Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

ZUKKOLAR MUSOBAQASI
Zaynab!
Xatingni oldim. Sen hikoya qilib bergan majlis 
xuddi kinolentaga o‘xshab ko‘z o‘ngimda jonlanib 
ketdi. Dadam ota­onalar majlisiga hecham bormay­
di. Ba’zi kunlari ishi ko‘payib ketsa, yarim kechada 
qaytadi. Dadam faqat yakshanba kuni biz bilan birga 
bo‘ladi. Butun ro‘zg‘or tashvishi onamning yelkasida. 
Majlisga borishga, ochig‘i, qo‘li tegmaydi.


126
Aziz Nesin
Senga aytadigan bir xushxabarim bor – zukkolar 
musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi.
Gapimga tushunmagan bo‘lsang kerak. Do­
nishmand kim, bilasanmi? Singlim Fato‘sh. O‘tgan 
yakshanba kuni oltita zukko bola o‘zaro muso baqa 
o‘tkazishdi. To‘g‘rirog‘i, ularni bir­biriga kattalar 
cho‘qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o‘rinni 
o‘zimizning Fato‘sh oldi. Haloli ham shu.
Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir 
o‘g‘il­u bir qiz, kichigi esa bir o‘g‘il ko‘rgan. O‘sha 
yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan bizniki­
ga kelishdi. Dadam bir muhandis o‘rtog‘ini ham 
chaqirgan ekan. Keyin qo‘shnimiz chiqdi. Bular 
ham arzandalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimiz­
da olti bola jam bo‘ldi.
Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni 
ko‘rsa, shunga o‘g‘il­qizini maqtaydi, juda miyasi 
o‘tkir, balo bola bo‘lishgan, deb keriladi. Har gal 
ularning yangi­yangi qilmishlarini gapirib beradi.
– Tunov kuni kichigi nima hunar ko‘rsatdi deng? 
Og‘zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi, birov eshitsa 
ishonmaydi.
Katta amakim nuqul gapni shundan boshlay­
di. Kenjatoyning qilgan ishi shu bo‘ptiki, amakim 
kech qurun uyga kelishi bilan yugurib borib ship­
pagini olib kelibdi.
– Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hay­
ronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak 
kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan 
o‘rgilay­ey... G‘uj­g‘uj miya ekan buning boshi.
Shippakka farosati yetgan bu zukko bola necha 
voshda, bilasanmi?
Ho‘kizday bo‘lib qolgan, Fato‘shdan bir yosh katta.
Injener gapni ilib ketdi.


127
«Ona tarbiyasi»
– Shu zamonning bolalari juda o‘tkir bo‘lib ket­
gan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga 
to‘lgani yo‘g‘u fransuzchani bidirlab gapiradi.
– Yopiray! Alomat­ku!
– Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib 
tashlaydi.
Katta amakim gap oqimini yana o‘g‘liga burdi:
– Kenjamiz juda o‘tkir bo‘lgan­da, ko‘z tegma­
sin. Opasidan o‘tib ketdi. Opasiyam lekin chakki 
emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga
kechroq qaytgan edim, oyisi o‘g‘ilchadan nolib gapir­
di. Hech so‘zimga kirmayapti, katta bo‘lib kuchim yet­
may qoldi, ko‘chadan beri kelmaydi, o‘zing chaqirib 
kelmasang bo‘lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko‘cha 
changitib koptok o‘ynayotgan ekan. Terlab ketibdi, 
hamma yog‘i chang­to‘zon. Uyga kir, de sam unamay­
di. Zo‘rlab olib ketmoqchi bo‘ldim. Yaqinroq borgan 
edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib yetolma dim. 
Bir qarich bolaning shunchalik tez chopishini ko‘rib 
hayron qoldim. Toza antiqa chiqdi­da bu o‘g‘il.
– Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam 
aqlli bo‘lganki...
Qo‘shnimiz endi qizini ta’riflamoqchi bo‘lib tur­
gan edi, katta amakim fursatni qo‘ldan chiqargisi 
kelmadi.
– Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan 
rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, bo‘lmasa 
kaltak yeysan», deb oxiri dag‘dag‘a qilishga majbur 
bo‘ldim. «Nima, siz oyimmisiz, meni tuqqanmisiz? 
Ishingiz bo‘lmasin», desa bo‘ladimi! Bu xumpar­
ning gapidagi mantiqqa qarang! O‘zi zo‘r­da, zo‘r... 
Katta odamning aqliga kelmaydi bu gap...
Amakim gap orasida o‘qtin­o‘qtin o‘g‘ilchasi­
ga qarab, mamnun jilmayib qo‘yadi. Buni ko‘rib, 
boshqa mehmonlar ham noiloj kulgan bo‘ladi.


128

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish