Aziz Nesin
– Demak, o‘g‘lingizning gapiga tushunar ekan
sizda?
– Ha, albatta.
– O‘g‘lingiz ham sizni tushunadimi?
– Tushundi bo‘lishi kerak.
Zalda g‘alag‘ovur boshlandi. Direktor uni tin
chitib, joyiga o‘tqazib qo‘ydi.
Otalardan yana biri so‘zga chiqdi. U goh paytlari
o‘g‘li ayrim narsalarni so‘rab qolganida javob berol
may qiynalishini gapirdi.
– Uning so‘ragan narsasini men nega bilmay
man, afandim? Nima uchun bilmaslik kerak?
Shunga ham xunob bo‘ladimi, deb turgan edim,
sababi boshqa yoqda ekan.
– Men bilmagan narsani yosh bola qanday tu
shunishi mumkin? Mutlaqo o‘zlashtirolmaydi. Asli
o‘zim litseyni bitirganman. Boshlang‘ich maktabda
o‘qiydigan o‘g‘limning savoliga ba’zan javob berol
may qolamana. Shu to‘g‘rimi axir. Farzandlarimiz
go‘dak hali, o‘quv dasturini sal yengilroq tuzish ke
rak. Miyasini achitishning nima keragi bor?!
Boshqa bir juvon unga qarshi gapirdi. Bu juvon
o‘quvchilarning bilimi sayoz bo‘lib ketayotganidan,
ular ko‘p narsani bilmasligidan shikoyat qildi.
– Qizimdan nimani so‘ramay, hecham durustroq
javob ololmayman. Hayronman, bizning zamona
mizda o‘quv dasturlari juda keng bo‘lardi. Mana
bitta misol. Tunov kuni ikkovimiz oshxonaga kir
dik. Bir kishi tishini kavlab o‘tirgan ekan, qizim
o‘shani ko‘rsatib: «Oyi, bu kishi nega kavsh qay
taryapti?» deb so‘rab qolsa bo‘ladimi! Iltimos qila
man, to‘rtinchi sinf o‘quvchisi odamzot sut emizuv
chilar toifasiga kirmasligini bilib qo‘ysin.
Direktor o‘quv dasturini maktabda emas, balki
Maorif vazirligida tuzilishini, shuning uchun bu
121
«Ona tarbiyasi»
masala bevosita vazirlikka taalluqli ekanini aytib,
uni tinchitmoqchi bo‘ldi. Lekin juvon ham bo‘sh
kelmadi.
– Bir narsa bo‘lsa, nuqul hukumatni ro‘kach qi
lamiz. Odamzot sut emizuvchilarga kirmaydi, deb
aytib qo‘yish na hukumatning va na vazirlikning
ishi bo‘lmasa kerak, albatta.
Hammalari birbirini kuldirish uchun ataylab
maynavozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin
vajohatlari g‘oyat jiddiy edi. Sinfimizda Murod degan
bir bola bor. Mabodo o‘qituvchi uni chaqirib qolsa:
– Kimga aytyapsiz? – deb bo‘zrayadi.
– Kimga bo‘lardi, sengada!
– Mengami, afandim?
– Ha, senga aytyapman.
– Rostdan mengami, afandim?
O‘qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki
sinfda ikkovidan boshqa odam bo‘lmasayam Mu
rod nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko‘rib
o‘qituvchi jig‘ibiyron bo‘ladi.
– Ro‘paramda turgan senmisan axir? Senga
bo‘lmay, kimga aytyapman, Murod!
Murod shunda ham orqaoldiga qarab alanglaydi.
Bir kuni orqasiga o‘girilib, qupquruq devorga qarab
shunaqayam tikildiki... O‘ziyam rosa kuldik...
Bir kishi o‘rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murod
ning otasi ekan.
– Ruxsat etsangiz, men ham ikki og‘iz gapirsam.
– Marhamat, afandim, eshitamiz, – dedi raislik
qilayotgan xonim.
– Menga aytyapsizmi? – hayron bo‘lib so‘radi
Murodning otasi.
– Ha, sizga. Gapiraman deyapsizku.
– Kim? Menmi?
122
Aziz Nesin
– Ha, siz.
– Mena?
– Shunday, afandim. Marhamat, so‘z sizga. Mu
rodga o‘xshab u kishiyam qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
– Men gapiraymi?
Zaldan turib allakim: «Yo‘q, siz emas, men!» deb
luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko‘tarildi.
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U mak
tabda bolalarga koptok o‘ynatmaslik kerak, o‘g‘lim
koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi.
– O‘g‘lingiz qaysi sinfda o‘qiydi? – luqma tashladi
direktor.
– Kim, mening o‘g‘limmi?
– Ha, sizning o‘g‘lingiz.
Murodning otasi picha o‘ylanib turgach:
– Shu maktabda o‘qiydi, – deb javob berdi.
– Xo‘sh, sinfi bormi? Nechanchi?
– Nima nechanchi?
– Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so‘rayap
tilar. O‘lchamini ayting!» deb qichqirgan edi, zal
sharaqlab kulib yubordi.
Boyoqish o‘g‘li nechanchi sinfda o‘qishiniyam
bilmas ekan. Murodning ismfamiliyasini aytgan
dan keyingina ma’lum bo‘ldi.
Yana bir notiq so‘zga chiqib, bir quloch va’zxon
lik qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkan
ki, o‘tirganlarning toza ensasi qotdi.
– Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy
etishi mumkin, janoblar, – deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan otaonalar majlisi o‘rtasida qan
day aloqa bo‘lishi mumkinligini tushunolmaganimiz
tufayli kulgidan o‘zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko‘p kitob o‘qib
chiqqanini aytib, asalari qanday bo‘lishini tushun
tirib berdi:
123
Do'stlaringiz bilan baham: |