Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

AYB BO‘LADI
Aziz do‘stim Zaynab!
Sen bilan to‘rt yil birga o‘qiganmiz. Seni sin­
fimizning eng saranjom-sarishta qizlaridan deb 
bilardik. Shuning uchun seni ivirsiq deyishganini 
eshitib, juda hayron bo‘ldim. Uyda menga laqab 
qo‘yib olishgan. Nuqul lapashang deyishadi. Ammo 
buning tagida jon bor. Dasturxonga o‘tirsam, al­
batta choy to‘kmasdan turmayman. Nechog‘lik 
urinmay, baribir choyim to‘kilib ketaveradi.


98
Aziz Nesin
Oying nuqul Metinga tilingni kesib olaman, deb 
po‘pisa qilishini qaysi bir xatingdayam yozgan 
eding. Hamma onalar shunaqa ekan. Mening oyim 
ham Fato‘sh degan singlimni hamisha shunaqa 
qo‘rqitadi. Singlim hali yosh, ikki yildan keyin mak­
tabga boradi. Bu narsa o‘zimning ham boshimdan 
o‘tgan. Menga ham oyim tilingni kesib olaman, deb 
dag‘dag‘a qilardi. Ammo tilim joyida turibdi.
Yaqinda Fato‘sh yomon bir qiliq ko‘rsatdi. Oyim 
uni rosa urishdi, tilingni kesib olaman, deb po‘pi­
sa qildi. Lekin bu gal chindan ham Fato‘shning tili 
uzayib qolgan ekan. Mana, eshit voqeani.
Dadamning qiziq odati bor – har ikki gapning 
birida «ho‘v», «voy zang‘ar­ey!» degan bo‘lmag‘ur 
so‘zlarni ishlatib turadi. Fato‘sh bo‘lsa naq to‘ti­
ning o‘zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni 
qaytaradi. U: «Ho‘v falonchi», «voy zang‘ar­ey!» deb 
chuldirab qolsa, uydagilar o‘zlarida yo‘q suyunib 
ketishadi. Keyin uni: «Namuncha tili shirin­a. 
Xuddi katta odamga o‘xshab gapiradi­ya», deb er­
kalashadi.
Tunov kuni bir qo‘shni amakimiz biznikiga 
chiquvdi. O‘zi juda qiziqchi odam. Shunaqayam 
gapni boplaydiki, eshitsang, qotib­qotib kulasan. 
Fato‘shni aytmaysanmi, nuqul qiqir­qiqir kuladi. 
Aslida bo‘layotgan gap­so‘z bilan ishi yo‘g‘u kim 
kulsa o‘shanga qo‘shilib qiqirlaydi. Endi kulgining 
boisini aytib beray.
Qo‘shni amaki ishlaydigan idoraga allaqaysi 
mamlakatdan bir mutaxassis kelgan ekan. O‘zi 
nemismish. O‘sha nemis bir kuni qo‘shnimizni 
to‘xtatib:
– Sizning yurtingizda «ho‘v» degan so‘z ko‘p 
ishlatilarkan. Odamlar bir­birini shu so‘z bilan 


99
«Ona tarbiyasi»
chaqirisharkan. Bu nima degani o‘zi, juda qiziqib 
qoldim. Kimdan so‘ramay, qoniqarli javob ololma­
dim, – debdi.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz bu gapni eshitib, nima 
qilishini bilmay qolibdi. Agar rostini aytadigan 
bo‘lsa, ajnabiy odam ustimizdan kulib ketishi 
mumkin. O‘ylab­o‘ylab oxiri bir yo‘l topibdi.
– Juda to‘g‘ri fahmlabsiz, janob, – debdi unga 
qarab qo‘shnimiz, – haqiqatan ham «ho‘v»ni ko‘p 
ishlatamiz. Bizda taomil shunday. Dehqonlar 
ham, ishchi va xizmatchilar ham shunga odatlan­
gan. Uning asl ma’nosi «muhtaram» demakdir. Biz 
bir­birimizga murojaat qilganimizda ismning oldi­
ga shu so‘zni qo‘shib aytamiz.
Oradan besh­olti kun o‘tgan ekan, o‘sha idora 
rahbarlarining katta majlisi chaqirilibdi. Kanon 
degan odam bosh direktor ekan, majlisni o‘sha 
olib boribdi. Nemis mutaxassisi shu yig‘inda nutq 
so‘zlabdi, majlis ahlining ruhini ko‘tarish maq­
sadida gap orasida shu yerda o‘rgangan bir­ikki­
ta turkcha so‘zlarni ham qistirib o‘tibdi. Mehmon 
nutqining eng nozik joyiga kelgan ekan, bosh di­
rektorga qarab: «Ho‘v Kanonbey!» deb yuboribdi. 
Hamma xijolatdan yerga qarabdi. Nemis nutqining 
oxirigacha juda ko‘p marta Kanonbeyni tilga olibdi. 
Har gal o‘zi bilgan o‘sha «muhtaram» so‘zini qo‘shib 
aytarmish. Kanonbeyning bo‘ladigani bo‘libdi­yu, 
ammo tishini tishiga qo‘yib o‘tiraveribdi. Odamlar 
piqir­piqir kulisharmish. Shu­shu Kanonbey «ho‘v» 
degan laqabni orttirgan ekan.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz buni shunaqayam 
o‘xshatib gapirib berdiki, kulaverib ichagimiz uzil­
di. Ayniqsa, Fato‘sh bir qop semirib ketdi.
Dadam boshqa bir qiziq voqeani gapirib berdi.


100

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish