91
«Ona tarbiyasi»
bilan shu ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan
gapirib beraman.
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan,
narsalaring
doim ivirsib yotadi, deb koyishadi.
Holbuki men qo‘ygan narsasini topolmay yuradi
gan, besaranjom odamni yomon ko‘raman. De
mak, yomon ko‘rgan odamim o‘zim ekanmanda.
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topol
may xunob bo‘lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib
oldim.
– Nimaga bunaqa merovsana, qizim? Doim bir
nimang yo‘qolib qoladi-ya... Es-hushingni yig‘ib
yursang bo‘lmaydimi?!
Oyimning yoniga dadam qo‘shildi. Buvam bi
lan buvim kelgan edi,
ular ham palapartishligimni
yuzimga solishdi. Opamgaku xudo berdi – kelgan
joyidan u ilib ketdi. Hammalari meni talab ketish
di. Jonimga ora kirgan birgina Metin bo‘ldi.
– Bu uyda odam o‘zini ham yo‘qotib qo‘yishi
hech gap emas, – dedi u meni yupatib.
Hammalari menga yopishganiga rosa xo‘rligim
keldi. Alamdan nima
qilishimni bilmay xonamga
kirib, bir chekkadan yig‘ishtirishga tushdim. Stol
ustini, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlar
ni joyjoyiga qo‘yib chiqdim. Narsalarimni yig‘ishti
rayotib, uydan labga surtadigan pomada,
har xil
otkritka, bir poy paypoq topib oldim. Hammasini
ularning oldiga olib chiqdim. Haliyam mening g‘iy
batimni qilib o‘tirishgan ekan.
– Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, –
deb paypoqni irg‘itdim.
– Iya, kecha qidirib yurgan edingku buni, – dedi
oyim dadamga qarab.
– Xo‘sh, pomada kimniki?
92
Aziz Nesin
– Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi.
– Allakim stolimga qo‘yib ketibdi.
– Kecha o‘sha yerda unutgan ekanmanda, –
deb kuldi oyim.
Otkritkaga navbat keldi.
– Bu kimniki bo‘ldi?
Opam lavlagidek qizarib ketdi.
– Qayerdan topding?
– Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo‘yibdi.
Orqasidagi yozuvini o‘qiganim yo‘q.
Endi o‘tirib dars qilay degan edim, ruchkamni
qo‘ygan joyimdan topolmadim. Hamma yoqni qa
rab chiqdim, yo‘q.
– Yana nima yo‘qotding? – zarda bilan so‘radi
oyim.
– Ruchkamni ko‘rmadingizmi?
– Ruchka oshi ichasanmi o‘zi?
Nuqul ruchka
yo‘qotganing yo‘qotgana, qizim... – oyim diydiyosi
ni boshlab yubordi.
– Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladia? –
dedi buvim oyimning yoniga qo‘shilib.
– Palapartish bo‘lma, hamma narsang saranjom
bo‘lsin, qo‘ygan joyingni bilib yur, deb
ming marta
aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o‘zi? –
Dadamdan eshitgan gapim bu.
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi.
– Ma, menikida yozib tur. Ko‘zingga qara, tag‘in
buniyam yo‘qotib yurma!
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib
ketdi. Birpasdan keyin uning:
– Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi
ya, – degan ovozi keldi.
Buvim boshimni silab, yotig‘i bilan nasihat qildi:
– Endi o‘zingga
qarab yurgin, Zaynab qizim.
Bo‘ying cho‘zilib qoldi. Hademay biror uyning beka