Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

Ey, zarrin liboslarga zap o‘ralib olgan, 
Ey, bo‘liq boshoqlar-u bog‘-rog‘larga to‘lgan 
Va osmon bo‘yi doston bitgan vatanim, hey! 
Ey, o‘sha buyuk insonni bergan onaning, 
Ey, jabr-u jafo, kurash, imon hamda nolaning 
Va Sinon bitgan cho‘ng qubbaning vatani, hey!
Xullas, «ey» bilan boshlanib, «hey» bilan tugay­
digan oddiy bir she’r! Ammo qanchalik harakat qil­


24
Aziz Nesin
may, vaqt juda oz bo‘lgani uchun uni yaxshi yod­
lab ololmadim. Ertasiga maktabga kelishim bilan 
o‘qituvchimiz:
– Qani, konsertdan oldin bir repetitsiya qilib 
ko‘raylik­chi. O‘qi she’rni, eshitamiz, – deb qoldi. 
O‘zim bilganimcha o‘qib bergan edim, unga ma’qul 
bo‘lmadi:
– Yaramaydi. She’r degan bunday o‘qilmaydi, – 
dedi u norozi bo‘lib. Yana qayta o‘qidim. Baribir 
unga yoqmadi.
– She’rni she’rdek o‘qish kerak, bo‘tam. Bu senga 
ko‘chada o‘tgan­ketgandan manzil so‘rash degan gap 
emas. Joyiga qarab ovoz yangrab chiqishi yoki ma­
yin bo‘lishi lozim. Ba’zan pardani titratib bos. Lozim 
bo‘lsa, ovozing ipakdek mayin bo‘lsin, keragida esa 
arslondek na’ra tort. Shuni ham aytib qo‘yayki, she’r 
o‘qiyotganingda chap qo‘lni belga tirab, o‘ng qo‘lni 
to‘g‘riga uzatib tur. Innaykeyin, «hey» degan undov 
kelganida oyog‘ing bilan polni qattiq do‘pillatib ur. 
Mana, hozir senga ko‘rsataman, ko‘rib qo‘y. She’r 
yod lash mana bunaqa bo‘ladi.
O‘qituvchimiz she’rni o‘zi aytganidek qilib o‘qib 
berdi. «Hey» degan joyga kelganida o‘ng oyog‘ini 
dast ko‘tarib, polni zarb bilan bir tepdi.
– Gap degan bundoq bo‘pti. G‘animlarning boshi­
ni yanchib, yer bilan yakson qilmoqchi bo‘lgan 
odamdek, bor kuching bilan polni tepishing kerak.
Aytganini qildim. Ammo xayol oyoqqa ketib, 
she’rning ba’zi misralarini unutib qo‘ya boshla dim. 
Aslida­ku o‘z bilganimcha o‘qiganimda hecham 
yanglishmasdim­a...
She’rni aytgan usulida boplab o‘qib berdim­u, 
ammo tepinishlarim unga yoqmadi. Har gal polni 
dukillatib tepganimda: «Qattiqroq, qattiqroq tep! 


25
«Ona tarbiyasi»
Poshna bilan, poshna bilan!» deb turdi. Ko‘p uri nib 
ko‘rdim, baribir ko‘ngli to‘lmadi. Oxiri sabri chi­
damadi:
– Mana, qarab tur, yana bir marta ko‘rsatib be­
raman!
O‘qituvchi «hey» deb o‘kirganicha polni gursil­
latib bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari 
sharaqlab ketdi.
– Ana, ko‘rdingmi endi. Turk o‘g‘loni depsingani­
da yer mana shunday larzaga kelmog‘i kerak. Ha, 
shundoq bo‘lsin.
– Sizday qilolmayman, afandim. Chunki siz eng 
kamida yuz kilo kelasiz, men bo‘lsam bor­yo‘g‘i qirq 
ikki kiloman, – javob berdim unga o‘zimni oqlash 
uchun.
Mehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplol­
madim. Qattiq darg‘azab bo‘ldi. Yana bir gal: «Va 
osmon bo‘yi doston bitgan diyorim, hey!» degani­
cha jahl bilan oyog‘ini ko‘tarib polga bir urgan edi, 
qattiq dodlab yubordi.
O‘zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib 
ketgan. Shu chirigan taxtalardan biri sinib, oyog‘i 
kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovla shib 
oyog‘ini kovakdan zo‘rg‘a tortib oldik. Shovqinni 
eshitib, boshqa o‘qituvchilar ham chopib kelishdi. 
Hamma: «Nima bo‘ldi, tinchlikmi?» deb so‘raydi.
– Endi ko‘rdingmi, bo‘tam, – dedi o‘qituvchi bir 
oyog‘ini sudrab tashqari chiqar ekan. – Oyoq har 
gal yerga tekkanida hammayoq larzaga kelsin, 
xuddi yer qimirlaganga o‘xshab chayqalib ketsin.
O‘qituvchi chiqib ketganidan keyin bundoq 
oyog‘imga razm solib qarasam, ishning pachava­
si chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib 
qo‘yibman.


26
Aziz Nesin
Konsert naq ikki soat davom etdi.
Men o‘zim yozgan «Qo‘y» she’rimni salkam bir oy 
yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham  uning 
satrlari miyamga qattiq o‘rnashib qolgan ekan, ha­
deb esimga tushaveradi. «Vatanim» she’rini yod­
lab yurganimda ham beixtiyor o‘zimning satrlarim 
ko‘z oldimda turdi. Bu yangi she’rni bir amallab 
yodlab oldim­u, lekin hadeb oyoq ko‘taraverganim 
uchun satrlarini adashtira boshladim. Aftidan, 
oyoqqa zo‘r berib, miyani ishdan chiqarib qo‘ygan­
ga o‘xshayman.
– Navbating keldi! Tez bo‘l, sahnaga chiq! – deb 
bolalar meni orqamdan turtib sahnaga chiqarishdi.
Zal ota­onalar bilan liq to‘la ekan. O‘qituvchimiz 
sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak.
Men sahnaga chiqdim. Mehmonlarga boshim­
ni silkib, salom berdim. Ammo boshimni qimir­
latishim bilanoq she’rning sarlavhasi xa 
yoldan 
 qochdi. Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu tobda 
miyamga o‘zimning «Qo‘y» she’rim kelsa bo‘ladimi! 
Men tushmagur ilgari yodlab olgan narsalarimni 
unutish o‘rniga, yangi o‘rgangan she’rimni esdan 
chiqarib o‘tiribman­a.
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o‘zing bir 
tasavvur qilib ko‘r. Men sahnadan turib zalda o‘tir­
ganlarga termilaman, ular esa menga. Xullas, ancha 
vaqtgacha bir­birimiz bilan ko‘z urishtirib turaverdik.
Xayriyat, o‘qituvchimiz jonimga ora kirdi – orqa­
dan she’rning nomini pichirlab aytdi. Darhol 
ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim. 
Uyog‘i yana esda yo‘q. Nima qilish kerak? Inda­
may turgan bilan bo‘lmaydi. Sarlavhani yana bir 
qaytaray, zora ungacha buyog‘i esga tushib qol­
sa, degan maqsadda yana bir marta «Vatanim!» 


27
«Ona tarbiyasi»
deb hayqirdim. Yana jim bo‘ldim. Zalda qarsaklar 
yangradi. Hayron bo‘ldim. «Vatanim!» deganimda 
nimaga chapak chalishganiga tushunolmadim. 
Shu payt yana o‘qituvchimizning nim ovozi eshitil­
di. Kelgan joyidan boshlab yubordim. Ammo oldin­
gi gal tomoq qa qattiq kuch berib qo‘ygan ekanman 
shekilli,  ovoz  chiqmay  qoldi,  xirillab,  zo‘rg‘a  «Ey!» 
deyoldim, xolos. Yana chapakvozlik bo‘ldi. Ochig‘i, 
gangib qoldim. Miyamda satrlar bir­biriga qorishib 
ketdi. Zo‘rg‘a o‘zimni qo‘lga olib, she’r o‘qishni 
boshlab yubordim. Bolalar keyin gapirib berishi­
cha, bu ajoyib she’rni shundoq deb boshlabman:

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish