Lab tovushlari. Talaffuzda lab ishtirok etgan tovushlar lab tovushlari deyiladi. Lab tovushlariga b, m, p, v, f undoshlari kiradi. Ular ikkiga bo'linadi: lab-lab undoshlari - m, b, p; lab-tish undoshlari - v, f.
72. Til tovushlari. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo'lgan tovushlarga til tovushari deyiladi. Til tovushlariga t, d, s, z, ch, j, dj, sh, l, r, n, y, g, k, ng, q, g', x undoshlari kiradi. Til qismlarining harakatiga ko'ra til tovushlari to'rtga bo'linadi. 1. Til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, dj, j, sh, l, r, n. 2. Til o'rta undoshi:y. 3. Til orqa undoshlari: g, k, ng. 4. Chuqur til orqa undoshlari: q, g', x.
73.
Do'stlaringiz bilan baham: |