«Ona tarbiyasi»
si bo‘lasan. Qalamdaftar yo‘qotib yursang, endi
uyat bo‘ladi. Qiz bola degan saranjomsarishtali
bo‘lishi kerak.
– Avlodimizda merov yo‘q edi, hayronman, bu
kimga tortdiykin, – deb luqma tashladi oyim. Har
kuni bo‘ladigan gap shu. Eshitaverib qulog‘im
pishib ketgan.
Men bularning ichida eng ko‘p buvamdan ha
yiqib turaman. O‘zi iste’foga chiqqan polkovnik,
juda badjahl odam. Oyim halihali buvamning
yuziga tik qarayolmaydi. Hatto dadam ham uning
oldida ancha muloyim bo‘lib qoladi.
– Hayotda kimki rejali bo‘lsa, o‘sha yutadi.
Buvamning odatini senga gapirib bergan edim.
Aytgan gapini darrov qaytarib so‘raydi.
– Xo‘sh, kim yutarkan?
– Rejali odam, buva, – deb javob berdim.
– Barakallo... Har narsa ma’lum bir joyda turi
shi kerak. Qayerda turishi kerak ekan?
– Ma’lum bir joyda.
– Barakallo. Toki kerak bo‘lib qolganida topish
oson bo‘lsin. Xo‘sh, nima ekan?
– Toki kerak bo‘lib qolganida topish oson bo‘lsin.
Buvamning har bir gapni qaytarib so‘rash odati
armiyadan qolgan ekan. Dadam shunday degan.
– Juda to‘g‘ri gap bu, – buvamga yuzlanib dedi
dadam. – Men ham shundayman. Qaysi cho‘ntak
da nima borligini ko‘zimni yumib aytib beraman.
Yonimda nimaiki olib yursam, hammasining joyi
aniq. Shunga odatlanganman. Ro‘molchami, zaji
galkami, hamyonmi – hammasining o‘z joyi bor.
– Ofarin, xuddi shunday bo‘lishi kerak, – dedi bu
vam uning gapini ma’qullab. Dadam sarishtali gini
Metin bilan menga bir ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Dadam o‘rnidan turib, ko‘zini chirt yumib oldi.
94
Aziz Nesin
– Ko‘ringlar, ko‘zimni yumdim. Hozir qayerda
nima turishini aytib beraman. Nimchamning chap
cho‘ntagida zajigalka bo‘lishi kerak. Mana, olaman!
Dadam cho‘ntakka qo‘lini solib, zajigalkani
olmoqchi bo‘ldiyu, lekin topolmadi. Rosa qidirgani
bilan zajigalka chiqmadi.
– Qiziq... Qayoqda qoldiykina...
Zajigalka topilmagach, dadam beburd bo‘lmas
lik uchun boshqasiga o‘tdi.
– Masalan, avtoruchka deylik. Qayerda turishi
ni yoddan bilaman. Hamisha kostyumning ichki
cho‘ntagida, chap tomonda turadi. Ishonmasangiz,
mana, ko‘rib qo‘yinglar.
Cho‘ntakdan avtoruchkaning o‘rniga termometr
chiqdi.
Dadam, «mana, aytmadimmi!» deb ko‘zini ochib
qaragan edi, termometrni ko‘rib o‘ziyam rosa hay
ron bo‘ldi. Noiloj iljaygan bo‘ldi.
– Tunov kuni Metinning isitmasini o‘lchagan
edim. Shoshilinchda cho‘ntakka solib ketavergan
ekanmanda... Ha, mayli. Unisi bo‘lmasa, buni
si. Yon daftarim hamisha chap tomonda turadi.
Ishonmasangiz, mana, ko‘rib qo‘yinglar.
Dadam ko‘zini yumib, daftarchani qidira ketdi.
– Chap cho‘ntagim qani o‘zi, oyisi?
– Bu kostyumni usta ag‘darib bergan ediku...
Chap cho‘ntak o‘ng tomonga o‘tib qolgan bo‘lishi
kerak.
Yon daftarcha oyim aytgan joydan ham chiqma
di. Dadam o‘ng cho‘ntagidan bir g‘altak oldi.
– Dadangizning yon daftarchasi qayerda turishi
ni endi bilib oldingizmi, bolalar? – dedi buvam ke
satib.
Bizning o‘rnimizga javobni oyim berdi:
95
«Ona tarbiyasi»
– Esim qursin... Kecha ertalab kostyumni tikib
qo‘yuvdim. Astari so‘kilgan ekan. Cho‘ntakda ipi
qolib ketibdi, bilmabman.
Dadam juda o‘sal bo‘ldi, xunobi oshdi. Biror
nima bilan o‘zini oqlamoqchi bo‘lib yana cho‘ntak
larini kavlashtirayotgan edi, buvam:
– Ha, namuncha kavlashtirasan, tuya yo‘qot
dingmi? – dep piching qildi.
Buvam qotibqotib kuldi. Bir payt uni yo‘tal tutdi.
– Paltoda ro‘molcha bor edi, olib beringlar. O‘ng
tomondagi cho‘ntakda, – deb buyurdi buvam qat
tiq yo‘talarkan.
Yugurib borib paltoni qaradim. Ro‘molcha
ko‘rinmadi.
– Aytgan joyingizda yo‘qku, buva!
– Bo‘lmagan gap... Qani buyoqqa olib kelchi
paltoni... Qirq yildan beri shu yerda turadi ro‘mol
cham...
Paltoni keltirib berdim. Buvam ro‘molchani to
polmagach:
– Birov olganga o‘xshaydi, – deb xo‘mraydi.
Oyim yugurib borib narigi xonadan yangi ro‘mol
cha olib chiqdi, buvamga sezdirmay uni sekingina
paltoning o‘ng cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
– Xah, turgan ekanku! Shu yerda bo‘lishi kerak
deb aytmadimmi sizga!
Yo‘tal tindi. Buvam yonverini timirskilab, yana
nimanidir qidirishga tushdi. Topolmagach, darg‘a
zab bo‘ldi:
– Sigaretim qani? Hozirgina cho‘ntagimda turuv
di. Kim oldi o‘zi? Darhol topib beringlar!
Buvamizni ortiqcha xunob qilmaslik uchun si
garetni izlay ketdik. Shu orada uyga mehmonlar
keldi.
96
Aziz Nesin
Er-xotin qo‘shnilar ekan. Yelibyugurganimizni
ko‘rib, ular ham ishga tushib ketishdi. Hamma
zir yugurib, buvamning sigaretini qidiryaptiyu, u
bo‘lsa dambadam:
– Obbo lapashanglarey! Tezroq bo‘lsalaringchi,
namuncha imillaysanlara! – deb zarda qiladi.
– Hozircha shundan chekib tura qoling, – dedi
mehmon sigaretini tutib.
Gapirib baloga qoldi. Buvamning qoni qaynab
ketdi.
– Hozir o‘zimnikini topib berasanlar! – deb uyni
boshiga ko‘tardi.
Metin ichkaridan bir juft paypoq ko‘tarib chiqdi.
– Kimniki bu?
– Voy, qayerdan topding? Qidirmagan joyim
qolmovdiku? – hayron bo‘ldi oyim.
– Buvamning sigaretini qidirib yursam, xolodil
nikning ustidan chiqib qoldi.
G‘ir etib do‘kondan boshqa sigaret olib kelish
ham mumkin ediku, ammo buvamga ichidagidan
ko‘ra uning metall qutisi muhimroq edi. Bir to
mondan, qidirganimiz yaxshi bo‘ldi. Sigaret baho
nasi bilan o‘zimiz yo‘qotib yurgan ko‘p narsalarni
topib oldik.
Mehmonga kelgan xonimning tagidan bir par
cha qog‘oz chiqdi.
– Iya, radioning qog‘oziku, – deb yubordi da
dam. – Bir oydan buyon topolmay yuruvdim.
Dadam qidirgan avtoruchka tarelkalarning
orasidan chiqdi. Kimdir yanglishib pichoqni axlat
idishiga tashlab yuboribdi.
Xullas, anchamuncha narsalarni topib, egaegasi
ga qaytarib berdik.
97
«Ona tarbiyasi»
– E-e, buni qaranglar, kimdir sigaretni tagimga
qo‘yib ketibdiya! Qaysi bir g‘irromning ishi bu! –
deb qoldi bir payt buvam.
Bundoq qarasak, buvam tushmagur bizni rosa
ovora qilib qo‘yib, sigaretini o‘zi bemalol tagiga
bosib o‘tirgan ekan.
Hech kim indamadi.
Xullas, o‘sha kuni eshitgan gaplarim menga
alam qildi. Zarda ustida xonani yig‘ishtirib chiqdim.
Chindan ham uyga ancha qaramay qo‘ygan ekan
man. Endi ivirsiq qiz degan nomdan qutulmoqchi
man. Sendan olgan xatlarim ham to‘zg‘ib yotgan
ekan, ancha tartibga solib qo‘ydim. Hammasini
papkaga joyladim.
Eski sinfdoshlar ichida faqat sen menga munta
zam xat yozib turibsan. Mine ham ondasonda
yozib turadi. Damir bilan Yashardan bir marta xat
oldim. Hammalariga javob yozib yubordim.
Teztez xat yozib tur. Kelishdikmi?
Senga muvaffaqiyatlar tilab qoluvchi:
Zaynab Yolqir
Do'stlaringiz bilan baham: |