Maktabda “So`zshunoslik” bo`limini izchil kurs sifatida o`qitish juda katta ta`limiy ahamiyatga ega. Mazkur bo`limni o`qitishning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchilar tilning asosiy birligi-so`z haqidagi ta`limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunarli hamda o`zlashtirishlariga imkon tug`iladi. Zero, leksika tilning barcha bo`limlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, shu bo`limlarni o`qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi.

Maktabda “Leksika” bo`limini o`qitishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad o`quvchilarni o`zbek adabiy tilining so`z xazinasiga olib kirish, ularning so`z zaxirasini oshirish va so`zdan to`g`ri hamda o`rinli foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir.

“Leksika” bo`limini o`rganishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:


  • so`zning shakl va ma`no qirralari tushunish;

  • o`qituvchilar nutqidagi kam iste`mol so`zlarni seriste`mol so`zlarga aylantirish; ularning lug`at zaxirasini yangi so`zlar bilan boyitish;

  • o`quvchilarda amaliy-stilistik malakalarni takomillashtirish;

  • nutq uslublarini farqlashga, ayni bir narsa, voqea-hodisani oddiy, baddiy va ilmiy uslublarda bayon qilishga o`rgatish;

  • nutq sharoitiga mos ravishda so`z tanlash malakalarini kengaytirish;

  • turli izohli lug`atlar bilan ishlash malakalarini hosil qildirish.

“So`zshunoslik” bo`limini o`qitishda o`quvchilarning so`z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari. Ona tili kursining barcha sathlari qatori “So`zshunoslik” bo`limini o`qitishda ham o`quvchilarning so`z zaxirasini oshirish va nutqi ustida ishlash ustuvor yo`nalishlardan biri sanaladi.

Mazkur bo`limda o`quvchilar duch keladigan dastlabki muammo so`zining o`z va ko`chma ma`nolaridir. Berilgan so`z birikmalarini (mas., oltin haykal-oltin bosh-oltin boshoq; temir-yo`l – temir odam-temir xotira v.h.) o`z va ko`chma ma`nosigako`ra guruhlarga ajratish, ularni o`zaro qiyoslash asosida so`zning o`z va ko`chma ma`nolariga ta`rif berish, berilgan so`zlarni o`z va ko`chma ma`nolarida qo`llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahlil qilish, so`zlarni ko`chma ma`noda qo`llab matn yaratish singari ijodiy –amaliy ishlar o`quvchilarning so`z zaxirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

“Ma`nodosh so`zlar” mavzusini o`rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so`zlarni ularning ma`nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so`zlarni birin-ketin ma`nodoshlari bilan almashtirib, ma`no farqlarini izohlash, berilgan ma`nodosh so`zlarni ijobiy va salbiy bo`yoqli so`zlarga ajratish, murojaat so`z birikmalari hosil qilish (mas., mo``tabar murabbiyim, muhtaram ustozim, mehribon tarbiyachim, hurmatli muallimim v.h), qarindosh-urug`chilikka oid so`zlarni (mas., akajon, opajon, otajon v.h.) qarindosh bo`lmagan kishilarga nisbatan qo`llab matn yaratish, oddiy va ko`tarinki ma`noli so`zlardan foydalanib matn tuzish singari ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish