O' unlisining talaffuzi va imlosi. O' tovushi ko'l, o's, cho'l, jo'ra, mo'tabar kabi so'zlarda torroq, bo'ri, qo'ri, xo'roz, ro'mol kabi so'zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo'tadil, mojiza, mo'tabar kabi so'zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.
83. E unlisining talaffuzi va imlosi. E harfi kecha, ekran, ne'mat kabi so'zlarda to'liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so'zlrda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.
84. Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. So'z oxirida b - p, d - t, z - s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o'rtasidagi farq yo'qolib, bir xil - jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.
85. G - K, Q - G' undoshlari talaffuzi va imlosi. So'z oxirida g va k hamda g' va q jarangli va jarangsiz undoshlari o'rtasidagi farq yo'qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham yozuvda g va k, q va g' harflari orqali yoziladi.
86.
Do'stlaringiz bilan baham: |