Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

Aziz Nesin
Ularning fabrikasiga yangi asbob­uskunalar ke­
libdi.
Bularni o‘rnatish uchun Amerikadan mutaxassis 
chaqirishibdi. Amerikalik bunday razm solib qara­
sa, fabrikadagi odamlar bir so‘zni juda ko‘p ishlati­
sharmish. U hayron bo‘lib buning ma’nosini dada­
mdan so‘rabdi. Dadam u nimani so‘raganini bizga 
gapirib berdi. Anchayin bemaza so‘z. Maktab bolalari 
ham ko‘p ishlatadi uni. Endi tushungandirsan?
Dadam fabrikada bosh usta bo‘lib ishlaydi, 
shuning uchun ochig‘ini aytishni o‘ziga ep ko‘r­
mabdi. Qolaversa, ingliz tilida buning nima de­
yilishini ham bilmas ekan. Shuning uchun dadam 
unga:
– Buning ma’nosi rahmat, ya’ni «tenkyu» degani, 
– deb tushuntiribdi.
Buni eshitib, amerikalik muhandis hayratdan 
yoqasini ushlabdi.
– Ana xolos, – debdi u qoyil qolib, – sizlar g‘oyat 
sertakalluf xalq ekansiz. Biz bu borada xitoylar 
bilan inglizlarning oldiga tushadigan xalq yo‘q, 
deb o‘ylab yurardik. Chunki ular arzimagan nar­
saga ham minnatdorchilik bildirishadi. Ammo 
siz lar ulardan o‘tib ketibsiz. Men juda ko‘p mam­
lakatlarda bo‘lganman, lekin sizchalik sertakalluf, 
xushmuomala odamlarni hech qayerda ko‘rma­
ganman. Bundan buyon men qaysi yurtga bormay, 
hamma joyda sizlarni o‘rnak qilib ko‘rsataman, 
nozikta’b xalq ekaningizni olamga yoyaman.
«Xayriyat, yolg‘on gapim yaxshilikka yararkan», 
deb dadam ich­ichidan suyunibdi.
Shu gap­so‘zning ertasi kuni muhandis ishga 
chiqmabdi. To‘rt kungacha undan darak bo‘lmab­
di. Fabrikada ish tig‘iz, yangi uskunalarni tez­


101
«Ona tarbiyasi»
roq o‘rnatish kerak. Muhandisni qidirmagan joy­
lari qolmabdi. Hech qayerdan daragi chiqmabdi. 
To‘rtinchi kuni fabrikaga o‘zi kirib kelibdi. Sog‘ joyi 
qolmaganmish, a’zoyi badani doka bilan chir mab 
tashlanganmish. Mashinada avariyaga uchra­
gan bo‘lsa kerak, deb o‘ylashibdi. Keyin ma’lum 
bo‘lishicha, gap boshqa yoqda ekan.
Amerikalik muhandis fabrikadan chiqib, meh­
monxonaga ketayotgan ekan. Yo‘lda mashinaga 
o‘tiribdi. Odamlarda qiziq bir odat bor – eshitgan 
gapini hech kim yuragida saqlab yurolmaydi, dar­
rov birovga aytgisi keladi. Muhandis ham shofyor­
ga minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘libdi­da, pul­
ni uzatayotib boya ma’nosini chaqib olgan so‘zini 
aytibdi. Shofyorning ko‘zi olayib ketibdi. Ameri­
kalik buni boshqacha tushunib, yana o‘sha so‘zni 
qaytargan ekan, shofyor burniga qarab bir musht 
tushiribdi. Ikkovi yoqa bo‘g‘ishib ketishibdi. Oxi­
ri ularni zo‘rg‘a ajratib qo‘yishibdi. Muhandis bu­
larga ham «minnatdorchilik» bildiribdi. Yana boshi 
baloga qolibdi. Xaloyiq uni urib ketibdi. Nihoyat, 
politsiyachi yetib kelib, uni bir amallab ajratib 
olibdi. Sho‘ring qurg‘ur amerikalik turkcha qilib 
politsiyachiga ham «qulluq» qilibdi.
Jamoat o‘rtasida politsiyachiga til tekkizish ji­
noyat­ku! Oyog‘ini yerga tegizmay darhol politsiya 
bo‘limiga olib borishibdi. Komissar ko‘radiki, bu 
odam ajnabiy. Qo‘yib yuborilsin, deb buyuribdi. 
Muhandis shu saxovati uchun komissarga turk 
tilida «minnatdorchilik» bildiradi... Xullas, u polit­
siyaning qo‘lidan zo‘rg‘a qutulib, to‘g‘ri kasalxona­
ga borib tushadi. Kasalxonada to‘rt kungacha o‘zi­
ga kelmay yotadi.
Juda alomat ish bo‘lgan ekan, toza kuldik.


102
Aziz Nesin
Yaqinda dadam uyga mehmon keladi, deb qol­
di. Nozikroq mehmonlar ekan, oyim katta hozirlik 
ko‘rdi. Er-xotin bo‘lib olti kishi kelishdi. Fato‘sh 
mehmonlarga yoqib qoldi. Juda odobli, shirinso‘z 
qiz ekan, deyishdi. Bola tarbiyasidan gap ochilib, 
ko‘p maqtashdi. Dadam ham ularga qo‘shildi.
– Bizning xonim bolalarni ko‘chaga yolg‘iz 
chiqar maydi, afandilar. Shuning uchun ham tar­
biyalari joyida.
– Ha, ko‘cha bolani buzadi. Bolalar ko‘chada har xil 
yomon gaplarni eshitadi. Shuning uchun Fato‘shni 
hecham ko‘chaga chiqarmayman, – deb qo‘ydi oyim.
– Juda to‘g‘ri ish qilasiz, xonim afandim, – dedi 
mehmon ayollardan biri oyimga qarab. – Ko‘cha 
uyoqda tursin, hozir maktab ham bolalarni 
buzyapti. Ko‘z tegmasin, qizchangiz g‘oyat odobli 
ekan, yaxshi tarbiya beribsiz.
Bu maqtovlarni eshitib Fato‘sh taltayib ketdi. 
Butun bilgan narsalarini ishga solib, yana nimalar­
ga qodir ekanini mehmonlarga ko‘rsatib qo‘ymoq­
chi bo‘ldi.
– Ho‘v dada!
Fato‘sh hamma kulib yuboradi, deb o‘ylagan 
edi. O‘tirganlar sovuqqina kulgan bo‘ldi. Og‘ir jim­
lik cho‘kdi. Dadam xijolatpazlikdan nima qilarini 
bilmay, qiyin ahvolga tushib qoldi. Fato‘sh meh­
monlar nega sharaqlab kulmaganiga hayron bo‘ldi, 
yaxshi eshitishmagan bo‘lsa kerak, degan xayolda 
qattiqroq baqirdi:
– Ho‘v dada! Sizga aytyapman!
Mana men nimalarni bilaman, deganday meh­
monlarga bir­bir qarab chiqdi. Dadam vaziyatni 
yumshatish uchun muloyimgina qilib:
– Ha, oppoq qizim, nima deysiz? – deb so‘radi.


103
«Ona tarbiyasi»
– Dada deyman! Ho‘v dada!
– Ha, nima deysan?
Dadamning jahli chiqa boshladi, qoshlari chi­
mirildi. 
Ammo Fato‘sh hayron – nega bular kulmaydi?
– Ho‘v dada! Sizga aytyapman!
Oyim iljaygan bo‘ldi. Lekin Fato‘shning ko‘ngli 
to‘lmadi – u nima qilib bo‘lsayam mehmonlarni qoy­
il qoldirishi kerak. Birdan u amerikalik muhandis 
dadamdan ma’nosini so‘ragan yaramas so‘zni aytib 
yubordi. Fato‘sh yengib chiqdi. Hamma sharaqlab 
kulib yubordi. Dadamning qattiq jahli chiqdi­yu, 
lekin sezdirmadi. Fato‘shga o‘qrayib qaradi. Sing­
lim taltayib ketib, boyagi gapni yana ikki­uch mar­
ta takrorladi. Oyim bildiki, uni yaxshilikcha tin­
chitib bo‘lmaydi. Shuning uchun:
– Bas endi, jim bo‘lmasang tilingni kesib ola­
man, – deb qattiq jerkib berdi.
Kulishning o‘rniga so‘kish eshitgan Fato‘sh 
alamdan yig‘lab yubordi. Qani endi ovunsa! Oxiri 
oyim uni yetaklab, xonasiga olib chiqib ketdi. Joyi­
ga yotqizib, keyin qaytib kirdi.
– Hechqisi yo‘q, xonim afandim, xafa bo‘lmang,– 
dedi mehmonlardan biri oyimni yupatib. – Bu hali 
holva. Biznikilarning og‘zidan bodi kirib, shodi 
chiqadi. Qizchangiz go‘dak hali, nima deganini o‘zi 
ham bilmaydi.
– Bunaqa bema’ni gaplarni kimdan eshitibdiy­
kin, hayronman, – dedi dadam o‘zini go‘llikka solib.
Dadamning yoniga oyim qo‘shildi:
– Mening ham boshim qotdi. Ko‘chaga chiqma­
sa, yomon bolalar bilan o‘ynamasa...
Fato‘sh buni qayerdan eshitganini chindan ham 
bilishmasa kerak, deb o‘ylabman. Shuning uchun 
haq gapni ayta qoldim:


104
Aziz Nesin
– Qayerda bo‘lardi, uyda eshitadi­da, bunaqa 
gaplarni.
Dadamning tepa sochi tik bo‘lib ketdi.
– Ho‘v zang‘ar, bizning uyimizda hech kim bu­
naqa demaydi­ku! – deb baqirib berdi. Hamma kulib 
yubordi. Dadamning o‘ziyam noiloj iljayib qo‘ydi.
Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon 
koyib berdi.
– Men qaydan bilay. To‘g‘ri ko‘ngilda so‘rayap­
sizlar, deb o‘ylabman, – dedim o‘zimni oqlamoqchi 
bo‘lib.
Xatim yana cho‘zilib ketdi, Zaynab. Bu gal qis­
qaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim.
Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan? 
Kelib qolsang, ko‘risharmiz. Senga havasim keladi 
– Anqarani ham ko‘rding. Men bo‘lsam hali Istan­
buldan chetga chiqqanim yo‘q.
Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman.
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 11-yanvar, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish