Burun tovushlari. To'siqqa uchragan havoning burun orqali o'tishidan hosil bo'lgan tovushlar burun tovushlari deyiladi. Burun tovushlariga m, n, ng undoshlari kiradi.
74. Bo'g'iz undoshi. O'pkadan chiqayotgan havoning bo'g'izda qisilishidan hosil bo'lgan tovushga bo'g'iz tovushi deyiladi. Bo'g'iz tovushiga h undoshi kiradi.
75. Nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifalari. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so'zlarning ma'nolarini farqlashdir.
76. O'zbek alifbosi. Harflarning ma'lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo so'zi arab yozuvidagi harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari - alif va bo (be) nomlarining qo'shiluvidan hosil bo'lgan. Hozirgi o'zbek alifbosi lotin yozuviga asoslangani tufayli lotin yozuvidagi yangi o'zbek alifbosi deyiladi.
Aa Bb Dd Ее Ff Gg Hh Ii Jj Kk LI Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O'o'
77.
Do'stlaringiz bilan baham: |