Q, G' undoshlari bilan tugagan so'zlarga qo'shimchalarning qo'shilishi va ularning imlosi. Q
undoshi bilan tugagan asosga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilsa, bu qo'shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, o'zak oxiridagi q undoshi g'ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog'i, qishlog'i. G' undoshi bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishiga qo'shimchasi qo'shilsa, asos va qo'shimcha qanday aytilishidan qat'i nazar o'zgarmaydi. Masalan: bug'ga, bog'ga.
87.
Do'stlaringiz bilan baham: |